Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OSHIRISHGA
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- QAROR QILADI
RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OSHIRISHGA
DOIR QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR HAQIDA 1-ilova. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi to`g’risidagi Nizom 2-ilova. Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi to`g’risidagi Nizom 3-ilova. O`zbekiston Respublikasida putur etkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish Kontseptsiyasi 4-ilova. Xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish tartibi to`g’risidagi Nizom 5-ilova. Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar etkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish tartibi to`g’risidagi Nizom 6-ilova. O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan Qo`shimchalar Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini ta`minlash, avariya va jarohat etkazilishi bo`yicha ma`lumotlarni tahlil qilish samaradorligini oshirish, avariyalar kelib chiqishi sabablarini 638 belgilab beradigan qonuniyatlar va omillarni tadqiq etish, xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish va identifikatsiyalash, sanoat xavfsizligi ekspertizasini o`tkazish tizimini shakllantirish va rivojlantirish, sanoat xavfsizligini deklaratsiyalash, "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to`g’risida"gi Qonunga muvofiq boshqa shaxslarning hayoti, sog’lig’i va mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar etkazganlik uchun xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilotlarning javobgarligini majburiy sug’urta qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI: 1. Quyidagilar: Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi to`g’risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi to`g’risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; O`zbekiston Respublikasida putur etkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish kontseptsiyasi 3-ilovaga muvofiq; Xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish tartibi to`g’risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq; Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar etkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish tartibi to`g’risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilansinki: 2009 yil 1 iyuldan boshlab xavfli ishlab chiqarish obyektining loyiha hujjatlari sanoat xavfsizligi ekspertizasining ijobiy xulosasi "Davarxitektqurilishnazorat" boshqarmasi organlarida qurilish obyektlarini ro`yxatdan o`tkazishda va qurilish-montaj ishlarini boshlashga ruxsat berishda majburiy hujjat hisoblanadi; sanoat xavfsizligi ekspertizasi akkreditatsiya qilingan ekspert tashkiloti bilan xavfli ishlab chiqarish obyektdan foydalanayotgan (foydalanishni mo`ljallayotgan) tashkilot o`rtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi; sanoat xavfsizligi ekspertizasini o`tkazish muddati sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy va normativ texnik hujjatlarga muvofiq zarur materiallar va hujjatlar turkumi olingan paytdan boshlab hamda ekspertiza o`tkazishning boshqa barcha shartlari bajarilgach 3 oydan ortiq bo`lmasligi kerak. 639 3. "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspektsiyasi: sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimini joriy etish, uning faoliyat ko`rsatishi va rivojlanishini, sanoat xavfsizligi sohasida faoliyatni amalga oshiradigan mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni ta`minlasin; bir oy muddatda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ekspert tashkilotlari akkreditatsiyadan o`tkazilganligi va ular faoliyati ustidan nazorat yo`sinidagi tekshiruv o`tkazilganligi uchun haq to`lash tartibini ishlab chiqsin; uch oy muddatda sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirish, sanoat xavfsizligi sohasida ekspert tashkilotlarini akkreditatsiyadan o`tkazish, akkreditatsiyadan o`tkazilgan ekspert tashkilotlari faoliyati ustidan nazorat yo`sinidagi tekshiruv o`tkazish qoidalari, xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilotlar xodimlarini tayyorgarlikdan va attestatsiyadan o`tkazish tartibi to`g’risidagi nizom, shuningdek sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirayotgan ekspert tashkilotlariga va sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosalarini rasmiylashtirishga qo`yiladigan talablar belgilangan tartibda ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini ta`minlasin. 4. O`zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qo`shimchalar kiritilsin. 5. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda sanoat xavfsizligi masalalarini tartibga soladigan idoraviy hujjatlarni xatlovdan o`tkazsinlar va ularni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar hamda belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro`yxatdan o`tkazsinlar. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari E.R. Shaismatov zimmasiga yuklansin. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling