Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


IX 5. Sanoat jarohatlanishi va kasb kasalliklarini o'rganish


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

IX 5. Sanoat jarohatlanishi va kasb kasalliklarini o'rganish 
usullari 
Sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalarni va baxtsiz hodisalarni 
keltirib chiqaruvchi xavfli holatlarni hamda baxtsiz hodisalarning kelib 
chiqishiga sabab bo'ladigan omillarni aniqlash, ularni yo'qotish chora-
tadbirlarini ko'rishga qaratilgan. Bu ishlar asosan,oqilona ish usullarini 
qo'llash, baxtsiz hodisa va kasb kasalliklarining kelib chiqishidan xoli 
bo'ladigan ish sharoitini tashkil qilish hisobiga amalga oshiriladi. 
Baxtsiz hodisalar sabablarini aniqlash uchun asosan ikki usuldan 
foydalaniladi. 
1. Statistika usuli. Bu usul baxtsiz hodisalarning umumiy statistik 
hisobga olingan sanoat jarohatlanishining materiallarini tahlil qilishga 
asoslangan. Bu usul sanoat jarohatlanishini tahlil qilish uchun asosiy 
material bo’lishdan tashqari, baxtsiz hodisalarni kamaytirishda chora-
tadbirlar ko'rish uchun amaliy ma'lumot beradi. Bu usul bilan sanoat 
jarohatlanishini aniqlovchi chastota koeffitsiyenti va jarohatning og'irligi 
koeffitsiyentining o'rtacha ko'rsatkichini olish imkoniyatini beradi. 
Baxtsiz hodisalarning takrorlanish koeffitsiyentini, 1000 ishchi 
hisobiga, ma'lum vaqt davomida sanoat korxonasida kelib chiqqan baxtsiz 
hodisalarning o'rtacha miqdorini quyidagi formula orqali aniqlash 
mumkin: 
k=
T
P
x1000 
bunda, P — ma'lum vaqt ichidagi jarohatlanganlar soni; T — shu 
vaqt ichida korxonada ishlagan ishchilar soni. 
Jarohatlanish koeffitsiyenti mashinasozlik sanoatining qaysi 
korxonasida baxtsiz hodisalar ko'proq vujudga kelayotganligi haqida 
ma'lumot beradi. 


163 
Baxtsiz hodisaning og'irlik koeffitsiyentini, ya'ni har bir jaro-
hatlanishning o'rtacha yo'qotilgan ish kunlari hisobini ko'rsatuvchi K ni 
quyidagi formula bilan aniqlash mumkin: 
K=



bunda, П — hamma baxtsiz hodisaga uchraganlar tomonidan 
yo'qotilgan ish kunlari soni; P — shu davrda baxtsiz hodisaga uchraganlar 
soni. 
Shuni aytib o'tish kerakki, bu ko'rsatkich haqiqiy og'ir jarohatlanish 
belgilarini ko’rsata olmaydi, chunki uning tarkibiga nogironlik va o'lim 
bilan tugagan baxtsiz hodisalar kiritilmagan. Yo'qotilgan mehnat 
qobiliyatining ishchi kun miqdorini 1000 kishiga keltirib, quyidagi 
formula bilan aniqlash mumkin:
K
og'ir
=
P
T
xl000, 
bu ko'rsatkich orqali jarohatlanish dinamikasi va baxtsiz hodisaning 
og'irlik asoratini aniqlash mumkin. 
Statistika usulini ikkiga bo'lib qarash qabul qilingan: bular gruppa 
usuli va topografiya usulidir. 
Gruppa usuli. Statistik usulning tarkibiy qismi hisoblanadi va 
baxtsiz hodisalarning bir xil sharoitlarda va ayrim belgilari bilan (masalan, 
vaqti va sodir bo'lgan joyi, baxtsiz hodisaning xususiyatini va h.k.) 
gruppalangan holda, takrorlanishini aniqlash imkoniyatini beradi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling