Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

 XVII.2. Yonish turlari 


339 
Yonish jarayonini shartli ravishda quyidagi turlarga bo'lish mumkin: 
1) Chaqnash-yonuvchi aralashmaning bir lahzada yonib-o'chishi. 
Bunda yonishning davom etishi uchun aralashma tayyor-lanishining 
imkoniyati yo'q. 
2) Qizdirish natijasida yonishning vujudga kelishi. 
3) Alangalanish-yonishning alanga olib davom etishi. 
4) O'z-o'zidan yonish-moddalar ichida asosan organik mod-dalarda 
ro'y beradigan ekzotermik reaksiyalar natijasida, tashqaridan qizdirishsiz 
yonuvchi aralashmaning o'z-o'zidan yonib ketishi. 
5) O'z-o'zidan alangalanish o'z-o'zidan yonishning alanga bi-lan 
davom etishi. 
6) Portlash-o'ta tez yonish kimyoviy jarayonining bosim va energiya 
hosil qilish bilan o'tishi. 
Yonuvchi modda ma'lum haroratlarda o'zidan yonuvchi bug'lar 
ajratib chiqarishi natijasida alangalanish ta'minlansa, bu harorat 
alangalanish harorati deb yuritiladi. 
Ba'zi bir, asosan organik moddalar (torf, qipiq paxta, ko'mir 
mahsulotlari, qora mollarning chiqindilari) o'z-o'zidan yonib ketish 
xususiyatiga ega. Chunk ular g'ovak asosga ega, oksidlanishi mumkin 
bo'lgan yuzasi juda katta bo'lganligidan, bu moddalar ochiq joylarda 
ma'lum miqdorda tushib qolsa, ob-havo sharoiti ta'sirida qizib yonib 
ketadi. 
Buning asosiy sababi organik moddalar namlanganda uning ichki 
qismida mikroorganizmlar rivojlanadi va ularning rivojlanishi natijasida 
issiqlik ajralib chiqadi, bu hodisani organik moddalarning o'z-o'zidan 
qizish jarayoni deb ataladi. 
Bunday hodisalar ba'zi bir kimyoviy moddalarda ham bo'lishi 
mumkin. Masalan, ishqoriy yer metallar, kalsiy karbid, so'ndirilmagan 
ohak uncha ko'p bo'lmagan suv ta'siridan qizib alangalanib ketishi 
mumkin. Bunday hodisalar ko'pincha yong'in chiqishiga bevosita sababchi 
bo'ladi. 
Yonish jarayoni yonuvchi modda molekulalarining kislorod 
molekulari bilan birikish hodisasi hisoblanadi. 
Yonish jarayonini akdemik N.N.Semyonov zanjirli reaksiya 
nazariyasi asosida tushuntiradi. Oksidlanish reaksiyasi odatda is-siqlik 
ajralish bilan boradi va bu hodisa ma'lum sharoitda tezlashib ketishi 
mumkin. Oksidlanishning mana shu tezlanish davri yon-ishga o'tgan 
davriga to'g'ri kelib, bun o'z-o'zidan alangalanish hodisasi deb yuritamiz. 
O'z-o'zidan alangalanish issiqlik ta'sirida yoki zanjir tartibda yuz berishi 


340 
mumkin. 
O'z-o'zidan yonish issiqlik ta'sirida bo'lganda reaksiya natijasida 
ajralib chiqayotgan issiqlik tashqi muhitga tarqalayotgan is-siqlikdan katta 
bo'lgan taqdirdagina vujudga keladi. Zanjir tartibi esa molekulalar zanjiri 
uzluksiz davom etishi va zanjirning tarmoq-lari keskin ortib ketishi 
natijasida sodir bo'ladi. 
O'z-o’zidan yonib ketishning issiqlik ta'sirida ro'y berish holatini 
ko'rib chiqamiz. 
Faraz qilaylik idishda V hajmida yonuvchi gaz yoki bug'lanib 
yonuvchi gaz holatidagi kelgan suyuqlik havo bilan biiga tuldirilgan 
bo'lsin. Shu xonadagi harorat va atmosfera bosimida havo bilan 
to'ldirilgan yonuvchi gaz yoki bug'langan suyuqlik o'rtasida hech qanday 
reaksiya bo'lmaydi. Ma'lumki reaksiya jarayoni faqatgina harorat 
ko'tarilishi bilan ro'yobga chiqadi. Agar biz idish haroratini asta-sekin 
ko'tara borsak, ya'ni idishni qizdirsak unda aralashma harorati ham 
ko'tarila boradi, bu bilan reaksiya tezligi ham ortabo-radi va o'z navbatida 
reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan issiqlik ham orta boradi. 
Berilayotgan issiqlikka nisbatan ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori 
quyidagi formula asosida bo'ladi: 
Q
1
=QVKC
V
e
E/(RT) 
bu yerda, q
1
— issiqlik ajralish tezligi: Q-gaz yonganda ajraladigan 
issiqlik; V— yonuvchi aralashmaning hajmi; K— reaksiya tezligi kons-
lantasi; S— reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasi; v— 
reaksiya tartibi; E— aktivatsiya energiyasi; R— gazning universal 
o'zgarmas miqdori: T— aralashma harorati. 
Kimyoviy reaksiya tezligi sifatida ma'lum hajmdagi moddaning 
birikish miqdori qabul qilingan. Aktivatsiya energiyasi molekulalar 
o'rtasidagi bog'lanishni o'zgartirishga sarflanishi zarur bo'lgan energiya 
miqdoridir. Kimyoviy birikish eski moddadagi molekulalar tizimidagi 
asoslar o'rtasidagi bog'lanishni buzib, yangi molekulalar bog'lanishdagi 
tizimni vujudga keltiradi. 
Shuning uchun ham moddaning bir turdan ikkinchi turga aylanishini 
ta'minlovchi reaksiya uchun eski atomlar orasidagi bog'lanishni buzishga 
ma'lum miqdorda aktivatsiya energiyasi sarflanadi. Shuning uchun ham 
reaksiyaga kirishga sarflanishi kerak bo'lgan energiya miqdori ma'lum 
miqdorda yig'ilgandagina paydo boladi. Bu energiya asosan atom va 
molekulalar o'rtasidagi bog'lanishlami uzish yoki susaytirish uchun 


341 
sarflanadi. Molekulalanli uzilish holatiga olib keladigan energiya miqdori 
aktivatsiya energiyasi deb yuritiladi. 
Reaksiya 
natijasida 
ajralib 
chiqayotgan 
issiqlik 
yonuvchi 
aralashmaning qizishiga olib keladi. Aralashmaning harorati idish 
devorlari haroratidan ko'payib ketsa, unda ajralayotgan issiqlik atrof-
muhitga tarqala boshlaydi. Ma'lum vaqt birligida idish devorlari orqali 
tarqalayotgan issiqlik miqdori, idish devori va aralashma harorati 
orasidagi ayirmaga to'g'ri proporsional bo'ladi, ya'ni: 
q
2


S (T
1
- To), 
bunda, q
2
— idish devori orqali tarqalayotgan issiqlik tezligi; 

— 
issiq tarqatish koeffitsiyenti; S—idish devorlari yuzasi; T
1
- aralashma 
harorati; To—idish devori harorati. 74-rasmda yuqorida keltirilgan 
formulaning grafik ko'rinishi aks ettirilgan. 
74-rasm. O’z-o'zidan yonishni ifodalovchi chizma. 
R
1
— egri chiziq sistemalari reaksiyaga kirishayotgan gazlar 
aralashmasining boshlang'ich konsentratsiyasiga bog'liq bo'lgan kimyoviy 
reaksiyalarning har xil tezliklariga mos keladi. Reaksiya egri chiziq 
bo'ylab borganda o'z-o'zidan alangalanish bo'lmaydi. Bu holat moddaning 
bir maromda oksidlanish jarayoniga mos keladi. Agar reaksiya egri chiziq 
asosida bo'lsa, bunda issiqlik ajralishi tarqalayotgan issiqlikka nisbatan 
hamma vaqt ko'p bo'ladi. Bu holatda aralashmaning issiqligi ko'tarila 
boradi va natijada o'z-o'zidan alangalanish boshlanadi. 
Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning ajralayotgan issiqligi bi-lan 
tarqatayotgan issiqligi orasidagi mutanosiblik qizdirish egri chizigi bo'ylab 
borganda kuzatiladi. Bunda qizdirilishning va issiqlik tarqatishning 


342 
tenglashgan holati V nuqtaga to'g'ri keladi. Ammo bu tenglashish turg'un 
holat emas. Bu holatda uncha katta bo'lmagan qizdirish ham moddalardan 
ko'plab issiqlik ajralishini ta'minlash va o'z-o'zidan alangalanishga olib 
kelishi oson. Demak, bu ikki chiziqning kesishgan nuqtasi V ni issiqlik 
ajralishi va tarqa-lishi tenglashgan holat deb qarash mumkin. Mana shu 
tenglashgan holatdagi haroratni o'z-o'zidan alangalanish harorati deb 
yuritiladi. 
Har xil moddalar uchun o'z-o'zidan alangalanish harorati har xil 
bo'ladi va ba'zan keskin farq qiladi. Masalan, A-72 benzinining o'z- 
o'zidan alangalarini harorati 255 °C ga, qayin yog'ochiniki-400 °C, 
linoleumniki-411 °C ga teng. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling