Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Qor bosish va qor ko'chishlar


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

Qor bosish va qor ko'chishlar. O'zbekiston Respublikasi hudu-
dida birmuncha tog'li rayonlar mavjudligini aytib o'tgan edik. Bu 
rayonlarda kuchli qor bo'ronlari bo'lib turadi. Hozirgi vaqtda temir yo'llar 
va avtomobil yo'llarini Respublikamiz viloyatlarini bir-birlari bilan 
aioqasini mustahkamlash va yo'l chiqimlarini kamaytirish maqsadida, 
yo'llarni o'z yerlarimiz orqali boshqa davlatlar hududini kesmasdan 
o'tkazish chora-tadbirlari ko'rilmoqda. Bunda ko'pgina yo'llar tog'lar osha 
o'tganligi sababli bu yo'llarni qor bo'ronlari va qor ko'chkilaridan himoya 
qilish ehtiyoji tug'ilmoqda. 
Bunday hollarda avtomobil va temir yo'llarida xavfsizlikni 


316 
ta'minlash ikki usulda olib boriladi. Birinchisi, oldindan tayyorgarlik 
ko'rilib qor bosishi mumkin bo'lgan joylarga qordan to'sish vositalari 
o'rnatiladi va ikkinchisi, maxsus qorni vaqtida tozalab turish xizmati 
tashkil qilinadi. Bunda qor kurashning zamonaviy usullaridan: 
traktorlardan, avtomobillardan va boshqa kuchliroq vositalardan 
foydalaniladi. 
Qor bo’ronlari O'zbekiston hududida juda katta falokatlarga olib 
keladigan tabiiy ofat hisoblanmaydi. Tog'lardagi qor ko'chish hodisasi 
xavfliroq ofat hisoblanadi. Qor ko'chishi asosan tog' yon bag'rilarida 
qiyaliklar 45 va undan ortiq bo'lgan hollarda qor ko'p yog'ishi hisobiga 
cho'qqilarda paydo bo'lgan qorning pastga qarab siljishi tik qiyaliklarda 
juda dahshatli tus oladi, ya'ni yo'lidagi hamma qor to'plamlarini va uning 
ostida bo'lgan bo'shroq holatda bolgan toshlarni ham ko'chirib nihoyatda 
katta hajmga ega bo'lgan massa sifatida quyiga qarab harakatlana 
boshlaydi va uning harakat tezligi 90-100 km/soatni tashkil qiladi. Uning 
og'irligi va hajmi kattalashib ketganligi sababli, (ba'zi bir uncha katta 
bo'lmagan ko'chkilarning hajmi 20 ming m
3
bo'lishi aniqlangan, hattoki 
Kavkazdagi Ochapari daryosi vodiysida hajmi 2500 ming m
3
hajmdagi 
ko'chki bo'lganligi qayd qilingan), yo'lida uchragan bar qanday narsani 
voyron qilib yuboradi. 
Ularga qarshi kurashda ular yo'liga to'siqlar qo'yishdan tashqari 
qorning ko'chki hosil qiluvchi cho'qqilarda ko'payib ketmasligini 
ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak. Bunga o't 
ochar qurollar, masalan, to'plar yordamida sun'iy ko'chkilar hosil qilish 
yo'li bilan ko'chkini oldi olinadi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling