Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

Bug' yordamida o'chirish. Ba'zi bir sanoat korxonalarida juda ko'p 
miqdorda bug' hosil bo'lishi mumkin. Bunday korxonalarda yong'in 
chiqqan taqdirda bug'dan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Bug' bilan o'chirishning asosiy qonunyati shuki, xonalarga 
yuborilgan bug' kislorodga boy havoni siqib chiqarib, uning o'rnini 
egallaydi. Bug'ning o't o'chirish samaradorligi uning ma'lum bir xonaga 
yuborilgan miqdoriga bog'liq bo'ladi. Bug'da bug' yonayot-gan xonadagi 
asosiy bo'shliqlarning hammasini to'ldirib, kislorodli havoni butunlay siqib 
chiqarishi kerak. Bunda hosil bo'ladigan or-tiqcha namlik o't o'chirishning 
asosiy vositasi bo'la olmaydi. 
Bug' bilan o't o'chirishning mazmunini quyidagicha tushuntirish 


368 
mumkin. Yong'in bo'layotgan xonaga qisqa muddat (5—10 minut) ichida 
ko'p miqdorda, ya'ni u to'lguncha bug' yuboriladi va tirqishlar iloji boricha 
berkitiladi. Bug' xonani butunlay qoplab, u yerdagi kislorodli havoni 
qisman siqib chiqaradi, qolgan qismida, xonaning yong'in hisobiga va 
yuborilgan bug' hisobiga 85 °C dan ortiq isib ketganligi sababli kislorod 
miqdori 31 foizga qisqaradi va xonadagi kislorod miqdori 15—16 foizga 
kamayadi. 
Bu esa yong'inning davom etishi imkoniyatini yuqotadi. 
Yong'inga qarshi suv ta'minoti. Odatda o't o'chirish uchun 
ishlatiladigan 
suv 
katta 
bosim 
ostida 
kuchli 
oqim 
sifatida 
alangalanayotgan joyga yuboriladi. Buning uchun yetarli bo'lgan bosimni 
shahar sharoitida umumiy shahar vodoprovod tarmoqlari orqali hosil 
qilinadi. Yoki bo'lmasa ba'zi bir yerlarda maxsus tayy-orlangan hovuz va 
idishlardan foydalanish mumkin. Sanoat korxonalarida ko'pincha yong'in 
o'chirish uchun vodoprovod tizimlarini shahar sharoitlarida ham o'tkazish 
maqsadga muvofiq emas. Shuning uchun sanoat maqsadlarida va o't 
o'chirishda ichimlik suvlari vodoprovodlaridan foydalaniladi. 
Past bosimga mo'ljallangan vodoprovod tizimidagi suv bosimi 
ma'lum miqdordagi suvni yer yuzasidan kamida 10 m uzoqlikka o'tishi 
kerak. 
Yuqori bosimga mo'ljallangan vodoprovod tizimida esa ma'lum 
miqdordagi suvni stvollar yordamida binoning eng yuqori nuqtasidan 
kamida 10 m uzoqlikka otib berishi kerak. Bunday vazifalar vodoprovod 
baklarini yetarli darajadagi balandlikka o'rnatish bilan yoki ayrim hollarda 
nasoslar yordamida bajariladi. 
Sanoat korxonalarida o't o'chirish uchun kerak bo'ladigan suv 
miqdori sanoat korxonasining yong'in toifasi va bu binoning o'tga 
chidamlilik darajasiga va uning umumiy hajmiga qarab belgilandi. 
Mashinasozlik sanoat korxonalarida yong'in o'chirish uchun suvning 
miqdori 10 1/s dan 40 1/s belgilanadi. Agar yong'inni o'chirish uchun 
vodoprovod tizimidan suv olishining texnik to-monidan mumkin bo'lmasa 
(masalan, ichimlik suvni ingichka vodoprovod quvurlari orqali 
keltirilayotgan bo'lsa), unda sanoat korxoalari hududida suv saqlovchi 
qurilmalar tashkil qilinadi. Bundan suv saqlovchi qurilmalardan yong'in 
vaqtida olinadigan suvning maksimal miqdori 3 soatga yetadigan bo'lishi 
kerak. 
Yong'inga 
qarshi 
ko'rilgan 
vodoprovod 
tizimlari 
aylanma 
vodoprovod tizimiga ikkita suv quvuri bilan ulanadi. Yong'inga qarshi 
gidrantlar sanoat korxonasi maydonida bir-biridan 100 m dan ortiq 


369 
bo'lmagan masofada joylashtiriladi, ular bino devoriga va ko'chalar 
kesishgan joylarga 5 m dan yaqin bo'lmasligi kerak. 
Yong'inga qarshi vodoprovod har qanday sanoat korxonasida 
o'rnatilishi shart. Binolari I va P darajadagi ba'zi bir o'tga chidamli 
konstruksiyalardan qurilgan binolarda G va D toifadagi sanoat korxonalari 
bundan mustasno. 
Yong'inga qarshi vodoprovodlar binolar ichida sanoat maqsad-larida 
qurilgan vodoprovodlar bilan birlashtirilishi mumkin. 
Yong'inni 
ichkari 
tomonidan 
o'chirishga 
mo'ljallangan 
vodoprovodlardagi suv miqdori, ikki joydan kuchli oqim sifatida suv 
berilganda, har biri 2,5 1/s suv miqdorini ta'minlay olishi kerak. 
Bunda suv bosimi suvni kamida bm masofaga yetkazib berishi 
kerak. Yong'in o'chirish yenglari yumshoq to'qima materiallardan 
ishlangan bo'ladi va diametri 51 va 66 mm qilib tayyorlanadi. Ularning 
uzunligi 10 va 20 m. Bino ichkarisida o'rnatilgan yong'inga qarshi 
gidrantlar oralig'i 10 yoki 20 metrli yenglar yordamida yong'inni o'chirish 
uchun kuchli suv oqimi binoning eng baland va eng uzoq nuqtasini ikkala 
gidrant orqali suv purkash imkoniyatini beradigan qilib o'rnatiladi. 
Ichkarida o'rnatilgan yong'in kranlari pol yuzasidan 1,35 m balandlikda 
o'rnatiladi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling