Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

Chaqmoqlar — atmosferada bo'ladigan ulkan yoysimon elektr 
razryadlarining yo'qolish hodisasi bo'lib bo'lib, odatda, yorqin chaqnash 
nuri sifatida ko'rinadi va momaqaldiroq bilan yakunlanadi. Chaqmoqlar 
odatda, quyuq bulutlar qatlamida ba'zida esa yomg'irli qatlamli bulutlarda, 
shuningdek, vulqonlar otilganda, aylanma (tornado) va quturgan to'zonli 
bo'ronlar vaqtida paydo bo'ladi. Odatda, ko'proq chiziqli Chaqmoqlar 
kuzatiladi va ularning uzunligi ba'zan bir necha yuz metrdan oshib ketadi. 
Chaqmoqlar bulutlar ichida bo'lsa, uni bulut ichidagi va yerga urilishi 
mumkin, buni yerdagi chaqmoqlar deb yuritiladi. 
Chaqmoqlar paydo bo'lishi bir necha bosqichdan iborat bo'ladi. 
Chaqmoq hosil qiluvchi bulut yerga yaqinlashganda uning chetlarida 
kuchlanish kuchaya boshlaydi va uning ta'sirida yerdagi jihozlar va 
uskunalarda unga javoban qarama-qarshi zaryadga ega bo'lgan strimer, 
ya'ni elektr zaryadlari zanjiri paydo bo'ladi. Chaqmoqning bu 
xususiyatidan yashin qaytargichlarni o'rnatishda foydalaniladi. 
Chaqmoqlar bir necha ming amper tok kuchiga, 108 m/sek tezlikka 
va 25000 °C haroratga hamda bu sekundning yuzdan biricha vaqt 
davomida o'tishi bilan tavsiflanadi. 
Tabiatda sharsimon chaqmoqlar ham kuzatiladi, ammo uning 
xususiyatlari va kelib chiqish mazmuni o'rganilgan emas. Bu chiziqli 
chaqmoq chaqqandan keyin paydo bo'ladigan shar shaklidagi yorug'lik 
tarqatuvchi sferoiddan tashkil topgan bo'lib, juda katta solishtirma 
energiyaga ega bo'ladi. Paydo bo'lish davri bir necha sekunddan bir 
minutgacha, yo'qolishi kuchli portlash bilan o'tadi va buning natijasida 
birmuncha vayronaliklar kuzatilishi mumkin. 
Chiziqli va sharsimon chaqmoqlar o'zining kuchiga qarab katta 
miqdorda zarar keltirishi va odamlarning o'limiga sababchi bo'lishi 
mumkin. Bunda uning issiqlik ta'siri va elektrodinamik ta'siri binolarni 
buzilishiga va yonib ketishiga olib kelishi bilan birga uning elektromagnit 
va yorug'lik nurlari ta'siri ham kuzatiladi. 
Chaqmoqning 
yerdagi 
obyektlarga 
urilishi 
katta 
vayronagarchiliklarga sababchi bo'lishi mumkin. Agar yerdagi chaqmoq 
tushgan obyektda tok o'tkazuvchi qismlar yo'q bo'lsa, unda elektr ta'sirida 
ingichka kanallar hosil bo'ladi va ulardan chaqmoq hosil qiluvchi tok o'zga 
yerga o'tish yo'lini izlaydi. Nihoyatda, katta harorat paydo bo'lganligidan 
bu materialning ma'lum qismi bug'lanib ketadi va bu portlash kelib 
chiqishiga sababchi bo'ladi. Bu obyektning parchalanishiga va uning 
yonuvchi qismlarining yonib ketishiga sababchi bo'ladi. Bunda, 


311 
shuningdek, ayrim materiallarda potensiallarning zaryadlari qarama-qarshi 
bo'lganligi sababli uning ichida bo'lgan yonuvchi jihozlarning yonib 
ketishi natijasida yong'inlar chiqishi va u yeragi odamlar elektr toki 
ta'siriga tushib qolishlari mumkin. 
Ko'pincha chaqmoqlar atrofdagi qurilishlardan balandroq qurilgan 
obyektga, masalan, tok o'tkazmaydigan materialdan tiklangan tutun 
chiqarish vositalariga yong'inga qarshi qurilgan depo bashnyasiga yoki 
atrofida qurilishlar bo'lmasdan ochiq joylarda ayrim turgan binolarga 
tushishi mumkin. Juda baland obyektlar, masalan, televizor bashnyalariga 
chaqmoq uning uchiga emas, balki birmuncha pastki nuqtasiga tushadi, 
buni bu obyektlar o'z atrofiga to'plagan zaiyadlar ta'siri sifatida ko'rsatish 
mumkin. 
Chaqmoqning yog'och asoslarga o'rnatilgan aloqa vositalariga 
tushishi juda xavfli hisoblanadi. Katta ampletudaga ega bo'lgan elektr 
zaryadlari aloqa simlariga o'tishi ularning o'tkazgich simlar orqali tez 
tarqalishiga olib keladi va bu simlarga ulangan radio karnaylari, aloqa 
vositalari va apparaturalarning buzilishi hamda ular orqali yerga o'tishi 
natijasida kutilmagan yerdan yong'in chiqishi va kutilmaganda aloqa 
vositalaridan foydalanayotgan odamlarni elektr ta'siriga tushib qolishiga 
sababchi bo'ladi. Chaqmoqning katta quwatdagi elektr o'tkazish 
liniyalariga tushishi elektr zaryadlarining yerga urib ketishiga, shuningdek 
elektr o'tkazgichlar o'rdasida bir-biriga nisbatan yoysimon to'qinish paydo 
bo'lishi simlardagi tokning avtomatik o'chirib qo'yilishiga olib keladi, ba'zi 
hollarda elektr simlarining kuchli kuchlanishni ko'tara olmasdan erib 
uzilib ketish hollari ham bo'lishi mumkin. Kuchaygan kuchlanishdagi 
elektr toki stansiya va podstansiyalarga yetib kelib mashina va 
apparatlarda izolatsiyalarni yemirishi natijasida ularni odam uchun xavfli 
omilga aylantirishi mumkin. 
Do'1 — tabiatda yog'adigan yog'inlardan biri hisoblanadi va tabiiy 
ofatlarning eng xavflilari qatorida turadi. O'zbekiston Respublikasi 
hududida va shuningdek, boshqa O'rta Osiyoda joylashgan boshqa 
davlatlar hududida ham do'l asosan bahor oylarining oxiri va yoz 
oylarining boshlarida yog'ishi mumkin. Shuning uchun ham uning zararli 
ta'siri nihoyatda sezilarli bo'ladi, chunki bu vaqtlarda ertangi ekinlar 
yetilgan va kechkilari ekilib unib chiqqan vaqt bo'ladi. Do'l 5 mm dan 55 
mm gacha kattalikdagi muz parchalaridan iborat bo'lganligi uchun (ba'zi 
hollarda downing kattaligi 130 mm va og'irligi 1 kg atrofida bo'lgan dollar 
yoqqanligi ma'lum) ekilgan ekinlarning hammasini, daraxtlarning barglari, 
mevalari va hattoki, mayda shoxlarini sindirib vayron qilib yuboradi. 


312 
Do'lga qarshi kurashning zamonaviy usullari ishlab chiqilgan. 
Buning uchun hozirgi zamonda mavjud bo'lgan maxsus texnikalar 
yordamida bulutlarning eng sovuq qatlamlariga maxsus reagentlar bilan 
ta'sir ko'rsatiladi. Bu bilan ularning tomchilarga aylanmasdan muzlashiga 
erishiladi va bu nihoyatda mayda muz parchalarini hosil bo'lishiga olib 
keladi va ular atmosferaning issiq qatlamlariga kirgandan keyin erib suvga 
aylanadi yoki maydalashgan muz parchalari do'l zarbini birmuncha 
yumshatishga olib keladi. Bu usul yetarli darajada samarali usul 
hisoblansada, lekin u nihoyatda, qimmatga tushganligi uchun va hamma 
davlatlar ham bulutlarga reagent sepish texnologiyasini o'zlashtirib 
ulgurmaganligini hisobga olib, bu usulni kelajakda qo'llanilishi mumkin 
bo'lgan usul sifatida keltirib o'tildi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling