Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
To'fonlar. Tinch okeanida paydo bo'ladigan va kuchi eng kuchli
dovul kuchidan qolishmaydigan hodisa bo'lib, kuchli jalalar bilan keladi. U dengizda nihoyatda katta to'lqinlar hosil qiladi va bu to'lqinlar sohillarga toshib ketadi va yaqin o'rtadagi qishloqlarni suv bosadi hamda bir necha rayonni qamrab olishi mumkin. To'fonlar quruqlikka yetib kelgandan keyin tezda so'nadi. Uning boshlanishi havo bosimining keskin pasayishi bilan belgilanadi. To'fonlarning yemirish va buzish kuchi nihoyatda katta bo'lganligini hisobga olib, ba'zi bir davlatlarda uni o'rganish va-bashorat qilish ishlarini amalga oshirish uchun maxsus davlat tashkilotlari tuzilgan. Bundan hosil bo'ladigan energiya o'nlab yadro zaryadlari portlashidan hosil bo'ladigan energiyaga teng bo'ladi. To'fonlar Yaponiya, Xitoy va AQSh hududlarida tez-tez bo'lib turadi (yiliga 120 martagacha). Kuchli bo'ronlar Bofbit shkalasi bo'yicha 9—11 ballni tashkil qiladi. Ular suvda kuchli to'lqinlar hosil qiladi, quruqlikda birmuncha uy- joylarni buzadi, daraxtlarni sindiradi va qurilish kranlarini ag'darib yuboradi va h. k. Bo'ronlar. Kuchli bo'ronlar va dovullarning quruqlikdagi turi bo'lib, uyurma harakat qiluvchi va chang-to'zon ko'taruvchi turlarga bo'linadi. Ular qora, qizil, sariq-qizil, oq, chang, qum va qor bo'ronlariga bo'linadi. Yer sharining turli burchaklarida ular turlicha nomlanadi (masalan, O'zbekiston janubiy rayonlarida afg'on bo'roni deb yuritiladi). Bo'ronlar tezligi 20-30 m/sek ga boradi. Bu bo'ronlarning o'ziga xos xususiyati shundaki, ularning havosining nisbiy namligi juda past bo'lganligi sababli, yerni quritib uni erroziyaga uchrashga olib keladi va bunday bo'ronlar bo'lib turadigan joylarga ekilgan ekinlarning urug'larini tuproq bilan birga uchirib ketadi yoki unib chiqqan ekinlarning ildizi ochilib qolganligi uchun hosil olish umidini yo'qqa chiqaradi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling