Исследование в XXI веке май, 2023 658 xonjiza kon boyitish fabrikasidagi metallarni boyitishda flotatsiyon
Download 40.3 Kb. Pdf ko'rish
|
Ermatov I.T
Международный научный журнал № 10 (100), часть 2 «Новости образования: исследование в XXI веке» май, 2023 658 XONJIZA KON BOYITISH FABRIKASIDAGI METALLARNI BOYITISHDA FLOTATSIYON BOYITISH USULI Ermatov I.T Eshqurbonov F.B Ermatov Sh.Q Termiz muhandislik-texnologiya instetuti magistranti, Termiz muhandislik-texnologiya instetuti Kimyo fanlari doktori, professor, Termiz muhandislik-texnologiya instetuti o‘qituvchisi KIRISH Respublikamiz iqtisodiyotini yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarishda konchilik sanoatining ahamiyati katta. Malumki, qazib olinadigan rudalar tarkibida qimmatbaho komponentning miqdori oz bo‘ladi. Bunday rudalardan metallarni tog‘ridan to‘g‘ri ajratib olish iqtisodiy jihatdan ham, texnik jihatdan ham o‘zini oqlamaydi. Shuning uchun aksariyat hollarda ruda qazib olingandan keyin avval boyitiladi, yani undagi qimmatbaho komponentning miqdori oshiriladi va boyitma holidagi mahsulot metallurgiya zavodlariga metall ajratib olish uchun jo‘natiladi. Rudalarni boyitish natijasida quyidagi afzalliklarga erishiladi: kambag‘al rudalarni qayta ishlash imkoniyati tug‘ilgani tufayli foydali qazilmalarning zaxiralari ortadi. Mahsulotlardagi metallning miqdori ortishi bilan metallurgiya zavodlarining ishlab chiqarish unumdorligi ortadi, elektr energiyasi, yonilg‘i, kimyoviy reagentlar sarfi kamayadi, foydali qazilmani kompleks ishlatish imkoniyati yaratiladi. Shuning uchun foydali qazilmalarni boyitish sanoatning muhim tarmog‘i hisoblanadi [1]. Foydali qazilmalarni flotatsiyalash jarayonida turli-tuman texnologik sxemalar qo‘llaniladi. Flotatsion sxemani tanlash boyitilayotgan mahulotning flotatsion xossasiga, boyitmaning sifatiga qo‘yilayotgan talabga va bir qator texnik-iqtisodiy omillarga bog‘liq. Ko‘p hollarda bitta flotatsiya operatsiyasi natijasida oxirgi boyitma va tashlab yuboriladigan chiqindi olishga erishilmaydi. Foydali mineralning xossasi va undagi mineral zarrachalarning o‘lchamiga qarab bir yoki ko‘p bosqichli flotatsion sxemalar ishlatiladi. Flotatsiya sikli deb, qaytadan flotatsiyalanmaydigan bir yoki bir nechta tayyor mahsulotlar olinadigan flotatsiya operatsiyalarining guruhiga aytiladi [2]. Qimmatbaho komponentlarning ajralish ketma- ketligiga qarab, polimetal rudalarni boyitishda kollektiv, selektiv va kollektiv-selektiv flotatsiya sxemalari mavjuddir. Agar oxirgi boyitmaga bira-to‘la bir nechta mineral (masalan, mis va nikel sulfidlari, mis-molibden, qo‘rg‘oshin-ruх) ajralsa, bunday flotatsiya kollektiv flotatsiya deyiladi. Agar rudadan qimmatbaho komponentlar ketma-ket ajratib olinsa, bunday flotatsiya selektiv flotatsiya deyiladi [3]. Download 40.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling