586
2000 yil 15 dekabr,
167-II-son
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
FUQARO MUHOFAZASI TO`G’RISIDA
Ushbu Qonun fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni,
ularni amalga oshirishning
huquqiй asoslarini, davlat organlarining,
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning (bundan buyon matnda
tashkilotlar deb yuritiladi)
vakolatlarini, O`zbekiston Respublikasi
fuqarolarining huquqlari va majburiyatlarini,
shuningdek, fuqaro
muhofazasi kuchlari va vositalarini belgilaydi.
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda.Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo`llaniladi:
fuqaro muhofazasi - harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu
harakatlar oqbatida yuzaga keladigan xavflardan O`zbekiston Respublikasi
aholisini,
hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish
maqsadida o`tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi;
fuqaro muhofazasi xizmati - fuqaro muhofazasi maxsus
tadbirlarini bajarish, fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlarini
ta`minlash uchun kuchlar va vositalarni tayyorlash
maqsadida tuzilgan
funktsional bo`linmalar majmui;
himoya inshootlari - aholini va ishlab chiqarish xodimlarini
zamonaviy qirg’in vositalaridan muhofaza qilishga maxsus mo`ljallangan
muhandislik inshootlari majmui;
fuqaro muhofazasi kuchlari - qutqaruv va boshqa kechiktirib
bo`lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun tuziladigan fuqaro
muhofazasi
harbiy qismlari, umumiy va maxsus hududiy, funktsional va