Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


IX 4. Sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalar va kasb


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

IX 4. Sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalar va kasb 
kasalliidarini tekshirish va hisobga olish 
O’lim bilan tugagan, og'ir jarohatlanish va gruppa bilan baxtsiz 
hodisaga uchragan hollardan tashqari hamma baxtsiz hodisalarni 
tekshirishni sex boshlig'i, xavfsizlik texnikasi injeneri va jamoat 
nazoratchisi tarkibida tuzilgan komissiya tomonidan tekshiriladi. 
Baxtsiz hodisa ish boshlanishidan oldin, ish davomida, ishdan keyin, 
ish joyida, zavod hududida va ma'muriyatning topshirig'iga asosan zavod 
hududidan chetda yuz bergan bo'lishidan qat'i nazar tekshirilishi lozim. 
O'tkir zaharlanish, issiq urishi va tananing ba'zi qismlarining muzlashi 
baxtsiz hodisa sifatida tekshiriladi. 
Bir kundan kam bo'lmagan ish kunini yo'qotgan baxtsiz hodisalar 24 
soat davomida tekshirilib, maxsus forma bo'yicha (N-I) 4 nusxada akt 
tuziladi. 
Aktda baxtsiz hodisaga uchragan kishi haqidagi axborotdan tashqari, 
aniqlangan baxtsiz hodisaning sabablari keltirilishi va bunday baxtsiz 
hodisalar qaytarilmasligi uchun qanday chora-tadbirlar qurilganligi haqida 
axborot beriladi. 
Aktni korxonaning bosh injeneri tasdiqlaydi. Aktning bir nusxasi 
sex boshlig'iga yuboriladi va u bosh injener belgilagan muddat davomida 


161 
aktda ko'rsatilgan mehnatni muhofaza qilish masalalarini amalga oshirishi 
kerak, ikkinchi nusxasi kasaba uyushmasi qo'mitasiga, uchinchisi tegishli 
kasaba uyushmasining texnik nazoratchisiga va to'rtinchisi mehnatni 
muhofaza qilish bo'limiga nazorat o'rnatish uchun yuboriladi. Ma'muriyat 
baxtsiz hodisaga uchragan kishiga aktning tasdiqlangan nusxasini berishi 
shart. Baxtsiz hodisaning asoratlari keyinchalik ham kelib chiqishini hi-
sobga olib, aktlar 45 yilgacha saqlanishi kerak. 
Baxtsiz hodisa tekshirilgandan keyin sanoat korxonasi ma'muriyati 
yo'l qo'yilgan xatolarning qaytarilmasligini ta'minlashga qaratilgan buyruq 
e'lon qiladi. Bu buyraqda korxonada yuz bergan baxtsiz hodisaning kelib 
chiqishiga aybdor bo'lgan kishilarning javobgarligi aniqdanib, ta'kidlanadi. 
Baxtsiz hodisa o'lim bilan tugasa, gruppa bilan baxtsiz hodisaga 
uchrasa va og'ir jarohatlangan hollarda, tekshirish maxsus belgilangan 
tartib bilan o'tkaziladi. Bunday baxtsiz hodisalarni maxsus komissiyalar 
tomonidan tekshiriladi. Komissiya tarkibiga kasaba uyushmasi texnik 
nazoratchisi, yuqori xo'jalik tashkilotining xodimi, davlat nazorat organlari 
xodimlari va umumiy baxtsiz hodisani tekshirishda ishtirok etadigan 
xodimlar qatnashadi. 
Bunday holatlarda tekshirish tezda o'tkazilishi kerak, ya'ni tekshirish 
materiallari 7 kun ichida tayyor bo'lishi shart. Aktga baxtsiz hodisani 
ko'rgan guvohlarning ko'rsatmalari, tibbiy ekspert xu-losasi, baxtsiz hodisa 
yuz bergan joyning hamda agar baxtsiz hodisa vaqtida biron bir obyekt 
zararlangan bo'lsa, ularning fotosurat va komissiya chiqargan xulosalarni 
tasdiqlaydigan boshqa materiallar qo'shib yuboriladi. Aktga, shuningdek, 
baxtsiz hodisaga javobgar bo'lgan shaxsning familiyasi va lavozimi yozib 
qo'yiladi. 
Og'ir, gruppa bilan jarohatlanganlar va o'lim bilan tugagan baxtsiz 
hodisalar albatta fabrika, zavod kasaba uyushmasi qo'mitasida va yuqori 
xo'jalik tashkilotlari kasaba uyushmalari qo'mitalarida tahlil qilish va 
ko'rib chiqilishi kerak. So'ngra bildirilgan fikr-mulohazalar asosida keyin 
ham shunday baxtsiz hodisa ro'y bermasligi uchun umumiy chora-tadbirlar 
mundarijasi ishlab chiqilishi va qaror bilan tasdiqlanishi zarur. 
O'zbekiston Respublikasida kasbiy zaharlanish va kasb kasalliklari 
oldini olish uchun kerakli qonun va tavsiyanomalarni ishlab chiqish va 
tasdiqdash, shuningdek, kasb kasalliklari vujudga kel-ganda ularni hisobga 
olish va tekshirish ishlari O'zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash 
vazirligi tashkilotlariga topshirilgan. Kasbiy zaharlanish va kasb kasalligi 
haqidagi akt korxona rahbariga yuboriladi. Aktda bunday kasalliklarning 
qaytarilmasligini ta'minlovchi chora-tadbirlar majmuasi tavsiya etiladi va 


162 
uning bitta nusxasi Respublika Sog'liqni saqlash vazirligining yuqori 
tashkilotlariga yuboriladi. 
Baxtsiz hodisaga uchragan kishi hisobga olinib, unga ma'lum 
davolanish kursi belgilanadi. Agar zarur bo'lsa, kasb kasalligiga uchragan 
kishini mehnat ekspert tibbiyot xodimlari komissiyasi (VTEK) ga 
yuboriladi va unda uning kasb kasalligining oqibati natijasida nogironlik 
guruhi aniqlanadi va shunga yarasha ma'lum moddiy ta'minlanish miqdori 
belgilanadi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling