Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
6-modda.
Xavfli ishlab chiqarish ob`ektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish Xavfli ishlab chiqarish ob`ektidagi har bir avariyaning vujudga kelishi fakti bo`yicha uning sabablarini texnik jihatdan tekshirish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda o`tkaziladi. Xavfli ishlab chiqarish ob`ektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish mахсус vakolatli davlat organining vakili boshchilik qiladigan komissiya tomonidan o`tkaziladi. Mazkur komissiya tarkibiga quyidagilar kiritiladi: hududida xavfli ishlab chi?arish ob`ekti joylashgan mahalliy davlat hokimiyati organi vakillari; xavfli ishlab chiqarish ob`ektidan foydalanuvchi tashkilot vakillari; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlar vakillari. Xavfli ishlab chiqarish ob`ektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshiruvchi komissiya tekshiruvga sanoat xavfsizligi, qidiruv, loyihalash, ilmiy-tadqiqot ishlari, sug’urta, uskunalarni tayyorlash sohasidagi va boshqa sohalardagi ekspert tashkilotlari, ekspertlar va mutaxassislarni jalb etishi mumkin. Xavfli ishlab chiqarish ob`ektidan foydalanuvchi tashkilot va uning xodimlari, shuningdek boshqa tashkilotlar va davlat organlari o`z vakolatlari doirasida xavfli ishlab chiqarish ob`ektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshiruvchi komissiyaga uning o`z vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur axborotni taqdim etishlari shart. Xavfli ishlab chiqarish ob`ektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilib, unda avariya sabablari va holatlari, etkazilgan zarar miqdori, sanoat xavfsizligi talablarining yo`l qo`yilgan buzilishlari, xavfli ishlab chiqarish ob`ektidan foydalanuvchi tashkilotning bu buzilishlarga yo`l qo`ygan xodimlari, avariyaning kengayib ketishiga yo`l qo`ymaslik va uning oqibatlarini tugatish uchun ko`rilgan choralar hamda bunday avariyalarning oldini olishga qaratilgan takliflar ko`rsatiladi. Xavfli ishlab chiqarish ob`ektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish xarajatlarini moliyalashtirish xavfli ishlab chi?arish ob`ektidan foydalanuvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling