Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


II.10.Zaharli moddalarga qarshi kurashning uniumiy choralari


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

II.10.Zaharli moddalarga qarshi kurashning uniumiy choralari 
 
Zaharli moddalarga qarshi kurashning umumiy usullarini 
quyidagcha turkumlash mumkin. 
1.Zaharli moddalar ajralishini texnologik jarayonlarda bartaraf 
etish. Bunda zaharli moddalarni zaharliligi kamroq moddalar bilan 
alishtirish yoki umuman havoga zaharli moddalar ajralishi uchun sharoitni 
qirqadigan yangi texnologiyalarni joriy qilish mumkin: masalan, 
metallarni qo'rg'oshin vannalari o'rniga yuqori chastotali toklar bilan 
toblash va boshqalar.
2.Texnologiya va uskunalarni takomillashtirish. Bunga butunlay 
yangi masalalarni hal qilish yo'li bilan ham, uzluksiz jarayonlar va 
avtomatlashtirish .yo'li bilan erishish mumkin. Masalan, mashinasozlik 
sanoatida havoni erituvchilarning bug'lari va bo'yoq aerozollari bilan 
ifloslanadigan bo’yash sexlarida stanoklar, mashinalar va boshqa 


51 
ashyolarni purkash yo'li bilan bo'yash o'rniga, elektrostatik maydonlarda 
bo'yash joriy qilinmoqda, bu mehnatni yengillashtiribgina qolmasdan, 
balki ish zonasini sog'lomlashtirishga olib keladi va zaharli moddalarni 
atmosferaga chiqishini kamaytiradi. Vakuum sharoitlarida
payvandlash ishlarini bajarish sex havosiga zaharli gazlar va 
aerozollar ajralib chiqishini oldini oladi.
Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, qo'lda 
bajariladigan ishlarni yo'qotib, mehnatni osonlashtiradi, aksari havo 
muhitini yaxshilaydi, ishchilarni zaharli moddalar bilan muloqotda 
bo'lishini chegaralaydi. Bunga kimyo zavodlarida idishlarni zaharli 
moddalar bilan to'ldirish, filtratsiyalash va quritish jarayonlarini
mexanizatsiyalashtirish, metallurgiyada eritish pechlarini to'ldirish, 
mashinasozlik sanoatida zanglashga qarshi qatlamlarni hosil qilishning 
galvanik jarayonlari va boshqalar misol bo'ladi. 
Uskunalar va ta'minot vositalari (gaz o'tkazish quvurlari, 
transporterlar va boshqalar) teshik-tirqishlaridan ko'pincha gazlar chiqishi 
mumkin, shunga ko'ra sexlardagi havo muhitini sog'lomlashtirishda eski 
uskunalarni birmuncha zich yopilgan yangi uskunalar bilan, almashtirish
mexanik jihatdan eskirishi va zanglashi natijasida teshik-tirqishlar,
yoriqlarni o'z vaqtida yo'qotish maqsadida ularning hplatini nazorat qilib 
turish katta rol o'ynaydi. Zamonaviy texnika taraqqiyoti yutuqlaridan 
foydalangan holda ko'pgina texnologik jarayonlarning borishi ustidan 
nazorat qilish uchun sinamalarni oddiy usullarda emas, avtomatik usullar 
bilan olib borish ; imkonini beradi, bu esa zaharli moddalarning havo 
muhitiga tarqalayotganliginU; ibildirishning eng samarali usuli 
hisoblanadi.

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling