Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


XVI. 8. Radiatsiyaga xavfli obyektlar


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

XVI. 8. Radiatsiyaga xavfli obyektlar 
Xalq xo'jaligida radioaktiv moddalardan foydalanib, faoliyat 
ko'rsatadigan obyektlar radiatsiyaga xavfli obyektlar deb yuritiladi. 
Hozirgi vaqtda deyarli dunyoning 30 mamlakatida 450 ga yaqin elektr 
ishlab chiqarish bloklari ishlab turibdi. Bular ishlab chiqaradigan elektr 
energiyasining umumiy miqdori 350 GVt ni tashkil qiladi. Shundan 46 tasi 
MHD da ishlatiladi va uning umumiy quwati 30 MVt ni tashkil qiladi. 
Dunyoning hamma davlatlarida ishlab chiqariladigan elektr energiyasining 
20% va Yevropada ishlab chiqiladigani esa 35% tashkil qiladi. 
27-jadval 
Qayerda, 
yili
Sababi
Aktivligi 
Mkm 
Oqibat
1957-yil,
Janubiy 
Ural
Yadroviy 
chiqindilar 
saqlash joyida 
portlash 
20,0 
235 ming km
2
maydon 
zararlangan 
1957-yil, 
Tayyorlash 
0,03 
Radioaktiv bulutlar 


333 
Angliya, 
Uindskeyl
vaqtida grafit 
yonib ketgan 
va tvellar 
zararlangan 
Norvegiya hududi va 
Vena shaharigacha 
1945-
1989-
yillar 
1820 yadro 
bombasi 
portlatilgan, 
shundan 483 
tasi 
atmosferada
40,0 
miqdorda 
Cs
137
va 
Sr
90
Atmosfera qattiq 
zararlangan va bulut 
yo’li bo’ylab zarar 
yetkazilgan 
1979-yil, 
AQSH 
Issiqlik 
o’kazgichning 
saqlovchi 
membranasini
ng uzilib 
ketishi 
0,043 
22,7 ming tonna 
zararlangan suv chiqib 
ketgan, 10% 
radioaktiv modda 
atmosferaga chiqib 
ketgan
1986-yil, 
sobiq 
SSSR,
Chernobl 
To’rtinchi 
blokda 
portlash va 
yong’in
50 
Oldingi avariyalar 
bilan umuman 
solishtirib bo’lmaydi 
Energetikada atom energiyasidan foydalanish boshlangan 1954-
yildan beri dunyodagi hamma elektr stansiyalarida 300 dan ortiqroq 
avariya qayd etilgan. Bu albatta SSSR dan tashqari, chunki SSSR da 
ChAES dan boshqa atom elektr stansiyalarida bo'lgan avaryalar e'lon 
qilinmagan. 30-jadvalda avariya natijasida chiqarib yuborilgan aholiga 
zarar yetkazishi mumkin bo'lgan ba'zi bir radioaktiv moddalar miqdori 
keltirilgan. 
Radiatsiya xavfi atom elektr stansiyalari xavfidan tashqarida ham 
mavjud, masalan, radioaktiv moddalar, ya'ni uranni qazib olish uni 
rudasini boyitish, ishlatish uchun jo'natish va saqlashda ham radiatsiya 
xavfi mavjud bo'ladi. Bundan tashqari dunyo miqyosida radioaktiv 
chiqindilarni yo'qotish va uni ko'mish masalalari ham hozircha 
muammoligicha 
qolmoqda. 
Shuningdek, 
sanoat 
va 
fan-texnika 
sohalarining izotoplar bilan ishlaydigan sohalar ham, jumladan, izotop 
diagnostika ishlari, kasallarni rentgen nurlari yordamida aniqlash, 
rnahsulotlar sifatini rentgen yordamida baholash va boshqalar. 
Radioaktiv avariyalar masshtabi bo'yicha uchta tipga bo'linadi: 
— chegaralangan avariya-radiatsiya oqibati va shu avariya sodir 


334 
bo'lgan bino bilan chegaralanadi; 
— mahalliy avariya-radiatsiya ta'siri bino va bu bino joylashgan 
sanoat korxonasi hududi bilan chegaralanadi; 
— umumiy avariya-radiatsiya ta'siri korxona hududidan 
tashqarilarga ham ta'sir ko'rsatadi. 
Radiatsiya avariyalarining asosiy zararlovchi omillari: 
— tashqi nurlanish ta'siri (gamma va rentgen nurlari; beta va gamma 
nurlari; gamma-neytron nurlari va boshqalar); 
— ichki nurlanish odam organizmiga tushib qolgan radionuklidlar 
(alfa va beta nurlanishlar); 
— radiatsiya va radiatsiya bo'lmagan omillarning qo'shma ta'siri 
(mexanik shikastlanish, issiqlik ta'siri, kimyoviy kuyish, intoksikatsiya va 
boshqalar). 
Avariya yuz bergandan keyin radioaktiv zararlangan zonada odam 
uchun eng zararli omil tashqi nurlanish hisoblanadi. 
Radionuklidlarning ichki organizmlarga o'tishi, o’z vaqtida va 
qoidaga muvofiq nafas olish organlarini muhofazasi ta'minlangan holatda 
deyarli bo'lmaydi. Ichki nurlanish radionuklidlarning oziq ovqatlar va suv 
bilan birga kirgandan keyingina rivojlanadi. Avariya bo'lgandan keyingi 
birinchi kunlarda yodning radioaktiv izotoplari xavfli hisoblanadi, qaysiki 
odamning muhofazalash bezlarida yig'ila boshlaydi, birinchi navbatda sut 
bezlarida yig'iladiki, bu ayniqsa, bolalar uchun katta xavf tug'diradi. 
Avariyadan ikki-uch oy o'tgandan keyin ichki nurlanishning asosiy 
agenti
- bu radioaktiv seziy hisoblanadi, qaysiki, albatta, oziq-ovqat bilan 
birga organizmga kirib qoladi. Shuningdek, inson organizmiga, agar atrof-
muhit zararlanishini uncha katta bo'lmagan masshtabda bo'lsa, boshqa 
radioaktiv moddalarning (masalan, stronsiy, plutoniy) tushib qolishi ham 
mumkin. 
Radioaktiv moddalarning inson organizmida yig'ilish taqsimoti 
quyidagicha tavsiflanadi: 
— kalsiy, stronsiy, radiy va plutoniy skletlarda to'planadi;
— seriy, lantan, plutoniy va boshqalar jigarda yig'iladi; 
— tretiy, uglerod, inert gazlar, seziy va boshqalar butun tana
bo'ylab tekis taqsimlanadi; 
— radioaktiv yod asosan muhofaza bezlarini tanlaydi (30% 
atrofida), bunda uning aktivligi boshqa organlar aktivligidan 100— 200 
marta katta bo'ladi. 
Ionlovchi nurlanishlarni chegaralashda uning asosiy parametrlari 
ekspozitsiya, yutilgan va ekvivalent miqdorlardan foydalaniladi. 


335 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling