598
chetdan qilinadigan qujumning oldini olish va har qanday tajovuz qilinishi
mumkin bo`lgan sharoitda qurolli himoyalanishni uyushган holatda
qo`llashning barcha zarur shart-sharoitini yaratish orqali erishiladi.
3. O`zbekiston Respublikasini mudofaa
qilish Qurolli Kuchlarning,
iqtisodiyotning, aholining, hududning O`zbekiston Respublikasi harbiy
doktrinasiga muvofiq tajovuzni daf etishga doim tayyorligiga asoslanadi.
4. O`zbekiston Respublikasining harbiy
doktrinasi Qurolli Kuchlar
tuzilishida mudofaalanish kifoya qilarli darajada bo`lishi qoidasiga amal
qiladi va O`zbekiston Respublikasi:
urushni xalqaro muammolarni hal etishning usuli sifatida tan
olmasligidan;
betaraflik yo`lini tutishga intilishidan
va yadro qurollarini
yaqinlashtirmaslik, yadro qurollarini joylashtirmaslik, ishlab chiqarmaslik
va sotib olmaslik qoidasiga rioya etishga harakat qilishidan;
bironta ham davlatga hududiy masalada da`vo qilmasligidan va
bironta ham xalqni
dushman deb bilmasligidan;
basharti o`zi tajovuz ob`ekti bo`lib qolmagan taqdirda biron-bir
davlatga qarshi jangovar harakatlarni birinchi bo`lib boshlamasligidan
iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: