Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

Tektonik zilzilalar. (yer ostidagi yuqorida aytib o'tilgan jarayonlar 
yer qobig'iga ta'sir ko'rsatishi natijasida yer yuzasida siljishlar vujudga 
kelganligi sababli shunday nomlanadi). Bu ziizilalarmng asosiy
ko'rsatkichlari sifatida uning kuchi va xarakteristikasini
belgilovchi belgilari-uning magnitudasi, zilzila o'chog'i chuqurligi va 
yer yuzasiga fta'sir qiluvchi energiya intensivligi hisoblanadi. 
Magnituda-Rixter shkalasida energiyaga proporsional bo'lgan 0 dan 
8,5 balgacha bo'lgan birliklarda berilsa, 0 dan 12 balgacha berilsa, bu 
oddiy bizda foydalanadigan shkalalarda belgilanib, har bitta o'sib boruvchi 


295 
raqam tebranish energiyasini 100 karra o'sganligini bildiradi. Rixter 
shkalasi bo'yicha 8,5 va oddiy shkalada 12 ball eng og'ir oqibatlarga olib 
keladigan zilzilalar hisoblanadi. 
Zilzila o'chog'i chuqurligi-bu har bir zilzilaga xavfli bo’lgan 
rayonlarda har xil bo'lib 0 dan 700 km gacha chuqurliklarda bo'lishi 
mumkin. Seysmik rayonlar uchun o'zining ma'lum chuqurliklari mavjud 
bolib, agar uning chuqurligi katta bo'lsa, zilzilaning ta'sir radiusi ancha 
katta maydonlarga tarqalishi mumkin. 
Energiya tig'izligi, ya'ni kuchi o'n ikki balli shkala bo'yicha 
belgilanadigan yer yuzasidagi yer silkinish kuchi hisoblanib, u 
quyidagicha e'tirof etiladi: sezilar-sezilmas, juda kuchsiz, kuchsiz, 
sezilarli, ancha kuchli, kuchli, juda kuchli, buzib yuboruvchi, vayron 
qiluvchi, kuchli vayronalikka olib keluvchi, falokatli va kuchli falokatli. 
Zilzilani keltirib chiqarishga sababchi bo'lgan yer ostidagi zilzila 
o'chog'i -gipomarkaz (gipo-chuqurlik)dir. Shu yerning yer yuzasi 
epimarkaz (epi-yuza) deb atalib, bu zilzilaning eng kuchli ta'sir yer 
silkinadigan yuza bo'ladi. Keyingi yer yuzasi bo'ylab tarqalish elastik yoki 
seysmik to'lqinlar tarzida yerning qattiq qobigci bo'ylab tarqala boshlaydi 
(yer ostida yadro portlatilganda ham xuddi shunday hodisa bo'ladi). 
Har yili yer yuzasida umumiy 100 ming yer silkinishlari kuzatiladi 
(bu bir sutkada 300 silkinish demakdir), ammo bularning hammasi ham 
xavfli emas. Shundan taxminan yiliga 10 mingini odamlar sezadi. Yiliga 
taxminan 100 ga yaqin zilzilalar fojiali oqibatlarga olib keladi. Bunda bir 
necha sekund ichida butun boshli shahar-qishloqlar vayron bo'lishi yoki 
okean yaqinida joylashgan mamlakatlar suv ostida qolishi tog’ 
cho'qqilarining buzilib ketishi natijasida u yerda eriyotgan qor suvlarining 
yo'li to'silishi natijasida tog'ning qa'rida ko'llar paydo bo'lishi va 
shuningdek, zilzilalar ta'sirida okeanlar tubidan yangi orollar hosil bo'lishi, 
tog'larning ma'lum masofaga siljib ketishi va yer qimirlashi ta'sirida 
yerning yorilishi natijasida bir necha o’n va hattoki, yuz metr va undan 
ham chuqurroq jarlarning hosil bo'lishi zilzilalarning oqibati hisoblanadi. 
Shaharlarda elektr va gaz tarmoqlarining ishdan chiqishi natijasida 
uzilgan gaz quvurlaridan chiqib ketgan gazlar ko'plab yong'inlar 
chiqishiga sababchi bo'ladi. Avtomobil va temir yo'llar ishdan chiqadi. 
Tog'li o'lkalarda tog'larning o'pirilib ketishi yollarning berkilib qolishiga 
olib keladi, aloqa tarmoqlari ishdan chiqadi. Zilzila. bo'lgan joy boshqa 
hududlardan uzilib qoladi; bu esa u yerdagi omon qolganlarni katta ruhiy 
tushkunlikka olib keladi. 
Kuchli halokatli zilzilalarda 1024-1025 erg energiya ajraladi va bu 


296 
energiya yer yuzida portlatilgan megaton yadro zaryadi portlashidan bir 
necha marta katta vayronagarchiliklarga sababchi bo'ladi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling