Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
IX.2. Xavfning son ko'rsatkicki
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
IX.2. Xavfning son ko'rsatkicki
Tavakkalni baholash. Tavakkallik deganda, biror bir vazifani bajaiganda iqtisodiy foydani ko'zlab xavfsizlik texnikasi qoidalarining ba'zi bir nuqtalarini inkor qilgan holda bajarish holati tushuniladi. Tavakkalni har xil holatlar uchun ayrim qabul qilinadi. Masalan, xavfli vaziyat xavfi jarohat olish bilan bo'lishi aniq ko'rinib tuigan holat va odam sog'lig'iga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan holat. Bunda birinchi holatda xavfli vaziyat xavf manbayi potensial xavf tug'diruvchi omil sifatida bu qanday xavf bo'lishidan qat'i nazar (odam organizmiga, moddiy zarar yoki atrof-muhitni zararlashi) tezda qisqa muddatda ta'sir ko'rsatadi. Ikkinchi holatda esa xavf manbayi uzoq muddat davomida uzluksiz ta'sir ko'rsatib boradi. Agar tavakkal qabul qilingan ishda beradigan zarar shaxsiy mulkka va moddiy yo'qotishga borib taqalsa, unda uni pul bilan o'lchanadi. Ammo unutmaslik kerakki, avariya bo'lgan taqdirda yetadigan zarar bir maromda va bir xilda bo'lmasligini inobatga olib, ularning keyingi qiyoslari tavakkalni ehtimollari asosida aniqlanadi. Jumladan, agar yetadigan zararni hisoblash qiyinchilik tug'dirsa, unda tavakkalni chegara miqdor asosida hisoblanadi. Agar yetadigan zarar sog'lig'iga ta'sir qiladigan bo'lsa, uning hisobi yo'qotilgan kunlar uchun to'lov qog'oziga va uning ish joyida vaqtincha almashtiigan kishi uchun to'lov sifatida hisoblanadi. Bu haqiqiy holatni aniq belgilamaydi. Agar baxtsiz hodisa o'lim bilan tugagan bo'lsa, uni hisoblash masalasi yanada qiyinlashadi. Shuning uchun tavakkal, agar 158 baxtsiz hodisa bilan bog'liq bo'lsa, uni tavakkalni ehtimollar asosida baholanadi. Shunday qilib, tavakkalning o'lchov birligi odam sog'ligiga va shaxsiy mulkiga xavf solgan taqdirda har xil bo'ladi. Shuning uchun, agar bir vaqtning o'zida ham sog'lig'iga ham shaxsiy mulkiga xavf tug'iladigan bo'lsa, unda tavakkalni vektor ko'rinishida koordinat o'qlari bo'yicha har xil o'lchovlarda yozish mumkin: R=U∙P, bu yerda o'ng tomondagi ko'paytmada hamma shartlar hisobga olinganligi uchun, tavakkalni qiyoslash imkoniyati mavjud. Tavakkalni shaxsiy va umumiy turlarga bo'lib qaraladi. Shaxsiy tavaklcal favqulodda hodisa natijasida yetkazilgan zararning kutilgan miqdori U* ma'lum. T vaqt mobaynida M miqdordagi odamlar guruhiga nisbatan olinadi. (Agar shaxsiy tavakkallik ko'rsatilayotgan bo'lsa, odamlar soni ko'rsatilgan bo'lishi kerak). R=U*/(T*M). Bir guruh odamlar uchun umumiy tavakkallik (kollektiv tavakkallik): R=U*/T. Har qanday odam ma'lum bir sharoitda va deyarli hamma odamlar ham, ma'lum sharoitda tavakkallik holatini boshidan kechiradi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling