Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob`ektidan foydalanishga oid


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet339/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

9-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob`ektidan foydalanishga oid 
sanoat xavfsizligi talablari 
Xavfli ishlab chiqarish ob`ektidan foydalanuvchi tashkilot: 
sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarida, shuningdek 
normativ texnik hujjatlarda ko`rsatilgan talablarga rioya etishi; 
xavfli ishlab chiqarish ob`ekti xodimlari shtatining belgilangan 
talablarga muvofiq to`ldirilishinи ta`minlashi; 
xavfli ishlab chiqarish ob`ektidagi ishga oid malaka talablariga 
javob beradigan va ko`rsatilgan ishgа tibbiy jihatdan loyiq shaxslarni 
qo`yishi; 
xavfli ishlab chiqarish ob`ektlari xodimlarining tayyorgarlikdan va 
attestatsiyadan o`tkazilishini ta`minlashi; 
ishlab chiqarish jarayoni ustidan nazorat qiluvchi zarur asboblar va 


630 
tizimlarning belgilangan talablarga muvofiq mavjud bo`lishi hamda 
ishlashini ta`minlashi; 
ushbu Qonunning 15-moddasiga muvofiq sanoat xavfsizligi 
ekspertizasi o`tkazilishini, shuningdek xavfli ishlab chiqarish ob`ektida 
qo`llaniladigan inshootlar va texnika qurilmalari diagnostikasi, sinovlari, 
tekshiruvi o`tkazilishini belgilangan muddatlarda va maxsus vakolatli 
davlat organi yoki qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida 
ayrim vakolatlarga ega bo`lgan boshqa davlat organlarining belgilangan 
tartibda taqdim etiladigan yozma ko`rsatmasiga binoan ta`minlashi; 
begona shaxslarning xavfli ishlab chiqarish ob`ektiga ruxsatsiz 
kirishining oldini olishi; 
xavfli moddalarni saqlashga oid sanoat xavfsizligi talablarining 
bajarilishini ta`minlashi; 
sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini belgilangan tartibda ishlab 
chiqishi va tasdiqlashi; 
maxsus vakolatli davlat organi va qonun hujjatlariga muvofiq sanoat 
xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo`lgan boshqa davlat 
organlarining buyruqlari, qarorlari va yozma ko`rsatmalarini bajarishi; 
avariya yoki noxush hodisa yuz bergan, shuningdek sanoat 
xavfsizligiga salbiy ta`sir ko`rsatadigan boshqa holatlar aniqlangan 
taqdirda, xavfli ishlab chiqarish ob`ektidan foydalanishni to`xtatib turishi; 
xavfli ishlab chiqarish ob`ektidagi avariya sabablarini texnik 
jihatdan tekshirishda ishtirok etishi, avariyaga olib kelgan sabablarni 
bartaraf etish va ularning oldini olish choralarini ko`rishi; 
xavfli ishlab chiqarish ob`ektida noxush hodisaning yuzaga 
kelganligi sabablarini tahlil qilishi, mazkur sabablarning bartaraf etilishi 
va oldini olish choralarini ko`rishi; 
maxsus vakolatli davlat organini, qonun hujjatlariga muvofiq sanoat 
xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo`lgan boshqa davlat 
organlarini, 
mahalliy 
davlat 
hokimiyati 
organlarini, 
shuningdek 
fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari va aholini xavfli ishlab 
chiqarish ob`ektidagi avariya to`g’risida o`z vaqtida belgilangan tartibda 
xabardor qilishi; 
avariya yuz bergan taqdirda, xavfli ishlab chiqarish ob`ektlari 
xodimlarining hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish choralarini ko`rishi; 
xavfli ishlab chiqarish ob`ektidagi avariyalar va noxush hodisalar 
hisobini olib borishi shart. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling