Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


XVII.18.O’t o'chirish vositalari


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

XVII.18.O’t o'chirish vositalari 
Har qanday yong'inni o'chirishda yong'inning kuchayishiga olib 
kelayotgan omillarni va sharoitni aniqlash muhimdir. Bunda yonishning 
davom etishini to'xtatuvchi sharont yaratish katta rol o'ynaydi. Yong'inni 
o'chirish paytida qattiq jismlar yonganda yong'inning tezligi 4 m/min, 
suyuqliklar yuzasi bo'yi esa 30 m/min bo'lishini hisobga olish kerak. 
Yonishdan hosil bo'lgan mahsulotlar asosan qattiq changsimon 
moddalar, bug'lar va gazlardan iborat bo'ladi. Ular tufayli hosil bo'ladigan 
harorat esa moddaning yonganda issiqlik ajratishi, yon-ish tezligi va 
alanganing tarqalishi, shuningdek, binoning hajmi va havo almashish 
sharoitlariga bog'liq bo'ladi. 
Yuqori harorat ta'sirida qizigan tutun yonish mahsulotlarining 
tezlikda tarqalishga yordam beradi, shuningdek, xona tutunga to'ladi va bu 
o'z navbatida yong'inni o'chirishga xalaqit beradi. 
Yong'in vaqtida ko'p miqdorda inert gazlar, yonuvchi gazlar va 
shuningdek, tutun ajralib chiqadi. Yonuvchi gazlarning asosiy qismi 
zaharli bo'lib, ularning zararli ta'siri yonayotgan materiallarining turi va 
yonishning jadalligiga bogliq. 
Yong'inga qarshi muhofaza qatlamlari yonganda (brom birikj malari 
va xlor), yog'och materiallar (SO) polimer qurilish materiallari va boshi 
juda ko'p hollarda umuman zararli ta'siri bor, jumladan, zaharli gazlar 
ajralib chiqadi. To'la yonib bo'lmagan qoldiq mahsulotlar qizigandan 
keyin va sof alanga oqim ta'sirida qaytadan alanga olib ketishi mumkin.
Yong'in (o't) o'chirish vositalari va usullari.O’t o’chirish usullari 
quyidagicha bo'lishi mumkin: 


366 
1) yonayotgan zonani ko'p miqdorda issiqlik yutuvchi materiallar 
yordamida sovutish; 
2) yonayotgan, materiallarni atmosfera havosidan ajratib qo'yish; 
3) yonayotgan zonaga kirayotgan havo tarkibidagi kislorod 
miqdorini kamaytirish; 
4) maxsus kimyoviy vositalarini qo'llash. O't o'chirish vosita-lari 
sifatida, suv bug'lari, kimyoviy va mexanik ko'piklar, inert va 
yonmaydigan gazlar, qattiq kukunsimon materiallar, maxsus kimyoviy 
moddalar va aralashmalardan foydalaniladi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling