Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Shovqin so'ndirish vositalari


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

Shovqin so'ndirish vositalari. Asosan, aerodinamik shovqinlarni 
so'ndirish uchun foydalaniladi. 
Bunday 
shovqinlarni 
kamaytirishda 
turli-tuman 
so'ndirish 
vositalaridan foydalaniladi. Bularni tanlash sharoitga, shovqin spektriga va 
so'ndirilishi kerak bo'lgan tovush chiqayotgan zonaga to'g'ridan-to'g'ri 
bog'liq bo'ladi. Shovqin so'ndirish vositalarini yutuvchi, reaktiv va 
kombinatsiyalangan usullarga bo'lish mumkin. Yutuvchi so'ndiruvchi 
vositaning asosiy xususiyati shundaki, u o'zi orqali o'tayotgan shovqinning 
o'z tarkibiga o'rnatilgan yutuvchi materiallar yordamida kamaytirish 
imkoniyatini yaratadi. Reaktiv so'ndirish vositasi esa shovqinni kelib 
chiqayotgan manbaga qaytarib yuboradi. Kombinatsiya usulida ham 
yutish, ham qaytarish xususiyatlari birgalikda qo'llanadi. 
Yutuvchi shovqin so'ndirish vositasining eng oddiy xili sifatida 
ichki tomoniga shovqin yutuvchi materiallar bilan qoplangan trubasimon 
turini ko'rsatish mumkin. Bunday shovqin so'ndirish vositalarining 
sxemalari 22-rasmda ko'rsatilgan. Rasmdan ko'rinib turibdiki, tovush 
so'ndiruvchi vosita ikki qismdan tashkil topadi. Mayda teshiklar bilan 
qoplangan o'zagi va shovqin yutuvchi tolali material bilan to'ldirilgan 
ikkinchi qavat yoki agar u bir qavatli bo'lsa, devor tomoni tolali material 
bilan qoplanadi. Ikki qavatli bo'lganda teshikli o'zakning teshiklari ma'lum 
kattalikda vatartibda bo'lishi shart, ya'ni t=2d bunda: d — teshiklar 
diametri 4—8 mm atrofida qabul qilinadi, shovqin so'ftdirish vositasining 
samaradorligini oshirish maqsadida va shuningdek, uning uzunligini 
cheklash uchun shovqin o'tuvchi kanal tovush yutuvchi plastinkalar bilan 
bir necha mayda kanallarga bo'lib chiqiladi (22 - rasm).


102 
22-rasm. Shovqin so'ndirish vositalari. 
Shovqinni kamaytirishda katakli shovqin yutish vositalari yaxshi 
natija beradi. Ammo uni ko'pincha havo qarshiligi ortib ketganligi sababli 
qo'llash imkoniyati kamroq uchraydi. 
Shovqin yutish vositalarining uzunligini aniqlash quyidagi formula 
asosida amalga oshiriladi: 
1 = 

Lt/

Lyu, 
bunda, 

Lt — talab qilinadigan shovqin so'nishi, dB; 

Lyu — 1m 
uzunlikdagi 
tovush 
so'ndirish 
vositasining 
shovqinni 
so'ndirishi 
ma'lumotnomadan olinadi. Agar shovqin so'ndirish vositasi burilgan 
joylari shovqin yutuvchi qoplamalarga ega bo'lsa, yaxshi natija beradi va 
bu holda shovqin 10—15 dB ga kamayishi mumkin. 
Shovqin yutish elementlarini shovqin so'ndirish kanallariga vertikal 
holda osib qo'yish ham yaxshi natija beradi 
Ekransimon havo so'ndirish vositalari tovush kanaldan chiqayotgan 
joylarga o'rnatiladi. Bunday vositalar to'lqin uzunligi katta bo'lgan past 
chastotadagi 
shovqinlarni 
deyarli 
pasaytirmaydi, 
ammo 
yuqori 
chastotadagi tovushlarni 10—25 dB gacha kamaytirishi mumkin. Shuni 
ta'kidlash lozimki, shovqin kamayishi asosan o'q bo'ylab yo'nalishida 
maksimal miqdorga ega bo'ladi. Bunday so'ndirish vositalarida ekranni 
kanalga qancha yaqin qo'yilsa, uning samaradorligi oshadi. Shuningdek, 
ekranning diametri kattalashishi ham samaradorligiga ijobiy ta'sir 
ko'rsatadi. Shuni aytib o'tish kerakki, ekranni juda yaqin o'rnatish 
aerodinamik qarshilikni oshirib yuborish hisobiga ba'zan yaxshi natijani 


103 
yo'qqa chiqarishi mumkin. Shuning uchun bunday ishlarni bajarganda 
hisob yo'li bilan optimal usul tanlanishi kerak. Shovqin so'ndirishning 
reaktiv usulida kengaytirilgan kamera usuli (23-rasm, a), rezonans tipidagi 
kameralar (23-rasm, b) yoki murakkab tuzilgan va bir qancha so'ndiruvchi 
sistemalarga ega bo'lgan shovqin so'ndirish vositalaridan foydalaniladi. Bu 
sistemalarning deyarli hammasida tovush to Iqinlari shovqin chiqayotgan 
tomonga qaytarib yuborish bilan yo'qotiladi. 
23-rasm. Reaktiv shovqin so'ndirgichlar. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling