Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


XV. 3. Sanoat korxonasi hududi


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

XV. 3. Sanoat korxonasi hududi 
 
Sanoat korxonasi hududi faqatgina ishlab chiqarish talablariga javob 
berib qolmasdan, balki sanitar-gigiena me'yorlariga ham javob berishi 
kerak. U tekis, yaxshi yoritilgan, yetarli miqdordagi o'tish yo'llari va 
yo'laklari bilan ta'minlangan bo'lishi shart. Har xil chuqurlar, texnik 
maqsadlarda qoldirilgan xandaqlar, hovuzlar mustahkam qopqoqlar bilan 
ta'minlanishi va muhofaza vositalari bilan o'rab qo'yilishi shart. Agar 
muhofaza qopqoqlari bilan berkitish imkoniyati bo'lmasa, uni odam 
o'taolmaydigan to'siq bilan to'sib qo'yiladi. 
Transport vositalari harakatlanadigan yo'llar va odamlar o'tish 
yo'llari, albatta to'g'ri transport vositalari va odamlarning bemalol o'tishini 


278 
ta'minlashi, qarama-qarshi tomonga yo'nalish mumkinligini hisobga olishi, 
odamlarning o'tish soniga qarab yetarlicha keng bo'lishi, transport 
vositalarining serqatnovligi belgilanishi, ularda olib o'tilayotgan 
yuklarning erkin o'tishi ta'minlanadi. 
Yo'llar asosan mustahkam qatlam bilan qoplangan bolishi kerak. 
Odamlar o'tadigan yo'llar to'xtovsiz harakatlanadigan temir yo'llar bilan 
to'qnash kelsa, unda temir yo'l ustiga maxsus ko'priklar qurish, yoki yer 
osti yo'llari tashkil qilish tavsiya etiladi. 
Sanoat korxonasi hududida joylashtiriladigan binolar ishlab 
chiqariladigan mahsulot bilan uzviy bog'langan bo'ladi. Katta hajmdagi 
mahsulot ishlab chiqariladigan sanoat korxonalari binosida oxirgi 
olinadigan mahsulot iloji boricha jo'natish oson bolgan yerga moslanadi. 
Agar sanoat korxonasida katta miqdoda chang, zaharli moddalar 
chiqadigan 
uchastkalar 
bo'lsa, 
ularni 
iloji 
boricha 
chetroqqa 
joylashtirishga va ular, albatta, shamol yo'nalishida joylashtiriladi. 
Ba'zi bir shovqinli sexlarni ham iloji boricha boshqa sanoat 
binolaridan olisroqqa joylashtiriladi. Hosil bo'lgan oraliqlarga har xil 
daraxtlar va gullar ekib obodonlashtirish, ishchilar tanaffus vaqtlarida dam 
oladigan, hordiq chiqaradigan joylar tashkil qilish mumkin. 
Sanoat korxonasi hududida joylashgan har qanday sanoat binolari va 
yordamchi binolar, albatta kanalizatsiya bilan te'minlanishi kerak. 
Kanalizatsiya bilan to'plangan va ifloslangan sanoat chiqindi suvlarini 
mavjud suv havzalariga tashlab yuborish taqiqlanadi. Sunday chiqindi 
suvlar, albatta maxsus hovuzlarda yig'ilishi, mavjud texnik va biologik 
vositalar bilan tozalanishi hamda texnik zaruratlar uchun ishlatili-shini 
hisobga olib, sanoat korxonasiga qaytarilishi kerak. 
Sanoat korxonasini suv bilan ta'minlaganda va tozalangan 
kanalizatsiya suvlarini ishlatishda, suv sifatini belgilovchi COST larga 
amal qilinadi. Agar tozalangan kanalizatsiya suvlari ochiq suv 
manbalariga tashlab yuboriladigan bofclsa, ularning sifati sanitariya 
me'yor va qoidalariga to'liq javob berishi kerak. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling