Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


XV. 5. Sanoat korxonalarini suv bilan ta'minlash va


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

XV. 5. Sanoat korxonalarini suv bilan ta'minlash va 
 kanalizatsiya tizimlari 
 
Sanoat korxonalarini suv bilan ta'minlash uni faqatgina ichimlik suv 
bilangina emas, balki sanoat maqsadlari uchun, shuningdek, yong'inga 
qarshi kurash vositasi sifatida ham qarash kerak. 
Shuning uchun sanoat korxonalarida ishlatiladigan suvning sifatini 
belgilash, ichimlik va xo'jalik ehtiyojlari uchun ayrim yaxshi tozalangan 
sifatli suvlarni ishlatish, sanoat maqsadlari uchun va yong'inga qarshi 
kurash vositasi sifatida birlamchi ishlatilgandan keyin, ya'ni ichimlik va 
xo'jalik maqsadida qo'llanilgan suvni qayta tozalagandan keyingi suvlar—
texnik suv sifatida ishlatiiishi mumkin. Bunda biz, birinchidan, hozirgi 
zamonda tanqisligi sezilaboshlagan chuchuk suvni tejasak, ikkinchidan, 
oqava suvlarini suv havzalariga tashlab ularni iflosiantirmaslik, shu bilan 
tabiat tozaligini saqlab qolish imkoniyatiga ega bo'lamiz. 
Demak, har bir sanoat korxonasi uchun suv manbalarini tanlash va 
ularni suvni ifloslanishiga yo’l qo'ymaslik asosida chiqarilgan hujjatlarga 
asoslanib, foydalaniladi. Bunda asosan sanitariya qoida va me'yorlari 
bo'yicha berilgan sifat ko'rsatgichlari va suv tarkibidagi zararli 
moddalarning chegara miqdorlari belgilangan bo'ladi. 
Suv havzalaridan olingan suvlar albatta toza bo'ladi va shuning 
uchun ehtiyoj sifatida foydalanish mumkin. Har bir sanoat korxonasi 
uchun zarur bo'lgan suv miqdori, uning texnologiyasi va ishlab chiqarish 


282 
quwatiga bog'liq bo'ladi. 
Me'yoriy hujjatlarda xo'jalik maqsadlari va ichimlik suvlari sifatida 
ishlatiladigan suv me'yorlari keltirilgan. Bu me'yorlar issiq sexlar uchun 
har bir ishchi uchun bir smenada 45 l, issiq bo'lmagan sexlarda 25 l qilib 
belgilangan. Ammo bu miqdorlar doimiy bo'lmay o'zgaruvchan bo'ladi va 
koeffitsiyentlar bilan beriladi. 
Sanoat korxonalarining yordamchi xonalarida suv sarfi dush 
xonalarida har bir setka uchun 500 1/soat, yuvinish kranlarida 180—200 
1/soat qilib belgilangan. Umuman sanoat korxonalari uchun bir sekundda 
ichimlik suvlari va xo'jalik maqsadlarida ishlatiladigan suv miqdorini 
quyidagi formula asosida aniqlanadi: 
nP
k



bunda, k - har bir suv ishlatish vositasining o'rtacha quvvati 1/s; n — 
umumiy suv ishlatish vositalari soni; P — suv ishlatish vositalrining 
ishlash koeffitsiyenti, ,,uni kran va dush setkalari uchun P =1 qabul 
qilinadi. 
73-rasm. Suv bilan ta'minlash tizimining umumiy ko'rinishi. 
Sanoat va xo'jalik maqsadlarida ishlatib bo'lingan suvlarni 
kanalizatsiya tizimi orqali yig'iladi. Kanalizatsiya umumiy ishlatilib' 
bo'lingan suvlarni yig'uvchi tormoqlaiga, yer osti trubalari,; 
kanallari, kuzatish quduqlari, nasos stansiyalari, bosimli yoki oqava
kollektorlar, tozalash qurilmalari, zararsizlantirish va yig'ish 
qurilmalariga ega bo'ladi. Yig'ish qurilmalarida yig'ilgan tozalangan suv 
texnik maqsadlar va yong'inga qarshi kurash suvi sifatida ikkinchi marta 
sanoat korxonasiga qaytariladi. 
Sanoat korxonalarida foydalaniladigan kanalizatsiya tizimlari atrof-
muhitdan butunlay ajratilgan bo'lishi kerak. Kanalizatsiya quvirlaridan 
suvni yerga tuproqqa o'tib shimilishiga mutlaqo ruxsat berilmaydi. 
O'zbekiston Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish qonuniga 


283 
asosan sanoat korxonasidan oqib chiqadigan bar qanday suv 
tozalanmasdan suv havzalariga qo'shib yuborilishi mutlaqo taqiqlanadi. 
Ularni albatta zararli moddalardan va iflosliklardan tozalash talab qilinadi. 
Bu shartlarni bajarishda tozalashning kimyoviy, mexanik va biologik 
usullaridan foydalaniladi. 
Tozalangan suv tarkibi va sifati, uni tozalash usullari va tozalash 
qurilmalari turlari QMQ 2. 04. 05 — 97 talablariga javob berishi kerak. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling