Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
IX 5. Sanoat jarohatlanishi va kasb kasalliklarini o'rganish
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Statistika usuli.
- Gruppa usuli.
IX 5. Sanoat jarohatlanishi va kasb kasalliklarini o'rganish
usullari Sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalarni va baxtsiz hodisalarni keltirib chiqaruvchi xavfli holatlarni hamda baxtsiz hodisalarning kelib chiqishiga sabab bo'ladigan omillarni aniqlash, ularni yo'qotish chora- tadbirlarini ko'rishga qaratilgan. Bu ishlar asosan,oqilona ish usullarini qo'llash, baxtsiz hodisa va kasb kasalliklarining kelib chiqishidan xoli bo'ladigan ish sharoitini tashkil qilish hisobiga amalga oshiriladi. Baxtsiz hodisalar sabablarini aniqlash uchun asosan ikki usuldan foydalaniladi. 1. Statistika usuli. Bu usul baxtsiz hodisalarning umumiy statistik hisobga olingan sanoat jarohatlanishining materiallarini tahlil qilishga asoslangan. Bu usul sanoat jarohatlanishini tahlil qilish uchun asosiy material bo’lishdan tashqari, baxtsiz hodisalarni kamaytirishda chora- tadbirlar ko'rish uchun amaliy ma'lumot beradi. Bu usul bilan sanoat jarohatlanishini aniqlovchi chastota koeffitsiyenti va jarohatning og'irligi koeffitsiyentining o'rtacha ko'rsatkichini olish imkoniyatini beradi. Baxtsiz hodisalarning takrorlanish koeffitsiyentini, 1000 ishchi hisobiga, ma'lum vaqt davomida sanoat korxonasida kelib chiqqan baxtsiz hodisalarning o'rtacha miqdorini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin: k= T P x1000 bunda, P — ma'lum vaqt ichidagi jarohatlanganlar soni; T — shu vaqt ichida korxonada ishlagan ishchilar soni. Jarohatlanish koeffitsiyenti mashinasozlik sanoatining qaysi korxonasida baxtsiz hodisalar ko'proq vujudga kelayotganligi haqida ma'lumot beradi. 163 Baxtsiz hodisaning og'irlik koeffitsiyentini, ya'ni har bir jaro- hatlanishning o'rtacha yo'qotilgan ish kunlari hisobini ko'rsatuvchi K ni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin: K= , bunda, П — hamma baxtsiz hodisaga uchraganlar tomonidan yo'qotilgan ish kunlari soni; P — shu davrda baxtsiz hodisaga uchraganlar soni. Shuni aytib o'tish kerakki, bu ko'rsatkich haqiqiy og'ir jarohatlanish belgilarini ko’rsata olmaydi, chunki uning tarkibiga nogironlik va o'lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar kiritilmagan. Yo'qotilgan mehnat qobiliyatining ishchi kun miqdorini 1000 kishiga keltirib, quyidagi formula bilan aniqlash mumkin: K og'ir = P T xl000, bu ko'rsatkich orqali jarohatlanish dinamikasi va baxtsiz hodisaning og'irlik asoratini aniqlash mumkin. Statistika usulini ikkiga bo'lib qarash qabul qilingan: bular gruppa usuli va topografiya usulidir. Gruppa usuli. Statistik usulning tarkibiy qismi hisoblanadi va baxtsiz hodisalarning bir xil sharoitlarda va ayrim belgilari bilan (masalan, vaqti va sodir bo'lgan joyi, baxtsiz hodisaning xususiyatini va h.k.) gruppalangan holda, takrorlanishini aniqlash imkoniyatini beradi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling