Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


V.5. Shovqin to 'suvchi qopqoq, ekran va kabinalar


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

 
V.5. Shovqin to 'suvchi qopqoq, ekran va kabinalar 
Kuchli shovqin chiqaradigan mashina va mexanizmlar qopqoq 
vositalari bilan ta'minlanib, shovqin kamaytiriladi. 
Qopqoqlar asosan yog'ochdan, metalldan va plastniassadan 
tayyorlanishi mumkin. Qopqoqlarning ichki devorlari albatta shovqin 
yutuvchi vositalar bilan ta'minlanadi.
Qopqoqning tashqi devoriariga vibrodempfiriash vositalari 
yordamida ishlov beriladi. Qopqoq shovqin tarqatuvchi mexanizmni 
butunlay berkitishl shart. Agar shovqin chiqaruvchi mashina yoki 
mexanizm issiqlik chiqarib ishlaydigan bo'lsa, qopqoqlar shamollatish 
sistemalari bilan jihozlanadi. Shuning bilan birga bu shamollatish 
sistemalari shovqin so'ndhgichlar bilan ta'minlanadi. Qopqoqning 
samaradorligi quyidagi formula, bilan aniqlanadi (dB): 
L
q
=R
C
+10lga, 
bunda, R
c
-qopqoq devorining shovqin to'sishi (yuqorida keltirilgan 
formula bilan aniqlanadi). 
Ba'zi bir hollarda shovqin tarqatayotgan mashina yoki xanizmni 
qopqoq bilan berkitish iloji bo'lmay qoladi yoki shu mexanizm 
bajarayotgan jarayonni kuzatib turish ehtiyoji tug'iladi Bunday hollarda 
ishchi uchun maxsus kuzatish kabinalari tashkil qilinadi va bu kabina 
devorlari akustik I ishlov berish bilan kuzatuvchi ishchiga iloji boricha 
kam shovqin ta'sir ko'rsatadigan bo'lishi kerak. 
Ishchilarni yaqin joylarida joylashgan shovqin chiqaruvchi 
mexanizmdan muhofaza qilish uchun ekranlardan foydalaniladi. Bunday 


100 
ekranlar,ishchi ish joyi bilan shovqin chiqaruvchi mexanizm o'rtasiga 
o'rnatiladi. (21-rasm, a). Ekranlarning akustik samaradorligi shovqin 
sifatida ajralayotgan to'lqinlarni ish joylariga to'g'ridan-to'g'ri yetib borishi 
yo'lida to'siq vazifasini bajaradi. Bu usul bilan shovqinlarni butunlay 
so'ndirish imkoniyati bo'lmasada, birmuncha pasaytirish mumkin.
Shovqinning ekram orqali o'tishi uning katta-kichikligiga va to'lqin 
uzunligi 

ga bog'liq. 
Tovush to'lqinlari qancha uzun bo'lsa, ekran orqasidagi tovush 
soyasi shuncha katta bo'ladi va bu bilan tovushning pasayishi ham nisbiy 
bo'lmaydi. Shuning uchun ham shovqin so'ndirish ekranlarini yuqori va 
o'rta chastotadagi shovqinlar uchun ko'proq qo'llaniladi. Past chastotadagi 
shovqinni ekran deyarli to'smaydi, chunki bunday shovqinlar ekranni
osongina aylanib o'tadi. Shuningdek, ekran bilan shoyqin chiqaradigan 
mashina o'rtasidagi masofa ham katta ahamiyatga ega. Bu masofa qancha 
kichkina bo'lsa, shuncha samarador bo'ladi. 
Bu yerda yana bir muhim masala borki, buni albatta hisobga olish 
zarur. Bu shovqin, qaytish masalasidir. Agar ekran berk xonada qo'yilgan 
bo'lsa, qaytgan shovqin ekranni osongina aylanib o'tadi. Shuning uchun 
ham ekran ochiq yerlarda va devorlari shovqin yutuvchi vositalar bilan 
ta'minlagan joylarda yaxshi samara beradi. Ekran samaradorligini oshirish 
maqsadida uning murakkab tuzilishlaridan foydalaniladi (21-rasm, b,d) va 
ular shovqin yutuvchi materiallar bilan qoplanadi.


101 
21-rasm. Shovqin to'sish ekranlari. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling