Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
Uyurma bo'ronlar. Momaqaldiroq hosil qiluvchi bulutlar paydo
bo'lganda pastdan yuqoriga qarab yo'nalgan bahaybat yengsimon yoki 308 xartumsimon havo harakati paydo bo'ladi, uning markazi siyraklashtirilgan havo bosimiga ega bo'ladi va u yer yuzasiga yaqinlashganda uning asosi 30 m va balandligi 800—1500 m bo'lgan bahaybat aylanuvchi voronkaga o'xshash havo harakati vujudga keladi hamda 40—60 km masofaga harakatlanib boradi. Uning markazidagi bosimning siyraklashishi shunday kattaki, uning yo'lida uchragan qurilmalar o'z ichki bosimlari natijasida portlab ketishi mumkin. Uyurma bo'ronlar hayron qolarli darajada katta havo harakati tezligiga ega bo'ladi, ba'zi hollarda uning tezligi tovush tezligidan ham oshib ketishi mumkin. Uning so'rish kuchi shunday kattaki, yo'lida uchragan binolami o'z o'qi bo'ylab aylantirib yuborishi, daraxtlarni ildizi bilan sug'irib olishi, binolar tomini olib ketishi mumkin. Yo'lida uchrab qolgan narsalarni, hattoki hayvonlar va odamlarni ham bir necha kilometr masofaga ko'chirib borishi mumkin. Yo'lida uchragan suv havzalari va ko'llarni suvini va undagi o'simlik hamda hayvonot dunyosini butunlay so'rib olib, juda katta masofalarga eltib tashlashi mumkin, ba'zi narsalar bir necha muddat o'tgandan keyin yomg'ir bilan birga yog'ishi mumkin. Uyurma bo'ronlarning veitikal ko'tariladigan turlari ham bo'ladi. Ular yuqorida aytib o'tilganidan farqi shuki birinchisi momaqaldiroqli bulutlardan hosil bo'lsa, bunisi butunlay bulutsiz ochiq havoda ham paydo bo'ladi va butunlay mustaqil pastdan tepaga qarab harakatlana boshlaydi. Ularning so'rib ko'tarib ketayotgan narsasining turiga qarab changli, qumli, olovli va qorli turlari bo'ladi. Dovullar, bo'ronlar va uyurma bo'ronlar oqibatlarini tugatishda quyidagi ishlar bajariladi: tabiiy ofat yuz beigan rayonga olib boriladigan yo'llar va ko'priklar tuzatiladi; undan keyin injenerlik qutqarish ishlari amalga oshiriladi bunda bosib qolgan va buzilib tushgan vayronalar orasidan jabrlanganlarni qutqazib oladi, yong'inlarni o'chiradi, jabrlanganlaiga suv, oziq-ovqat va kiyim-boshlar bilan ta'minlaydi. Undan keyin buzilgan joylarni tartibga keltirish ortiqcha narsalardan tozalash, buzilgan joylar orasidagi yo'llar tiklanadi. Bo'ronlar ta'siridan zararlangan binolar aniqlanadi. Bo'ron keltirib chiqaigan tepalar va boshqa qurilish konstruksiyalar bo'laklaridan o'tadigan yo'llar tiklanadi. Turar joylar, korxonalar va suv bilan ta'minlash vositalari, skladlar va boshqa hayot faoliyati uchun zarur bo'lgan obyektlar tekshirilib, yaroqliligi aniqlanadi. Elektr ta'minoti va aloqa vositalari tiklanadi, kommunal — xo'jalik obyektlarining ishlash imkoniyati tiklanadi. Ishdan chiqqan va yiqilishi mumkin bo'lgan binolar buzib tashlanadi. Undan keyin kundalik hayot faoliyatini tiklashga qaratilgan ishlar bajariladi. 309 Bo'ronlarning qanday xili bo'lishidan qat'i nazar, ulardan asosan aholini, uy hayvonlarini va moddiy boyliklarni saqlab qolish qutqaruvchilarning va boshqa favqulodda hodisalar sohasida ishlovchilarning asosiy va bosh vazifasi hisoblanadi. Aholini bu kabi tabiiy ofatlardan saqlashning asosiy imkoniyati ularni bu xavfdan xabardor qilish va imkon boricha ularni xavfsiz oldindan tayyorlangan joylarga yuborish, mustahkam qurilgan podval va yerto'lalarda saqlanish kerakligini oldindan tayinlash kerak bo'ladi. Bo'ronlar bo'lishini oldindan aytib berish hozirgi zamon obi-havo xizmati xodimlarining qo'lidan keladi. Buning uchun yerning sun'iy yo'ldoshlari orqali olingan ma'lumotlar ham bularning aniq ishlash imkoniyatini beradi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling