629
ta`minlaydi.
8-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob`ektini loyihalash, qurish va
foydalanishga qabul qilib olishga oid sanoat xavfsizligi talablari
Xavfli ishlab chiqarish ob`ektini kurish, kengaytirish, qayta qurish,
texnik jihatdan qayta
jihozlash, konservatsiyalash
va tugatishni amalga
oshirish uchun loyiha hujjatlari sanoat xavfsizligi ekspertizasining ijobiy
xulosasi bo`lishi zarur.
Xavfli ishlab chiqarish ob`ektini qurish, kengaytirish, qayta qurish,
texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash
va tugatish jarayonida
loyiha hujjatlaridan chetga chiqishlarga yo`l qo`yilmaydi. Xavfli ishlab
chiqarish ob`ektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan
qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlarini
o`zgartirish sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o`tkazilishi kerak.
Loyiha hujjatlarini ishlab chiqqan tashkilotlar xavfli ishlab chiqarish
ob`ektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta
jihozlash, konservatsiyalash va tugatish jarayonida
belgilangan tartibda
mualliflik nazoratini amalga oshiradi.
Xavfli ishlab chiqarish ob`ektini foydalanishga qabul qilib olish
belgilangan tartibda o`tkaziladi. Xavfli ishlab chiqarish ob`ektini
foydalanishga qabul qilib olish jarayonida xavfli ishlab chiqarish
ob`ektining loyiha hujjatlariga muvofiqligi, tashkilotning xavfli ishlab
chiqarish ob`ektidan foydalanishga hamda xavfli ishlab chiqarish
ob`ektida avariyaning kengayib ketishiga yo`l qo`ymaslik va uning
oqibatlarini tugatish bo`yicha harakatlarga tayyorligi tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: