Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

Zanjirsimon 
o'z-o'zidan 
alangalanish. 
Tabiatda 
shunday 
aralashmalar uchraydiki, ularning haroratini oshirmagan holda kimyoviy 
jarayonlar ro'y berishi va bu jarayonlar o'z-o'zidan tezla-shishi (albatta 
uncha ko'p bo'lmagan birlamchi issiqlik hisobiga) va o'z-o'zidan 
alangalanish hodisasini vujudga keltirishi mumkin. 
Bunday hodisalarni zanjirli kimyoviy jarayonlar deb yuritiladi. Bu 
hodisaga asosiy sabab aralashma holidagi yonuvchi moddalarda, ma'lum 
sharoit taqozosi bilan, harorat o'zgarmagan holda, bir yoki bir necha 
markazda moddaning aktiv atomlari hosil bo'ladi va bu atomlar modda 
tarkibidagi molekulalar bilan aktiv reaksiyaga kirishadi, buning natijasida 
yonuvchi modda molekulalari parchalanadi hamda parchalangan 
molekulalar yangi aktiv markazlar hosil qiladi. 
Agar zanjirsimon reaksiyaning markazi bitta bolsa, unda zanjir 
reaksiyasi sust kechadi. Bu tarmoqlanmagan zanjir reaksiyasi deb ataladi. 
Agar markaz bir necha bo'lsa, bunda reaksiya keskin ku-chayadi, o'z-
oczidan alangalanish jarayoniga olib keluvchi bu reaksiya tarmoqlangan 
zanjir reaksiyasi deb yuritiladi. 
Buni xlor bilan vodorod molekulalarining o'zaro birikishi misolida 
tushuntirish mumkin. Xlor molekulalari yorug'lik ta'sirida Cl
2

2Cl Atom 
holidagi xlor vodorod bilan yengil birikadi H
2
+2Cl=2HCl+H Atom 
holidagi vodorod Cl
2
, ni yana prachalaydi H+Cl2=HCl+Cl. Bularni o'zaro 
qo’shsak CI+H
2
+CI
2
=CI+2HC1 hosil bo'ladi 
Bundan ko'rinib turibdiki, zanjirsimon reaksiya markazlari tu-
gamaydi va davom etaveradi. Zanjirsimon reaksiyaning o'z-o'zidan 
alangalanishga olib keluvchi xususiyati harorat ko'tarilganda tezlashadi. 
XVII.3. Gazsimon moddalarning yonish va portlash 
xususiyatlari 


343 
Har qanday gazsimon modda, umuman yonuvchi gazlar va 
bug'larning yong'inga hamda portlashga xavfliligi ularning alangalanish 
chegaralari, yonish harorati va alanganing normal tarqalish tezligi bilan 
belgilanadi. 
Gazning havo bilan aralashib yonishi aralashma hosil bo'lgandagina 
vujudga keladi. Shuning uchun ham aralashmalar-ning alangalanish 
chegaralari quyi va yuqori chegaralar sifatida belgilanadi. Bunda quyi 
chegara deb gazning minimal miqdor alanga hosil qilgan holati tushuniladi 
va mana shu chegara sanoat korxonasining yong'inga va portlashga 
xavflilik toifasini belgilovchi omil hisoblanadi. 
Havoning gaz bilan aralashmasi, yonish uchun yetarli miqdorda 
yiqilgan bo'lsa, u ma'lum haroratgacha qizdinlganda alangalanib ketadi, 
mana shu harorat yonish harorati deb ataladi.Bu harorat yonuvchi 
aralashma holati va boshqa omillar ta'silida juda katta diapazonni tashkil 
qilishi mumkin (450— >2000 °C). 
Yonuvchi aralashma yonayotgan vaqtida alangani tarqalish tezligi 
aniqlanadi. Bunda yonayotgan zonaga o'tish tezligi ma'lum yuzadagi 
yonuvchi aralashma ma'lum vaqt birligida yonib, tutash zonaga o'tishi 
belgilanadi. 
Ko'pgina gazlarning aralashmalarining yonish tezligi ular ara-
lashmalarining miqdoriga va gazning xususiyatiga bog'liq bo'ladi. 
Gazlarning yonish tezligi asosan 0,3—0.8 m/s ni tashkil qiladi. 
Bundan vodorod bilan asetilen gazi mustasno bo'lib, ularning yonish 
tezligi 2,76 va 1,56 m/s dan iborat. 
Alanganing normal tarqalish tezligi gazlardagi fizika-kimyoviy 
xususiyat bo'lib, ma'lum o'zgarmas miqdor sifatida belgilanadi, chunki bu 
tezlikning nihoyatda ortib ketishi portlashni belgilovchi omil hisoblanadi. 
Yonishning tez kechishi portlash deyiladi. Yonish qancha qisqa muddatda 
amalga oshsa, poitlash kuchi shuncha katta bo'ladi. 
Suyuqliklarda yonish faqat uning gazsimon (ya'ni bug'ga aylangan) 
fazasida bo'ladi. Byg'ga aylanish jarayoni va tezligi suyuqlikning fizik va 
kimyoviy xususiyatlariga bog'liq. Shuningdek, bunga aylanish jarayoni 
tashqi muhit haroratiga ham bog'liq bo'ladi. 
Ma'lum harorat va bosimdagi suyuqlik bug'i hosil bo'ladi. Shu bug' 
miqdori harorat ofczgarmagan holatda ortib yoki kamayib ket-maydi. Bu 
miqdordagi bug'ni to'yingan bug' deb ataladi. To'yingan bug'lardan bug'ga 
aylanayotgan molekulalar soni, suyuqlikka ay-lanayotgan molekulalar 
soniga teng bo'lganligidan, uning miqdori havo muhitida bir xil saqlanib 


344 
turadi. Bunday holatdagi suyuq-likning havo muhitiga nisbatan zichligi 
miqdoriy bosim deb yuriti-ladi. Ya'ni agar havo tarkibidagi to'yingan bug' 
miqdori 20 foizni tashkil etsa, unda bu aralashmaning miqdoriy bosimi 
0,20 P deb qabul qilinadi. Bunda P
0
-atmosfera bosimidir. 
Agar to'yingan bug'ning miqdoriy bosimi ma'lum bo'lsa, ana shu 
haroratdagi havo muhitida bo'lgan zichligini aniqlash mumkin. 
C
k
=
P
P
k
0
100%. 
bunda, P
k
— to'yingan par bosimi; P
0
— atmosfera bosimi. 
Odatda to'yingan bug'ning bosimi ma'lum haroratlar bo'yicha 'har xil 
suyuqliklar uchun ma'lumotnomalarda beriladi. 
Havo muhitida bug'larning, shuningdek, gazlarning yonishi, ma'lum 
diapazon zichlikdagina ro'y berishi mumkin. 
Havodagi yonuvchi bug' va gazning miqdori, umuman to'yingan 
holatdagi miqdordan ko'p bo'lishi mumkin emas, shu-ning uchun bu 
moddaning yonish chegarasini faqat harorat bilangina belgilash mumkin 
va bu miqdor yonuvchi modda alan-galanishining yuqori chegarasi deb 
yuritiladi. Ammo suyuqlik va gazlarning havo muhitidagi zichligi to'yinish 
nuqtasidan past bo'lgan hollarda ham ma'lum haroratda alangalanish 
hodisasi ro'y berishi mumkin. Shuning uchun ham har xil yonuvchi 
moddalar uchun zichlikning alangalanish chegarasini yonuvchi modda 
minimal miqdorda bo'lgan holat uchun ham alangalanish harorati 
aniqlanadi va bu miqdor modda alangalanishining quyi chegarasi deb 
yuritiladi. Demak, har qanday yonuvchi suyuqlikning yonish jarayoni 
bo'lishi uchun suyuqlik ma'lum haroratgacha qizdirilishi (bu harorat, 
albatta, alangalanishning quyi chegarasidan kam bo'lmasligi kerak) va bu 
vaqtda suyuqlikdan ajralib chiqayotgan bug'lar miqdori alangani davom 
ettira oladigan miqdorda bo'lishi kerak. Suyuqliklarning ana shu 
xususiyatlari asosida suyuqliklar uchun chaqnash va alangalanish 
tushunchalari kiritiladi. 
Uncha katta bo'lmagan haroratdagi suyuqlik yuzasida suyuqlik
bug'larining havo bilan aralashmasi hosil bo'ladi va bu aralashmaga 
tashqaridan uchqun berilsa, yonib ketadi. Bu chaqnash harorati deb 
aytiladi. Bunda muqim yonish jarayoni davom etmasligi mumkin. Agar 
yonib ketgan suyuqlik bug'larining ajratgan issiqligi suyuqlikning yonish 
uchun ajralishi kerak bo'lgan bug' miqdori uchun yetarli bo'lsa, yonish 
davom etadi, aksincha, o'chib qoladi. 
Mana shu xoccara asoslangan holda suyuqliklar ikki turkumga 
bo'linadi: 


345 
1) Agar suyuqlikning chaqnash harorati 61 °C ga teng yoki ki-chik 
bo'lsa, bunday suyuqliklar yengil alangalanuvchi suyuqliklar (HAS) deb 
ataladi. Ularga spirtlar, aseton, benzin va boshqa suyuqliklar kiradi. 2) 
Agar suyuqlikning chaqnash harorati 61 °C dan katta bo'lsa, bunday 
suyuqliklar yonuvchi suyuqliklar (YoS) deb ataladi. Ularga yog'lar, 
mazut, glitserin va boshqalar kiradi. 
Alangalanish harorati deb suyuqlikning minimal haroratdagi 
chaqnash hodisasi suyuqlikdan yetarli darajada bug'lar ajralib 
chiqishini ta'minlashi natijasida alangalanish davom etadigan holatiga 
aytiladi. Yengil alangalanuvchi suyuqliklar uchun bu harorat V chaqnash 
haroratidan 1—5 °C yuqoriroq bo'ladi, yonuvchi suyuqliklar uchun esa 
30-35 °C ga borishi mumkin. 
Gazlar va suyuqlik bug'larining havo bilan aralashmasi portlash 
xususiyatiga ega. Portlash ma'lum sharoit bo'lganda amalga oshadi. Ya'ni 
portlash bo'lishi uchun aralashmadagi yonuvchi gaz yoki bug'ning 
miqdori, aniq foiz miqdorni tashkil qilishi kerak. Buni 75-rasmda 
ko'rsatilgan chizma bilan ifodalash mumkin. Chizma-dan ko'rinib 
turibdiki, agar portlovchi modda miqdori A ga yetsa, portlash boshlanadi 
va V gacha davom etadi. Eng kuchli portlash modda miqdori S ga 
yetganda sodir bo'ladi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, portlash berk xona 
yoki idishda yuz beradi. 
75-rasm. Portlash mohiyatini tushintirish chizmasi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling