Mahsulot sifatini va mahsulot texnologiк sxemaga tasiri reja


Download 94.94 Kb.
bet3/5
Sana31.03.2023
Hajmi94.94 Kb.
#1311709
1   2   3   4   5
Bog'liq
MAHSULOT SIFATINI VA MAHSULOT TEXNOLOGIК SXEMAGA TASIRI

1.2. Texnologik sxemalar
Quyida ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologik sxemalarini ko’rib chiqamiz.
Tomat xalimi ishlab chiqarish texnologik sxemasi

Texnologik sxemalar uskunalar ko’rinishida ham berilishi mumkin. Bu holda sxemada mashina va uskunalarni bir-biriga bog’lab turadigan transport uskunalari (transportyor, elevator, shnek va nasoslar) ko’rsatiladi.
Musallas tipidagi sharob materialini tayyorlash texnologik sxemasi

Xom ashyo hisobida quyidagilar aniqlanadi:



  • xom ashyoni korxonaga olib kelish grafigi;

  • tizim, sex yoki korxonaning ishlash grafigi;

  • tizim, sex yoki korxonaning dasturi: har oyda ishlab chiqariladigan mahsulotning turi va miqdori, umumiy yillik dasturi;

  • 1 m.sh.b (yoki 1 t) tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun xom ashyo va materialning sarflanish me’yori;

  • 1 soatda, smenada va yillik xom ashyo matariallariga bo’lgan ixtiyoj;

  • har bir texnologik operasiyaga bir soat ichida kelib tushadigan xom ashyo yoki yarim-fabrikat miqdori; ushbu ko’rsatgich bo’yicha zarur mashina va uskunalar soni.

Xom ashyoni korxonaga olib kelish grafigi
Ushbu grafik texnik-iqtisodiy asoslashdagi materiallar asosida tuziladi. Grafikda har bir xom ashyo turining kelib tushish vaqti, qayta ishlashning boshlanishi va tamom bo’lishi ko’rsatiladi.
Birinchi navbatda mavsumdagi asosiy xom ashyo (meva va sabzavotlar), keyin qolgan xom ashyo va yarim fabrikatlar (tomat xalimi, meva sharbatlari, muzlatilgan sabzavotlar va boshqalar) kelib tushish vaqti ko’rsatiladi.
Кorxonalarni xom ashyo bilan to’liq ta’minlash uchun ular har xil muddatda pishadigan xom ashyoni qayta ishlashga mo’ljallangan bo’lishi kerak.
Tizim, sex yoki korxonaning ishlash grafigi
Ushbu grafik bo’yicha bir kecha kunduz, bir yil va har oyda smenalar soni har bir konservalar turi uchun aniqlanadi. Кorxona bo’yicha ish grafigi xom ashyo kelib tushish grafigi bo’yicha tuziladi.
Grafiklar iloji boricha bir xil bo’lishi kerak. Bir kecha kunduzdagi smenalar soni quyidagilarga asoslanib aniqlanadi.
Mavsumda kelib tushadigan xom ashyoni qayta ishlash uchun uch smenali ish rejalashtiriladi. Tomat xalimi, tomat pyuresi, tomat va meva sharbatlari, (shuningdek yarim fabrikatlar), meva pyurelari, ko’k no’xat, gazakbop konservalarni ishlab chiqarish uchun 3 smenali (uzluksiz) ish tartibi rejalashtiriladi. Mavsum boshida va oxirida (5-10 kun) xom ashyo kam miqdorda kelib tushganda bu tizimlar 1-2 smenada ishlay boshlaydi. Uzoq vaqt saqlanadigan xom ashyo (ildiz mevalilar), mehnatni ko’p talab qiladigan konservalar (murrabo, kompot, marinad) 2 smenada ishlab chiqariladi. Xom ashyo yil davomida olib kelinsa, sex 1 yoki 2 smenada ishlaydi (masalan, qish mavsumida tomat xalimi, meva sharbatlarini mayda idishlarga qadoqlash).
Saqlash muddati 36 soat gacha bo’lgan meva va sabzavotlarni qayta ishlash uchun bir oydagi ish kunlar soni 25, smena davomiyligi 7 soat; qolgan xom ashyo va yarim fabrikatlar uchun bu ko’rsatkichlar 20 kun va 8 soatni tashkil etadi.

Download 94.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling