Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Sanoat korxonalari va sexlarini oqilona planlashtirish


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

Sanoat korxonalari va sexlarini oqilona planlashtirish. Yuqorida 
ko'rib o'tilgan shovqin xususiyatlariga asosan, shovqin oralig'i ortgan sari 
shovqin darajasi pasayishini ko'rib o'tgan edik. Ma'lum nuqtada shovqin 
darajasini pasaytirish uchun shovqin chiqaruvchi asbobni shu nuqtadan 
iloji boricha uzoqroq joylashtirish kerak. 
Shuning uchun sanoat korxonalarining loyihalarini tuzganda 
shovqin chiqaruvchi sex va uchastkalarni, shovqin ta'sir qilishi niurnkin 
bo'lgan uchastkalardan (masalan, aqliy mehnat bilan shug'ullanadigan
laboratoriyalar, zavod boshqarmalari, konstruktorlik bo'limlari) bir-ikki 
joyga jamlagan holda qarama-qarshi tomonga joylashtirish tavsiya etiladi. 
Agar sanoat korxonasi shahar chegarasida yoki aholi yashaydigan
punktning o'rtasida joylashgan bo'lsa, unda shovqin chiqaruvchi 
mexanizmlarni sanoat korxonasining o'rtasiga joylashtirish tavsiya etiladi. 
Xonalarga akustik ishlov berish. Sanoat korxonalarida shovqin darajasini ortib ketishiga shovqinning biror bir to'siqqa, masalan, 
xonada devorlarga, shiftga urilib qaytishi natijasida tovush to'lqinlarini
kuchaytirish ham sabab bo'ladi. Shuning uchun shovqin darajasini 
pasaytirishda to'g'n kelayotgan tovush to'lqinlarinigina emas, balki 
qaytgan tovush to'lqinlarini ham kamaytirish chora-tadbirlarini ko'rish 
maqsadga muvofiqdir.


97 
Buning uchun xona devorlari va shiftlariga shovqin yutuvchi 
materiallar qoplash yo'li bilan ishlov beriladi; shuningdek, shovqin 
to'lqinlari tegishi mumkin bo'lgan zona maydonini oshirish maqsadida, har 
xil shovqin yutuvchi vositalardan qilingan plafonlar osish yaxshi natija 
beradi. Bunday chora-tadbirlar turkumiga akustik ishlov berish ishlari 
deyiladi. 
Har qanday qurilish konstruksiyalari ma'lum miqdorda shovqin 
yutish 
qobiliyatiga 
ega. 
Shovqin 
yutuvchi 
materiallar 
sifatida 
foydalaniladigan 
qurilish 
konstruksiyalarining 
shovqin 
yutish 
koeffitsiyenti d = 0,2 dan katta bo'lishi sharti qo'yiladi. Sanoatda umuman 
ishlatiladigan 
konstruksiyalar, 
masalan, 
g’isht 
ya 
beton 
konstruksiyalarining tovush yutish koeffitsiyenti juda kichik, 

= 0,01-
0,05. 
Materiallarning shovqin yutishi asosan materiallar g'ovaklarida 
tovush to'lqinlarining ishqalanish natijasida issiqlikka aylanishi ro'y 
beradi. Shuning uchun shovqin yutishda ishlatiladigan material g'ovak 
strukturaga ega bo'lishi kerak. Shuning bilan birga shovqin kelayotgan
tomonga qaragan g'ovaklar ochiq, ichki tomonlarida g'ovaklar bir-biriga 
tutashgan bolsa, yaxshiroq natijaga erishiladi Shovqin yutuvchi materiallar 
asosan sintetik nolalardan tashkil topgan bo'lib,ularni o'rnatganda qalinligi 
20-200 mm atrofida bo'ladi va bunday qoplamalarda shovqinning o'rta va 
yuqori chastotalari yaxshi yutiladi.
Xonadagi 
shovqin 
miqdorini 
shovqin yutuvchi 
materiillar 
yordamida kamaytirishni quyidagi formula yordamida topiladi: 

L=10lgV
2
/V

bunda, V
1
va V
2
- binoning shovqin yutkich bilan jihozlamasdan 
oldin va jihozlangandan keyingi o'zgarmas qiymatlari.
V
1
miqdorini SN i P 11-12-771 dan binolarning turlariga qarab 
qabul qilinadi yoki V
1
= Ai(l-

1
) formula yordamida hisoblab topiladi. Bu 
yerda A
1
- akustik ishlov bergunga qadar binoning shovqin yutuvchi 
ekvivalent maydoni; 

1
— shu binoning shovqin yutish o'rtacha 
koeffitsiyenti. Uni 

=A
1
/Sn bilan topiladi. Sn — binoning ichki yuzalari 
maydcmi.
V2 miqdor V
2
=A
2
(l-

2
) usulida topiladi. Bunda. binoning 
akustik ishlov berilgandan keyingi ekvivalent yuzasi, bu miqdor 

A+A ga 
teng bo'ladi. 
Bu yerda 

A — akustik; ishlov berish yo’i bilan qo'shilgan 


98 
qo'shimcha yutilgan tovush;

2
- akustik ishlov berilgandan keyin 
20-rasm Tavushning tebranish sifatida pol orqali o'tishi. 
Xonaning o'rtacha shovqin yutish koeffitsiyenti, u 

2
= A
2
/S
n
ga teng 
bo'ladi. Agar shovqin tovush yutuvchi plafonlar hisobiga bilan topiladi, 

A=A
sh’
n
sh 
bunda, A
sh
— har bitta shovqin yutishning ekvivalent yuzasi; n
sh
shovqin
yutkichlar so ni.

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling