Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
V. FUQARO MUHOFAZASINI MOLIYAVIY TA`MINLASH
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22-modda.Fuqaro muhofazasi qo`shinlarining asosiy fondlari
- 23-modda.Fuqaro muhofazasi ob`ektlari va mol-mulki
V. FUQARO MUHOFAZASINI MOLIYAVIY TA`MINLASH.
FUQARO MUHOFAZASI OB`EKTLARI VA MOL-MULKI 21-modda. Fuqaro muhofazasini moliyalash Fuqaro muhofazasini moliyalash vazirliklar, idoralar va ular tasarrufidagi byudjetdagi tashkilotlarda, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda tegishincha respublika yoki mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan, tashkilotlarda esa - o`z mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. Fuqaro muhofazasini moliyalash ijtimoiy fondlarning mablag’lari, fuqarolarning ixtiyoriy badallari va boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi mumkin. 22-modda.Fuqaro muhofazasi qo`shinlarining asosiy fondlari Harbiy shaharchalarning turar joylari va imoratlari, fuqaro muhofazasi harbiy qismlarining o`quv-moddiy bazasi ob`ektlari, moddiy va texnik vositalari davlat mulki bo`lib, fuqaro muhofazasi qo`shinlarining asosiy fondlarini tashkil etadi. Fuqaro muhofazasi qo`shinlari ko`rsatib o`tilgan va o`zlariga ajratilgan boshqa mol-mulkka nisbatan tezkor boshqaruv huquqidan foydalanadilar. Fuqaro muhofazasi qo`shinlarini joylashtirish va ularning doimiy faoliyati uchun er uchastkalari, joylar, omborlar va boshqa ob`ektlar tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan ularga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun beriladi. 23-modda.Fuqaro muhofazasi ob`ektlari va mol-mulki Fuqaro muhofazasi ob`ektlari va mol-mulki jumlasiga quyidagilar kiradi: - davlat hokimiyat va boshqaruv organlarining himoya inshootlari hamda er usti binolari kompleksiga ega bo`lgan boshqaruv punktlari; - fuqaro muhofazasining alohida va tutash qurilgan himoyalanish, radiatsiyadan saqlanish joylari; - mol-mulk va texnika saqlanadigan omborxona binolari; yakka muhofazalanish vositalari, radiatsion, kimyoviy qidiruv va dozimetrik nazorat priborlari; 597 - aloqa va xabar berish vositalari; - davlat mulki bo`lgan, shuningdek fuqaro muhofazasi maqsadida foydalanish uchun tashkilotlarning mablag’lari hisobiga yaratilgan yoki sotib olingan boshqa moddiy-texnika vositalari. Fuqaro muhofazasi tadbirlarini ta`minlash uchun davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tashkilotlar tomonidan fuqaro muhofazasi mol- mulki zaxiralari yaratiladi. Tashkilotlarning boshqaruv tarkibiy tuzilmalari va xo`jalik yuritish faoliyati shakllari o`zgargan taqdirda, ular zimmasida fuqaro muhofazasi ob`ektlari va mol-mulkidan belgilangan maqsadda foydalanish, shuningdek bunday ob`ektlar hamda mol-mulklarni hosil etish va to`plash topshiriqlari qolaveradi. Fuqaro muhofazasi ob`ektlarini barpo etish va mol-mulkidan foydalanish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O`zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV Toshkent shahri, 2000 yil 26 may, O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling