269
dargoh hisoblanadi. Unda oddiy tokarlik stanogidan tor-tib zamonaviy
programmalashtirilgan agregat stanoklarigacha, oddiy yig'ish maydonidan
boshlab, mukammallashtirilgan konveyer liniyalarigacha ishlaydi. Bunday
mashinasozlik zavodlari sexlarida bir necha yuzdan tortib, bir necha ming
nafargacha ishchilar mehnat qilishi mumkin.
Bunday katta sanoat korxonasida mehnat intizomini saqlash, xavfsiz
ish olib borishning asosi hisoblanadi. Chunki bu yerda mehnat qilayotgan
ishchining vazifasi va bajaradigan ishi mutaxassisligi bo'yicha
texnika
xavfsizligi me'yorlari darajasida bo'lishi kerak va uni buzgan shaxslarga
nisbatan ma'muriy javobgarlik
tartibida ogohlanitirish, jamoat tartibidagi
choralar va ma'lum miqdorda jarima to'lash belgilanadi.
Bunday holatlarda jarima va ogohlantirish
buysunish tartibidagi
rahbar xodimlar tomonidan emas, balki mehnatni
muhofaza qil-ishning
davlat nazorat organlari yoki shahar va tuman kengashi ijroiya qo'mitasi
tomonidan tashkil qilingan komissiyalarning qarori bilan belglanadi.
Jinoiy javobgarlik. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarining qo'pol
buzilishi natijasida og'ir jarohatlanish sodir bo'lsa, bir necha kishi og'ir
jarohatlansa yoki baxtsiz hodisa o'lim bilan tugasa, bun-day holatda rahbar
xodim jinoiy javobgarlikka tortiladi. Rahbar xodim vazifasidan chetlatiladi
va ma'lum muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: