Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


XVI.I. Fuqarolar muhofazasining asosiy vazifalari


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

 
 XVI.I. Fuqarolar muhofazasining asosiy vazifalari 
 
Insoniyat tarixida deyarli hamma davrlarda inson uchun eng 
dahshatli va nihoyatda ko'ngilsiz voqea urush va bar xil qirg'inlar bo'lib 
kelgan. Bu urushlarning hammasi o'zgalarning yeriga zo'ravonlik asosida 
bosib olish bo'lgan. Jamiyat taraqqiyotining boshlang'ich davrlari 
hisoblangan quldorlik jamiyatida ko'proq yerga va bu yerdagilarni 
qullarga aylantirish yo'li bilan tekin ishchi kuchiga ega bo'lish va buning 
asosida insoniyatning eng qadimdan ta'qib qilib kelayotgan eng yomon 
xususiyati ko'proq boylik orttirishga bo'lgan xirs hisoblanadi. Ammo 
buning natijasida ko'plab gullagan o'lkalarning xarobazorlarga aylanishi va 
minglab begunoh odamlarning hayotda bemavrid ketishiga sababchi 
bo'lish kechirib bo'lmaydigan voqealar sirasiga kiradi. 
Feodal tuzim vujudga kelishi bilan bunday urushlarning salmog'i 
yana ortabordi, bu davr qirg'inliklari haqidagi bir necha minglab tarixiy 
shaharlar yo'q bo'lib ketgani ma'lum. Hozirgi zamon olimlarining taxminiy 
hisob-kitoblariga ko'ra tarixiy hujjatlari ma'lum bo'lgan oxirgi 5500-yil 
davomida urishda o'lganlar soni 4 mlrd. atrofida deb hisoblanadi. 
Kapitalizmning paydo bo'lishi esa bu qirg'inbarot urushlarning 
yanada avj olishiga olib keldi, chunki kapitalizmning rivojlanishi uchun 
xomashyo bazalari zarur edi va xomashyo bazalari bo'lgan davlatlar 
sanoati rivojlangan davlatlar uchun osongina g'alaba qozonish 
imkoniyatini berardi. Buning asosiy sababi: industrial rivojlangan 
davlatning birinchi vazifasi—qirg'in qurollarini ishlab chiqarish bo'ladi va 
bu qirg'in qurollari ishlatilmasa, keyingi rivojlanish bo'lmaydi, ya'ni zavod 
hamda fabrikalar to'xtab qoladi va bu ishchilar g'alayoniga sababchi 
bo'ladi. Qirg'in qurollari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodlarning 
tinchlik 
mahsulotlarini 
ishlab chiqarishga qayta ixtisoslashtirish 


288 
birinchidan, katta qo'shimcha mablag' talab qiladi va ikkinchidan, tinchlik 
maqsadida ishlab chiqariladigan mahsulotdan keladigan foyda qirg'in 
qurollaridan keladigan foydaga nisbatan bir necha marta oz. 
Shuning uchun ham kapitalizm rivojlana borishi bilan qirg'in 
qurollari hajmi ham orta bordi va bu qurollar mukammal qirg'in 
qurollariga aylandi. Ko'rinib turibdiki, qurol- yarog'larningl 
mukamallashib borishi urushlar jarayonida qurbon bo'layotganlar sonini 
keskin ortib ketishiga olib keldi. 
Dunyoda shu sohada tadqiqot olib borayotganlarning ma'lumot 
berishlaricha 17-asrda qurbon bo'lganlar soni 3 mln kishini tashkil qilgan 
bo'lsa, 18-asrda 5, 5 mln kishini, 19-asrda 16 mln ni va 20-asrda esa bu 
raqam 70 mln dan oshib ketdi. 
Qurbonlarning ko'payishi faqatgina harbiylar orasida bo'lib 
qolmasdan, balki tinch fuqarolar o'rtasida qurbon bo'layotganlar soni ham 
keskin oshib ketdi. Tadqiqotchilarning aniqlashiga ko'ra birinchi jahon 
urushida 20 ta harbiyga bitta tinch aholi qurbon bo'lgan bo'lsa, ikkinchi 
jahon urishida bu raqamlar tenglashdi, ya'ni bitta harbiyga bitta fuqaro 
to'g'ri keldi. 
Agar keyingi urushlarni olib ko'rsak, masalan, 1949-52-yillardagi 
Koreya urishida bu raqam tinch aholi hisobiga besh hissa oshdi, Vetnam 
urushida esa bir harbiyga 10 fuqaro halok bo'lganligi ma'lum. 
Yana shuni ham ta'kidlash joizki, 20-asrning birinchi yarmida 
urushlar uchun sarflangan mablag' 4 trillion dollami tashkil qilgan va bu 
mablag' hisobiga yer yuzi aholisining uchdan ikki qismini talab 
darajasidagi uy-joy bilan ta'minlashga yetar edi. 
Yuqorida keltirib o'tilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, urushlar 
natijasida urushga hech qanday daxli bo'lmagan tinch aholining qirilib 
ketishi yo'l qo'yib bo'lmaydigan hodisa hisoblanadi va shuning uchun 
urush xavfi mavjud bo'lgan davlatlarning tashkiliy tizimlarida fuqaro 
muhofazasi tizimi vujudga keldi. 
Hozirgi zamonda deyarli hamma davlatlar va ayniqsa, katta kuch va
qudratga ega bo'lgan davlatlarning rahbarlari tinchliksevarlik 
shiorlari bilan chiqayotgan va bu haqda har xil jahon hamjamiyatlarida 
tinchliksevarlik haqida ma'ruzalar, o'qilayotganligidan qat'i nazar, oxirgi 
o'n yillik davr mobaynida bir qancha qirg'in barotliklar ro'y berganidan 
xabarimiz bor. Bunga misol tariqasida O'rta Osiyo mintaqasida hammani 
nihoyatda tashvishlantirayotgan, Afg'onistonda bo'layotgan voqealar, 
Pokiston va Hindiston davlatlari o'rtasidagi Kashmir viloyatini egaligi 
haqidagi mojarolar, shuningdek, NATO davlatlarining Yugoslaviyaga 


289 
qilgan hujumlari va Chechenistondagi bo'layotgan voqealar keltirilishi 
mumkin. 
Keltirilgan dalillardan ko'rinib turibdiki, fuqarolar muhofazasi 
zarurat sifatida vujudga kelgan fan hisoblanadi. Fuqarolarni mudofaa 
qilish awal mudofaa vazirligining bir bo'linmasi sifatida vujudga keldi. 
Uning tarkibiy qismlari belgilangandan keyin uning joylardagi bo'limlari 
tashkil qilindi. Bu bo'linmalar asosan fuqarolar yashash va ishlash 
joylarida tashkil qilinganligi sababli deyarli noharbiy kishilardan tashkil 
topdi. Shuning uchun ularni o'qitish, urush va tinchlik sharoitlrida faoliyat 
ko'rsatish me'yorlari belgilandi. 
Sobiq Ittifoq davrida fuqaro muhofazasi masalalariga juda katta 
e'tibor berilgan. Bunday e'tibor 30-yillardan boshlangan. Shu davrdan 
boshlab Ittifoqning Yevropa hududlarida joylashgan shaharlarida fuqaro 
muhofazasiga oid ishlar hamma fuqarolarning ham yashash joylarida, ham 
ish joylarida olib borildi. Shuningdek, yangi qurilayotgan binolarning 
deyarli hammasi bombapanalar bilan jihozlandi va eski binolarning 
yerto'lalari va boshqa yer osti inshootlari bombapana sifatida qaytadan 
tuzib chiqildi.
Bu qilingan sa'y-harakatlar ikkinchi jahon urushi boshlangandan 
keyin bekorga emasligi, qilingan mehnat zoe ketmaganligi sezildi. Besh 
yillik urush davomida bir necha minglab kishilar bombardimon vaqtida bu 
bombapanalarda jon saqlaganligi ma'lum. Shuni ham aytish kerakki, bu 
mudofaa masalalari urush tugagandan keyin ham to'xtatilmay davom 
ettirilganligini ta'kidlash zarur. Urushdan keyingi yillarda atom quroli 
ishlab chiqarilgani va bu qirg'inbarot qurol ishlatilganda fuqarolar uchun 
hech ko'rilmagan miqdorda ofatlar yog'ilishi mumkinligi va shuningdek, 
bu qurollarni yer sharining istagan nuqtasiga yetkazish imkoniyatini 
beradigan raketalar kashf qilinishi tufayli endi urush yetib borishi qiyin 
bo'lgan regionlar deyarli yo'q bo'lib qoldi va yerning istalgan nuqtasida 
yadro quroli xavfi paydo bo'ldi. 
Shundan keyingi davrdan boshlab fuqaro muhofazasining shakli va 
strukturasi o'zgartirildi. Qurilgan bombapanalar yadro qurolining kuchi va 
qudratiga bardosh beradigan tartibda qayta jihozlandi. Endigi harakat 
faqatgina bomba parchalari va bosim kuchidangina emas, bomba 
portlagandan keyin hosil bo'ladigan nurlanishlardan ham muhofazalanish 
ehtiyojini vujudga keltirdi. Fuqarolar ish joylari va yashash joylarida 
yadro qurolining dahshatli fojialar keltirishi mumkinligi tushintirildi. 
Shuni ham ta'kidlash joizki, yadro urushi xavfi dunyo miqyosida bir necha 
marta kelib chiqishi mumkin bo'lgan holatlar mavjud bo'lgan bo'lsa ham, 


290 
harqalay boshlanib ketmadi va shuning uchun bu tayyorgarliklar talab 
darajasida bo'lganmi-yo'qmi bu haqda bir narsa deyish qiyin. 
Fuqaro 
muhofazasi 
faqatgina 
urush 
sharoitida 
fuqarolarni 
muhofazasini ta'minlab qolmasdan, odamzod hayotida urushdan kam 
bo'lmagan talofatlarga olib keluvchi tabiiy ofatlardan saqlanish chora-
tadbirlari bilan ham shug'ullangan. Bu ikkinchi masala hozirgi zamon 
sharoitida muhim ahamiyat kashf etmoqda. 
Dunyo hamjamiyatida vujudga kelgan sharoit davlatlar o'rtasidagi 
qarama-qarshiliklarning birmuncha yumshashiga sabab bo'ldi. Ittifoqning 
tarqab ketishi va buning natijasi o'laroq boshqa hamdo'stlik davlatlari bilan 
bir qatorda O'zbekiston Respublikasining o'z mustaqilligini ta'minlagani 
NATO davlatlariga bo'lgan awalgi qarama-qarshilikni yo'qotdi va shuning 
bilan birga O'zbekiston delegatsiyasi NATO sammitlarida qatnashishi 
ijobiy samaralarga olib kelishi tabiiy. Shuning uchun ham O'zbekistonda 
fuqaro muhofazasi xizmati favqulodda vaziyatlar vazirligiga aylantirildi. 
Hozirgi tinchlik zamonida, ayniqsa, mustaqil O'zbekiston o'z 
yuksalish yo'lidan borayotgan holatida hech qanday tinchsizlikning 
bo'lishi mumkin emas. O'zbekiston tinchliksevar o'lka va u hech kimning 
tinchligini buzmoqchi emas. Ammo tabiat ato etgan bu o'lka birmuncha 
favqulodda hodisalar o'chog'i bo'lib kelgan. Ayniqsa, u o'rnashgan hudud 
zilzila xavfi mavjud bo'lgan hudud hisoblanadi. Shuning uchun uning har 
bir fuqarosini bu o'lkada bo'lishi mumkin bo'lgan har qanday favqulodda 
hodisalardan ogoh qilish va favqulodda hodisa ro'y bergan taqdirda undan 
muhofazalanish chora-tadbirlarini belgilash va bunday holatlarda aholini 
iloji boricha bu hodisalardan kam talofat bilan qutilib ketish chora-
tadbirlariga o'rgatish «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining eng muhim 
bo'lagi hisoblanadi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling