Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
II.11. Atmosfera havosi tarkibidagi zaharii moddaltr
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
II.11. Atmosfera havosi tarkibidagi zaharii moddaltr
miqdorini aniqlash Ishlab chiqarish muhitidagi zaharii moddalarning miqdorini aniqlashdan oldin ish zonasi havosida qanday zaharlar va qanday davrlarda tushishini aniqlash maqsadida teinologik jarayon va uskunalar puxta o'rganib chiqilishi lozim. Shuningdek, havoda aniqlanishi taxmin qilinayotgan moddalarning flzik-kimyoviy xossalari bilan, xususan nisbiy zichligi, uchuvchanligi, agregat holatini o'zgartirish qobiliyati, tashqi muhitda chidamliligi va boshqalar bilan tanishish lozim. Ayrim og'ir bug'lar va gazlar, masalan, simob bug'lari quyi zonalarda yig'ilishi va yuqori qavatlardagi havo bilan pastki qavatlarga oqib tushishi mumkinligini unutmaslik kerak. Issiq havo oqimlari bo'lganda hatto og'ir bug'lar ham yuqori va o'rta zonalarga ko'tarilishi mumkin. Ishlab chiqarish jarayonini o'rganishda texnologiya, uskunalar va ishchilar bo'ladigan zonalarni hisobga olib, sinama olish joylarini va davrlarini aniqlash lozim. Bu sexning chizma rejasini tuzish imkoniyatini beradi, unda tanlash nuqtalari ko'rsatilgan bo'ladi va maxsus tahlil kartalari to'ldirilib, bu kartada tahlil natijalariga ta'sir qiladigan tanlashning eng muhim shartlari yozib qo'yiladi. Ishlab chiqarishda havo sinamasini tanlash usuli vaqt bo'yicha davomli yoki bir lahzali bo'lishi mumkin. Aspiratsiya usulida tahlil qilinadigan moddani filtrda yoki yutadigan eritmada yig'ib, kimyoviy usulda aniqlash sezuvchanligidan yuqori darajada turgan loaqal minimal miqdorini aniqlash imkoniyatini beradi. Ayrim hollarda sinama olish 30—60 minutga cho'ziladi. Sinama olishning qiyinligigina emas, balki o'rtacha zichlik miqdorlarining olinishi uning kamchiligi hisoblanadi. Ular uzoq davr mobaynida havoga tushgan zaharning umumiy miqdorini aks ettiradi, vaholanki, ish zonasidagi zaharlar zichlik miqdori aksari hollarda juda tez o'zgarib turadi. Sinama olish uchun aspirator va tahlil qilinadigan moddani tutib qolish moslamalari: aerozollarni aniqlashda-filtrlar, bug' va gazlarni aniqlashda yutgich asboblar zarur. Havo so'rgich sifatida odatda elektr aspirator ishlatiladi. Unda aerozol holatidagi zaharli moddalarni aniqlash uchun sinama olish usuli changlarniki bilan bir xil. Farqi og'irlik usuli 56 bilan emas, balki kimyoviy usulga o'tkazilib, qattiq moddani oldin kislotalar, ishqorlar va boshqa erituvchilarda eritib suyuq holatga aylantiriladi. Bug' va gazlarni aniqlashda havoni tortish tezligi katta bo'lmasligi kerak, shunga ko'ra 0 dan 11/min gacha darajalangan reometrlar juftidan foydalaniladi. Ayrim hollarda, masalan, elektr aspirator ishlatib bo'lmaydigan portlashga xavfli korxonalarda, havo sinamalarini olish uchun suv bilan to'Idirilgani darajalangan va rezina shlang bilan biriktirilgan ikkita shisha idishni qo'llash mumkin. Ularni turli sathlarga qo'yilganda suv yuqoridagi shishadan pastkisiga oqib tushadi; buning hisobiga birinchisida siyraklanish vujudga keladi va tahlil qilinishi zarur bo'lgan havo yutgichga so'riladi. So'rilgan havo miqdori to'g'risida oqib tushgan suyuqlik miqdori bo'yicha xulosa chiqariladi, tezlikni esa biriktiruvchi shlangga o'rnatilgan qisqich yordamida boshqariladi. Tezkor sinama olish usulida uchta variandan biri qo'llanilishi mumkin: 1) Suyuqlikni idishdan to'kish usuli, to'kilgan suyuqlik o'rniga sinama havo to'ladi va idish tiqin bilan berkitilib tahlilga yuboriladi. 6-rasm. Universal gaz tahlil qilish qurilmasi UG-2. 2) Havo almashtirish usuli, bu usulda sinama olinishi kerak bo'lgan idish orqali ko'p marta sex havosi o'tkaziladi va tiqin bilan berkitilib tahlilga yubpriladi. 3) Oldindan vakuum hosil qilingan idishni to'ldirish usuli. Idish ochilishi natijasida sexdagi havo bilan to'ladi va tiqin bilan berkitilib tahlilga yuboriladi. Havo muhiti tarkibidagi zaharli moddalar miqdorini SO asbobi va UG-1 va UG-2 gaz tahlil qilish asboblari yordamida aniqlanadi. Bu asboblarda tahlil qilish usuli, tahlil qilinadigan havo so'riladigan shisha naychaga sepilgan indikatorli poroshok bilan tahlil qilinayotgan modda o'rtasidagi rangli reaksiyaga asoslangan. “SO asbobi” yordamida tahlil qilishdan oldin, ma'lum moddani 57 tahlil qilish uchun mo'ljallangan idikator poroshogi to'ldirilib kavsharlangan naychaning ikkala uchi qirqiladi va konusli uchi bilan asbobga strelka bo'yicha o'rnatiladi. Indikator to'ldirilgan naychani 30—35 °C haroratgacha isitish uchun chap qo'lda qisib turiladi, rezina nokni bosiladi. So'ngra nokni qo'yib yuboriladi, u bo'shashadi va tekshirilayotgan havoni so'rib oladi. Indikator naychani mushtda ushlashni 30 sek davom ettiriladi, so'ngra uning bo'yalganligini tekshirib ko'riladi. Rangi o'zgargan bo'lsa, naycha uchlarini tiqin bilan berkitilib va 10 minut o’tgach sinama rangini doimiy standartlar shkalasi bilan solishtiriladi va havodagi uglerod oksidi aralashmasi zichlik miqdori belgilanadi. UG-2 universal gaz tahlil qilish - qurilmaisining umumiy ko'rinishi 6-rasmda ko'rsatilgan. Asbob ichida prujinali rezina xaltacha bo'lib, shu tufayli u cho'zilishi mumkin. Dastak bosilsa, rezina xaltachaning qisilishi ro'y beradi. Bunda ozmi-ko'pmi darajada qisilish sodir bo'lib, dastakdagi ikkita botiq shunga mos keladi. Rezina xaltacha biriktiruvchi rezina shlang orqali indikator paroshogi to'ldirilgan naycha bilan biriktiriladi. Sinama o'tkazilganda naychadagi indikatorning ma'lum qismi bo'yaladi, bunda bo'yalgan qism uzunligi zaharli modda zichlik miqdoriga Proporsionaldir. Asbobda ishlatilgan dastakda havoning ikkala ehtimoliy hajmlari ko'rsatilgan bo'lib, ular so'rilgan havo miqdorini ko'rsatadi. Har bir zaharli modda uchun zichlik miqdorini aniqlash 1nikoniyatini beradigan shkalali aniqlagich biriktirilgan bo'ladi. bo'yalgan ustunchaning qanday uzunligiga qancha zichlik miqdor mos kelishi ko'rsatilgan bo'ladi. 5-jadval Moddalarning nomi YQOD mg/m 2 Sutka davomida o’rtacha miqdori Azot ikki oksid 0.085 0.085 Ammiak 0.2 0.2 Atseton 0.35 0.35 Benzol 1.5 0.8 Butan 200 - Benzin 5 1.5 Butilatsetat 0.1 0.1 Butililin 3 3 Butil spirit 0.1 - Vanadiy besh oksidi - 0.002 Dixloren 3 1 Ksilol 0.2 0.2 58 Maganets va uning birikmalari - 0/01 Mishyak - 0.003 Naftalin 0.003 0.003 Metal holidagi simob - 0.0003 Qo’rg’oshin va uning birikmalari - 0.0007 Sulfat kislota 0.3 0.1 H SO molekulasi 0.006 0.002 Vodorod ioni holati 0.1 0.03 Xlor 0.6 0/6 Toluol 0.1 0.01 Fentalon 0.02 0.005 Ftor birikmalar 5 5 Etalon 0.1 1.0 Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling