20-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob`ektida avariya yuz bergan
holda zarar etkazganlik uchun javobgarlikni majburiy sug’urta
qilish.
Ish beruvchining javobgarligi
Xavfli ishlab chiqarish ob`ektida avariya yuz bergan holda boshqa
shaxslarning hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga
zarar etkazganlik uchun javobgarlik qonun hujjatlarida belgilanadigan
tartibda majburiy sug’urta qilinishi kerak.
Ish beruvchi xavfli ishlab chiqarish ob`ekti xodimlarining hayoti,
sog’lig’i va mol-mulkiga zarar etkazganlik uchun mehnatga oid qonun
hujjatlariga muvofiq javobgar bo`ladi.
21-modda. Sanoat xavfsizligi to`g’risidagi qonun hujjatlarini
buzganlik uchun javobgarlik
Sanoat xavfsizligi to`g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda
aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo`ladilar.
22-modda.
Qonun
hujjatlarini
ushbu
qonunga
muvofiqlashtirish
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo`lgan o`z
636
normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko`rib chiqishlari va bekor qilishlarini
ta`minlasin.
23-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.
O`zbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov
637
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR
MAHKAMASINING
QARORI
10.12.2008 y. N 271
Hujjatning rus tilidagi
matniga qarang
"XAVFLI ISHLAB CHIQARISH OBYEKTLARINING
SANOAT XAVFSIZLIGI TO`G’RISIDA"GI O`ZBEKISTON
Do'stlaringiz bilan baham: |