Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

Ko'pik bilan o'chirish. Ko'pik bu suyuqlikning maydalangan tizimi 
bo'lib, bunda havo bir-biridan suyuqlikning tarang sirtlari bilan ajratilgan 
bo'ladi. Ko'pik hosil qilishi uchun havo zarralarini suv qobig'i bilan o'rash, 
ya'ni havo zarralarini suvga singdirish kerak. 
Ishqorlar bilan kislotalar aralashmasining kimyoviy reaksiyasi, yoki 
suv bilan ko'pik hosil qiluvchi modda va havo aralashmasini mexanik 
aralashtirish asosida ko'pik hosil qilinadi.
76-rasm
Kimyoviy ko'pik 80 foiz karbonat angidrid gazi, suv va 0,3 foiz 
ko'pik hosil qiluvchi moddadan tashkil topadi. Mexanik ko'piklar esa 90 
foiz havo, 9,6 foiz suv va 0,44 foiz ko'pik hosil qiluvchi moddadan iborat 
bo'ladi. 


370 
77-rasm. 
Qattiq moddalar va asosan yengil alangalanuvchi suyuqliklar yonib 
ketganda ko'pik bilan o'chirish yaxshi natija beradi. Chunki yengil 
alangalanuvchi suyuqliklar solishtirma og'irligi suvdan yengil va ularni 
suv bilan o'chirib bo'lmaydi. 
Ko'pik bilan o'chirishning asosiy xususiyiti shuki, u yengil 
alangalanuvchi suyuqlik yuzasini yoki qattiq jism yuzasini yupqa ko'pik 
qavati bilan ko'plab, yonayotgan modda bilan havodagi kis-lorod o'rtasida 
to'siq hosil qiladi. Bu to'siqning mustahkamligi ko'pikning turg'unlik 
xossasiga bog'liq bo'ladi. Ko'pik tez alangalanuvchi suyuqlikdan ancha 
yengil bo'lganligi sababli, uning yuzasida muhofaza qobig'i tashkil etadi
bu qobiq suyuqlik bug'lari hosil bo'lishiga to'sqinlik qiladi, shuningdek, 
kislorodni kiritmaydi. Agar ko'pikning turg'unligi kam bo'lsa, unda 
suyuqlik yuzasida uzilish hosil bo'lishi mumkin, ya'ni tarang tortilib turgan 
parda ochilib ketishi mumkin, bu esa, albatta, alangalanishning qaytadan 
boshlanishiga sharoit yaratadi. Bundan tashqari ko'pikning issiqlik 
o'tkazish xususiyati juda past bo'lganligidan, yonayotgan yuzadan 
issiqlikning suyuqlik yuzasiga ta'sir etishiga to'siqlik qiladi.
78-rasm.Ko'pik hosil qilish generator 
Kimyoviy ko'piklar asosan qo'lda ishlatiladigan o't o'chirgichlarda 
keng qo'llaniladi (78-rasm). Ularning muhim o'rnatiladigan va 
zambilg'altakda olib yuriladigan turlari ham bor (79-rasm). Mexanik 
ko'piklar esa 4—6 ko'pik hosil qiluvchi poroshoklar yoki aralashmalarni 


371 
suv va havo bilan aralashtirilishi hisobiga ko'pik generatorlari, ko'pik hosil 
qilish stvollarida ko'pikka aylantirib foydalaniladi. 
O'chirish uchun ishlatiladigan ko'piklarning tavsifli belgalari, 
ularning turg'unligi va ko'pik hosil qilish darajasidir. Ko'pik hosil qilish 
darajasi bu ko'pikni hosil qilish uchun sarflanadigan mod-dalarga nisbati 
hisoblanadi. Ko'pik hosil qilish darajasi kimyoviy ko'piklar uchun 5, 
mexanik ko'piklar uchun 8—12 bo'lishi mum-kin. Yuqori ko'piruvchi 
mexanik ko'piklarda bu miqdor 100 va un-dan katta bo'ladi. Ko'pikning 
turg'unligi esa uning katta haroratda so'nmasdan, ma'lum vaqtgacha 
chidash berishi hisoblanadi. Kimyoviy ko'piklar suyuqlik yuzasida bir 
soatgacha, PO-I yor-damida olingan mexanik ko'piklar 30 min, PO-6 
yordamida hosil qilingan ko'piklar esa 40-45 minut turg'unlikka ega 
bo'lishi mumkin. 
Sanoat korxonalaridagi o't o'chirish tizimlarining asosiy qis-mini suv 
va ko'piksimon moddalar tashkil qiladi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, suv 
va ko'pik bilan hamma yerda va har qanday yong'inlarni o'chirish mumkin 
emas. Chunki ba'zi bir holatlarda kimyoviy reaksiyalar sanoat chiqindilari 
ta'sirida yetarli darajada unumdor ko'pik ajratmasdan, ulardan boshqa 
moddalar ajralib chiqishi yong'inning kuchayishiga olib kelishi mumkin. 
Ko'pikni xilma-xil qurilmalarda hosil qilish mumkin: bular doimiy 
o'rnatilgan, ko'chirib yurish mumkin bo'lgan yoki harakat-lanuvchi 
qurilmalar va qo'lda ishlatiladigan o't o'chirgichlardir. 
Qo'lda ishlatiladigan ko'pikli o't o'chirgichlar juda keng tarqalgan. 
Bunga sabab o't o'chiruvchi moddani xohlagan vaqtda ishlatish mumkin. 
Uni bir odam bir necha sekund davomida ishga tayyorlashi va oson 
ishlatishi mumkin. Bundan tashqari, undan ajralib chiqadigan ko'piksimon 
modda oqim sifatida anchagina bosim yordamida (6-8) bir necha metr 
masofadagi yonayotgan zonaga (6-8 m) yo'naltirilishi mumkin. 
Yonayotgan xonaga kiritiladi. SO bilan o'chirganda uning zaharliligini 
hisobiga olish kerak, uning hattoki 10 foiz miqdorida nafas olish, o'limga 
olib keladi. Shuning uchun undan foydalanganda maxsus signal tizimlari 
bo'lishi kerak. Shuni aytib o'tish kerakki, 1 1 suyultirilgan karbonat 
kislotasi 506 1 gazga aylanadi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling