Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
XVI.3. Zilzilalar, vulqonlar otilishi va yerga
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
XVI.3. Zilzilalar, vulqonlar otilishi va yerga
meteoritlarning tushishi 294 Zilzilalar yer ostidagi qizigan va cho'g'lanib erigan moddalarning hajmiy o'zgarishlari natijasida, yer markazida harakatlanishi natijasida ba'zi bir tabiiy kechadigan holatlarga ko'ra yer markazida ba'zi bir gazsimon moddalarning to'planishi va bular nihoyatda katta bosim ostida bo'lganligi sababli lavalar yo'liga to'siq bo'lishi mumkin. Vaqt o'tishi bilan bu bosim ostidagi gazlar bizga ma'lum bo'lmagan tabiiy hodisalar natijasida o'z o'rnini o'zgartirishi mumkin. Uning o'rnini lavalar egallashi natijasida yer qarida katta miqdordagi energiya jamlanishi va bu energiya o'zi uchun ma'lum bo'shliq izlab, uni topishi natijasida shu bo'shliqqa keskin otilib o'tib ketishi natijasida kelib chiqadigan zilzilalar tektonik zilzilalar deb ataladi. Bundan tashqari yuqorida sanab o'tilgan jarayonlar natijasida yer qa'ridagi erigan lava o'ziga yondosh bo'lgan gazlar bilan birga yer yuzasiga chiqish uchun yo'l izlasa va yer yuzasidagi ma'lum sabablarga ko'ra bo'sh qolgan bo'shliqlarni to'ldirsa, unda mana shu to'ldirish jarayonida paydo bo'lgan energiya yer silkinishiga olib keladi va vulqonlar otilishi natijasida kelib chiqadigan zilzilalar deb yuritiladi. Yana yer shari kosmik fazoda harakatlanganligi sababli, u har daqiqada millionlab katta-kichik jismlarni uchratadi va bu uchragan narsalar yer yuzasi atmosferasi qatlamlariga kirib, harakat tezligi katta bo'lganligi sababli atmosferada qizib yonib ketadi. Bunday yonish har daqiqada millionlab bo'lganligi sababli biz uni yulduz uchishi sifatida yerdan kuzatishimiz mumkin. Bunday jismlarning yirik turlari ham bo'ladi va u atmosfera qatlamiga kirib yonib ketgani bilan hajmi katta bo'lganligi sababli, yer yuziga kelib tushgunga qadar yonib ulgura olmaydi va yerga katta kuch bilan kelib tushganligi sababli yerga bir necha o'n metr chuqurlikka kirib ketadi va o'zida katta energiyani jamlaganligi sababli kuchli portlash ro'y beradi. Bunday katta jismning yerga urilishi yer yuzasida ma'lum miqdorda siljishlar hosil qiladi va bu zilzilalar kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling