MAHSULOT SIFATINI VA MAHSULOT TEXNOLOGIК SXEMAGA TASIRI
Reja:
Texnologik sxemalarni tanlashdagi asosiy shartlar.
Texnologik sxemalar.
Xom ashyo hisobi.
Tizimning ishlash grafigi.
Texnologik sxemani tanlash
Loyihaning texnologik qismi – texnik-iqtisodiy asoslash qismi tayyorlanadigan mahsulotning assortimenti aniqlangandan keyin ishlab chiqiladi. Birinchi navbatda bitta mahsulotni tayyorlash uchun texnologik sxemalar va ishlab chiqarish tizimlari tanlanadi.
Texnologik sxemalarni tanlashdagi asosiy shartlar
Texnologik sxemalarni tanlashda quyidagi faktorlarga asoslanadi.
Xom ashyo turi va mahsulot assortimenti. Oziq-ovqat mahsulotlarning ba’zi turlari xar xil xom ashyodan ishlab chiqariladi. Masalan, mayonez, sovun va xok. Ishlab chiqarish texnologiyalari ham xar hil bo‘ladi. Tanlangan texnologiyalar mahsulot turi va sifatiga loiq bo‘lishi kerak.
Xom ashyo sifati. Ishlab chiqariladigan mahsulot standart va texnik shartlarga mos bo‘lishi lozim.
Xom ashyodan maksimal foydalanish. Xom ashyo xarajatlari tayyor mahsulot tannarxining asosiy qismini tashkil etadi. Tanlangan texnologik sxemada xom ashyoni qayta ishlashga tayyorlash va chiqindilardan to‘liq foydalanish bosqichlari kiritiladi.
Mahsulot sifatini ta’minlash va yaxshilash. Mahsulot sifatini oshirish usullari texnologik jarayonlarini amalga oshirish optimal sharoitlari (harorat, davomiyligi, bosim) ni tanlash yoki ba’zi texnologik jarayonlari va uskunalarini o‘zgartirishdir.
Texnologik jarayonlar sonini qisqartirish. Har bir texnologik jarayonini amalga oshirish uchun qurilma, qushimcha materiallar, energiya va mexnat sarfini talab qiladi. Shu sababli jarayonlar sonini qisqartirish orqali tayyor mahsulot tannarxi va qurilish xarajatlarini kamaytirish mumkin. Jarayonlar sonini qisqartirish uchun bir necha jarayonlar bir vaqtda amalga oshiriladi. Masalan, urug‘larni pnevmotransportyorlarda kuchirish vaqtida ulrni tozalash, quritish yoki sovutish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |