28-modda.Terrorchilik faoliyatida ishtirok etganlik uchun
javobgarlik
Terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan shaxslar qonun
hujjatlariga muvofiq javobgar bo`ladi.
Shaxs terrorchilik faoliyatida ishtirok etishdan o`z ixtiyori bilan
qaytgan, bu haqda tegishli davlat organlariga xabar bergan hamda og’ir
oqibatlar yuzaga kelishining va terrorchilar maqsadlari amalga
oshirilishining oldini olishga faol ko`maklashgan taqdirda, qonun
hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
29-modda.
Terrorchilik
faoliyati
uchun
tashkilotning
javobgarligi
Tashkilot sudning qarori asosida terrorchilik tashkiloti deb topiladi
va tugatiladi.
Terrorchilik tashkiloti deb topilgan tashkilot tugatilganda unga
tegishli mol-mulk musodara etiladi hamda davlat mulkiga o`tkaziladi.
O`zbekiston Respublikasidan tashqarida ro`yxatga olingan xalqaro
tashkilot
(uning
bo`linmasi,
filiali,
vakolatxonasi)
O`zbekiston
Respublikasining sudi tomonidan terrorchilik tashkiloti deb topilgan
taqdirda O`zbekiston Respublikasi hududida mazkur tashkilot (uning
bo`linmasi, filiali, vakolatxonasi) faoliyati taqiqlanadi va bu tashkilot
(uning bo`linmasi, filiali, vakolatxonasi) tugatiladi, unga (uning
bo`linmasiga,
filialiga,
vakolatxonasiga)
tegishli,
O`zbekiston
Respublikasi hududida bo`lgan mol-mulk musodara etiladi va davlat
mulkiga o`tkaziladi.
30-modda.Etkazilgan zarar uchun javobgarlikdan ozod etish
Terrorchilikka qarshi operatsiyada ishtirok etayotgan harbiy
xizmatchilar, mutaxassislar va boshqa shaxslar bunday operatsiya
o`tkazilayotganda majburan zarar etkazganlik uchun javobgarlikdan ozod
etiladi.
31-modda. Terrorizmga qarshi kurash to`g’risidagi qonun
Do'stlaringiz bilan baham: |