Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Umumiy 12 balli tizimda zilzilalar tavsifi


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

Umumiy 12 balli tizimda zilzilalar tavsifi 
19-jadval 
Bal 
Zilzila kuchi 
Qisqacha tavsifi 

Sezilar-
sezilmas 
Faqat seysmik asboblar bilan sezish 
mumkin 

Juda kuchsiz 
Seysmik asboblar yordamida seziladi. 
Tinch holatda yotgan ba'zi bir odamlar 
sezishi mumkin 

Kuchsiz 
Osma lampalar yengil tebranadi. Ochiq 
eshiklar ham qimirlab qo'yishi mumkin. 
Aholining bir qismi sezadi. 

Sezilarli 
O'tirgan va yotgan odamning hammasiga 
yerning yengil tebranayotgani seziladi. 
Eshik, deraza va devorlardan qisirlab 
ovozlar eshitiladi. 

Ancha kuchli 
Ko'chada va hovlida yuiganlarning ko'p-
chiligi va uyda bo'lganlarning hammasi 
sezadi. 
Binolar 
va 
mebellar 
tebranayotgani ko'rinadi. Osma soatlar 
kapkiri to'xtab qoladi. Devorlarda va 
boshqa suvalgan yerlarda yoriqlar paydo 
bo'ladi 

Kuchli 
Hamma sezadi. Ko'p odamlar uylaridan 
yugurib 
tashqariga 
chiqib 
ketadi. 
Devorlarda katta yoriqlar paydo bo'ladi. 
Suvalgan devorlarning shuvog'i ba'zi 
yerlari ko'chib tushadi. 

Juda kuchli 
Osib qo'yilgan narsalar kuchli tebranadi. 
Mebellar o'rnidan siljib ketadi. G'ishtdan 
qilingan uylarda ham yoriqlar va boshqa 
o'pirilishlar yuz beradi. Daryolarning va 
tog'larning yon bag'rilarida siljishlar 
paydo bo'ladi. 

Buzib 
yuboruvchi 
Uylar jiddiy shikastlanadi. Haykallar 
o'rnidan siljib ketadi yoki butunlay qulab 
tushadi. Soy bo'ylari va tepalar yon 


297 
bag'rilarida yoriqlar paydo bo'ladi. 

Vayron 
qiluvchi 
G'ishtdan qilingan uylar kuchli zararla-
nadi va buzilib tushadi. Sinchli uylar 
qiy-shayib o'z shaklini yo'qotadi. 
10 
Kuchli 
vayronalikka 
olib keluvchi 
Yerda 1 metr va undan katta bo'lgan 
yoriqlar paydo bo'ladi. Yo'llar o'z shak-
lini yo'qotadi. Deyarli hamma uylar 
qulaydi. Tepaliklar va daryolar yon 
bag'rida o'pirilishlar vujudga keladi. 
11 
Falokatli 
Deyarli hamma uylar qulaydi. Yer 
ko'rilmagan darajada yorilib jarlar hosil 
bo'ladi. Temir yo'llarning hammasi 
qiyshayib yaroqsiz holga keladi.Yo'llar 
va 
kommunikatsiyalarning 
deyarli 
hammasi ishdan chiqadi 
12 
Juda falokatli 
Hamma uylar vayronaga aylanadi. Yez 
yuzi 
tanib 
bo'lmaydigan 
darajada 
o'zgaradi. Ko'rilmagan darajada katta 
jarliklar va hattoki, soylar paydo bo'ladi. 
Daryolar o'zanini o'zgartiradi. Tabiat 
olami va hayvonot olami halok bo'ladi 
Bunday kuchli fojiali zilzilalar tog'li hududlarda, okean va 
dengizbo'yi davlatlarida, masalan, Kamchatka, Yaponiya, Alyaska, 
Meksika, Chili, Alp tog'lari, Bolqon, Kavkaz va boshqalarda yuz berishi 
mumkin. 
O'piriluvchi zilzilalar yer ostidagi kars bo'shliqlari va tashlab 
qo'yilgan konlarning o'pirilishi natijasida kelib chiqadigan zilzilalar 
hisoblanib, ularning kuchi uncha katta bo'lmaganligi uchun zarari ham 
ko'p bo'lmaydi. 
Suv osti vulqonlarinig otilishi natijasida, suv ostining relefi va 
shakl-shamoyili o'zgarishi natijasida gravitatsiya to'lqinlari hosil qilishi 
hisobiga paydo bo'ladigan ulkan to'lqinlar «sunami» deb yuritiladi va 
okean bo'yi aholisiga jiddiy zarar yetkazadi. 
Meteoritlar tushishi va ularning portlashidan hosil bo'ladigan 
zilzilalar kamyob hodisa bo'lsa ham, insoniyat tarixida bo'lgan va bo'lishi 
mumkin bo'lgan hodisa hisoblanadi. 
Ba'zi bir taniqli olimlarning bashoratlariga ko'ra yerning uzoq 
o'tmishida yer yuzini band etgan ulkan dinozavrlar va boshqa jonzotlar 


298 
yerning kosmik asteroidlar bilan to'qnash kelib urilishi natijasida yer 
o'qining birmuncha siljib ketganligi natijasida yer yuzida sovush 
boshlangan va bu yuqorida zikr etilgan jonzotlarning qirilib ketishiga olib 
kelgan. Insoniyat tarixida bunday kosmik jismlar bilan to'qnashish izlarini 
uchratish mumkin. Masalan, uncha uzoq o'tmish bo'lmagan 1908-yilda 
Sibirning Tungus rayonidagi meteoritning poitlashi natijasida juda katta 
maydon vayron bo'lishi bilan birga undan hosil bo'lgan zilzilalar kuchi 
ancha uzoq masofalarda sezilgan. Bunday meteorit yoki kometalar bilan 
to'qnashish yer yuzasida nihoyatda kuchli poitlash bilan kechishi va 
buning natijasida yer yuzida nihoyatda katta kraterlar va ko'llar hosil 
bo'lganligi ma him. Bunday to'qnashishlardan paydo bo'ladigan portlashlar 
natijasida nihoyatda katta miqdordagi energiya ajralishi kuzatiladi va bu 
energiya shu yaqin atrofdagi bir necha o'n kilometr masofadagi radiusda 
butun 
jonzod 
va 
o'rmonlarning 
yo'qolib 
ketishiga 
va 
katta 
vayronagarchiliklarga olib keladi. 
Misol tariqasida Janubiy Afrika Transvaal hududiga tushgan 
meteorit portlashidan hosil bo'lgan energiya 2500000 Mt, Tungus 
meteoriti 1000 Mt atom yadrosi portlashiga teng bo'lgan energiya ajratgan 
degan hisoblar mavjud. Dunyodagi davlatlarning ko'pchiligida kosmik 
jismlar-meteoritlar va asteroidlar portlashidan hosil bo'lgan kraterlar va 
ulkan ko'llar topilgan. 
Asteroid, meteorit va kometalarning yer yuzida hosil qilgan portlash 
kraterlari quyidagi jadvalda keltirilgan. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling