Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


XVI.2. Bo'lishi mumkin bo'lgan tabiiy ofatlarning qisqacha


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

XVI.2. Bo'lishi mumkin bo'lgan tabiiy ofatlarning qisqacha 
tavsifi 
Tabiiy ofatlar sirasiga tabiatda bo'lishi mumkin bo'lgan yong'inlar 
(bular o'rmonlar va tabiiy butazorlar, ekinlar) qishloq yoki shaharchalarda 
ko'plab binolarni qamrab olgan bo'lishi mumkin, to'qayzorlar va ba'zi bir 
o'lkalarda yuz berishi mumkin bo'lgan torf qatlamlarining yonishi, 
savannalar va tropik o'rmonlarining yonishi va boshqalarda namoyon 
bo'ladi; suv toshqinlari: uzluksiz bir necha kun yoki haftalar mobaynida 
yomg'irlar yog'ishi yoki sellar natijasida daryolar toshishi; zilzila; otilishi; 
sel kelishi natijasida suv bosish hollari; yerlarning surilishi; liar xil 


291 
o'pirilishlar; qattiq shamollar; qor bo'ronlari va quyunlari; qor ko'chish 
hollari; har xil epidemiyalar; uy hayvonlari va yowoyi hayvonlarda 
uchrashi mumkin bo'lgan har xil epidemiyalar; qishloq xo'jaligida va 
boshqa ekinlarda zararkunandalarning ko'payib ketishi va boshqalarni 
kiritish mumkin. 
Tabiiy ofatlar yer kurrasida doimo uchrab turadigan, o’z zararlilik 
darajasi va insoniyatga yetkazgan zarari hamda vayronaliklari bilan va 
shuningdek, moddiy va ma'naviy boyliklarni yo'qolishiga olib kelishini 
umuman jamlasak, ulardan keladigan zarar va odamlarning hayotdan ko'z 
yumishiga olib kelish masshtabi bir qancha urushlardan kam emasligini 
kuzatish mumkin. 
Tabiiy ofatlar-tabiat injiqliklarining ko'rinishlari sifatida paydo 
bo'Iadigan, insonning risolada yashash tarzini o'zgarishiga olib keladigan, 
shuningdek, ko'pgina vayronaliklarga, insonning moddiy boyliklarini 
buzilib yo'qolishiga olib keladigan, ba'zida ko'plab fojialarga sabab 
bo'Iadigan tabiat hodisasidir. Bu tabiiy ofatlarning eng birinchisi-
zilzilalardir. Chunki zilzilalar ta'sir darajasi va keltirib chiqaradigan 
vayronaliklari bilangina ajralib turmasdan, balki ko'plab odamlarning 
hayotdan ko"z yumishiga olib keladi. Bu holda hayotdan ko'z yumish 
osongina kechmasdan, balki vayronalar orasida qolib ketish bilan bo'ladi. 
Zilzilalar yer osti zarbalari natijasida yer yuzasida tabiiy ravishda hosil 
bo'Iadigan silkinish hisoblanadi. Yer osti zarbasining hosil bo’lish jarayoni 
yer ostidagi zilzila o'chog'i ma'lum qalinlikdagi yer qatlamida uzoq davr 
mobaynida yig'ilgan energiyaning ajralishi tufayli yuz beradi va buning 
natijasida yer yuzasida zarba to'g'ri kelgan markazdan har tomonga 
seysmik to'lqin harakati tarqaladi. 
Xalqaro seysmik shkala MSK-64 ga asosan zilzilalar 12 ballga 
bo'linadi. 
O'zbekiston Respublikasi hududida tektonik jarayonlaming katta 
aktivligi kuzatiladi, tog'larning o'sishi yiliga 1-2 sm ni ba'zi bir joylarda 
esa 8-10 sm ni tashkil qilib, bu o'sishlar yer qimirlashi bilan o'tadi. Yer 
qimirlash o'choqlari yer qariga joylashgan bo'lib, asosan uning granit 
qatlamida 5 dan 35 km gacha chuqurlikda joylashgan bo'ladi. 
Zilzilalar tabiiy ofatlar ichida eng xavflisi bo'lib, ko'plab 
odamlarning umriga zomin bo'ladigan ofatlar sirasiga kiradi. 
Misol tariqasida 1948-yildagi Ashxabadda bo'lgan zilzila 110 ming 
kishining umrini zomin qilgan edi. Uning natijasida shahar butunlay 
vayron bo'lgan va uning o'rni hosil bo'lgan zarba natijasida gorizont 
bo'yicha 2,5 km masofaga siljib ketgan. 


292 
1966-yildagi Toshkent va birrnuncha keyinroq Gazli va Nazarbekda 
bo'lgan yer qimirlashlari natijasida respublikamizga juda katta moddiy 
zarar yetkazilgan edi. 
1988-yilda Armaniston shimolida bo'lgan yer qimirlash bu asrda 
bo'lgan zilzilalarning eng mudhishlaridan bin sanaladi. Buning natijasida 
25 ming kishi halok bo'ldi; 3 ta shahar va 360 ta qishloq vayronaga 
aylandi. Bundan 700 ming odam zarar ko'rdi; 514 ming kishi boshpanasiz 
qoldi. Bu zilzila tufayli Armaniston 8 mln kvadrat metr turar joy fondidan 
ajraldi. 1999-yilda Turkiya hududida bo'lgan ketma-ket zilzilalar bir necha 
shaharni vayron qildi necha minglab kishi qurbon bo'ldi va necha minglab 
kishi boshpanasiz qoldi. 
Umuman olganda, O'rta Osiyo va Markaziy Osiyo hududlari zilzila 
xavfi yuqori bo'lgan hududlar sirasiga kiradi. Hozirgi zamon fani yutuqlari 
asosida zilzilalarni bashorat qilish imkoniyatini beradigan yutuqlaiga 
erishgan bo'lsa-da, lekin uning aniq vaqtini aytib, oldindan unga 
tayyorlanish imkoniyatlari hozircha yaratilgan emas. 
Ikkinchi eng katta tabiiy ofatlardan biri va xavflilik darajasi 
zilzilalardan kam bo'lmagan-ofat suv toshqinlari hisoblanadi. Uni keltirib 
chiqaruvchi sabablarga ko'ra uch turkumga bo'lish mumkin. 
1. Tabiat injiqliklari natijasida ma'lum hududga haddan tashqari ko'p 
miqdorda yonig'ir yog'ishi va tog'li hududlarda kunning isib ketishi 
natijasida qor va muzliklarning erib ketishidan hosil bo'ladigan suv 
toshqinlari. 
2. Dengiz va okeanlar yaqiniga joylashgan shahar va hududlarga 
shamol va bo'ronlar ta'siridan suvning toshib ketishi natijasida bo'ladigan 
suv toshqinlari. 
1974-yilda xuddi shu holatda yuz bergan suv toshqini natijasida 
Hindiston hududidagi 22 shahar va 10 ming qishloq suv ostida qolib 
ketgan edi va buning natijasida 1000 kishi hayotdan ko'z yumdi. 
3. Yer osti zilzilalari natijasida kelib chiqadigan suv toshqinlari. 
1953-yilda bo'lgan shunday suv toshqinidan Gollandiya zarar ko'rgan edi 
va buning natijasida 1800 kishi halok bo'lgan edi. 
O'zbekiston Respublikasida suv toshqinlari hududimizda bo'lgan suv 
omborlarini to'sib turgan to'g'onlar buzilib ketishi va tog'li hududlarda 
shiddatli yomg'ir yog'ishidan sel hosil bo'lishi natijasida ro'y berishi 
mumkin. Respublikamiz hududiga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan suv 
omborlari 27 ta bo'lib, bulardan 10 ta suv ombori qo'shni respublikalar 
hududiga joylashgan.
Suv omborlarida yig'ilgan suv hajmi quyidagicha: 


293 
— Toshkent dengizi-250 mln m
3

— Jizzax suv ombori-85 mln m
3
;
— Karkidon suv ombori-218 mln m
3

— Kosonsoy suv ombori-165 mln m
3

— Kattaqo'rg'on suv ombori-900 mln m
3

— Quyimozor suv ombori-300 m
3

— Chorvoq suv ombori-2 mlrd m
3

— Andijon suv ombori-1, 75 mlrd m
3

— Tuyamo'yin suv ombori -5, 3 mlrd m
3

— Chimqo'rg'on suv ombori-300 mln m
3

— Uchqizil suv ombori-165 mln m
3
;
— Pachkamar suv ombori-280 mln m
3

Mabodo bu suv omborlaridan suv urib ketsa, suv bosib ketishi 
mumkin bo'lgan hudud maydoni 57, 9 ming km
2
ga teng va bu hududda 7 
mln kishi istiqomat qiladi. Falokat sodir bo'lishi mumkin bo'lgan hududda 
44 ta shahar va bir necha yuzlab qishloqlar, kommunikatsiya inshootlari, 
2775 km avtomobil yo'llari va yuzlab qishloq xo'jalik bo'limlari mavjud. 
Suv toshqinlari vaqtida aholini muhofaza qilishning asosiy yo'li, 
ularni suv toshqini bo'lishi mumkin bo'lgan yerdan odamlarni, u yerda 
bo'lgan hayvonlarni va texnika anjomlarni olib chiqib ketish va shuning 
bilan birga bu suv toshqinlari zarar darajasini kamaytirishga qaratilgan 
chora-tadbirlarni ham amalga oshirishni unutmaslik kerak. 
Yong'inlar ham favqulodda hodisalar qatoriga kiradi. Hozirgi vaqtda 
yong'inlar inson uchun eng xavfli tabiiy ofatlar qatoriga kirib bormoqda,
chunki yong'indan keladigan zarar juda katta miqdorni tashkil qilishi 
bilan birga inson hayotiga ham tahdid soluvchi omillardan biriga aylanib 
qolmoqda. 
1972-yida AQSh da 2,5 mln yong'in kuzatilgan va unda 12 ming 
kishi halok bo'lgan va yetkazilgan moddiy zazrar 11 mlrd dollar miqdorni 
tashkil qilgan. Toshkent shahrida har yili 500 dan 800 gacha yong'inlar 
bo'lib turadi degan ma'lumotlar bor. Bundan respublikamiz iqtisodiga 
jiddiy moddiy zarar yetishi tabiiy. 
Republikamiz hududida 200 dan ortiq poitlashga va yong'inga xavfli 
inshootlar mavjud. Demak, Respublikamiz hududida yong'inga qarshi 
kurash chora-tadbirlarini belgilash eng muhim omillardan biri hisoblanadi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling