Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
VA ULARDAN MUHOFAZALANISH
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
VA ULARDAN MUHOFAZALANISH
IX. 1. Xavf-xatar haqida tushunchalar va tahlil usullari Xavf tushunchasi. Umuman, sanoat korxonalarida va hayot faoliyatining boshqa turli jabhalarida xavfli vaziyatlar bo'lib turishi muqarrar va buni hech kim va hech qachon inkor etgan emas. Xavf-xatar tahlilining asosiy obyekti bu «Inson — mashina — atrof-muhit (IMA)» tizimini tashkil qiladi bu esa o'z navbatida ma'lum bir vazifani bajarish uchun texnik obyekt sifatida birlashgan odamlar va atrof-muhit bir-birlari bilan o'zaro bog'langan holda butun bir kompleks shaklida mujassamlanadi. Bunday birlashishning eng sodda turi insonning uy sharoitida uy-ro'zg'or ishlarida foydalaniladigan mashina va mexanizmlardan foydalanganda bo'ladigan qisman muloqotini keltirib o'tish joiz. Bundan tashqari, bunday sharoitlar unga yo'l sharoitida va har xil sanoat korxonalari bilan bo'ladigan bordi-keldi ishlarida ham mujassamlanishi mumkin. Buni hududiy, hududlararo va mamlakat hamda dunyoviy miqyosda ajratish mumkin. Mujassamlashish doimiy va nodoimiy bo'lishi mumkin. IMA tizimiga kiruvchi obyektlarning nodoimiy mujassamlashish jarayonida favqulodda holat vujudga kelishi mumkin. Buni xavf-xatar tahlili usulini va tuzilishini quyidagi jadvallarda ko'rib chiqamiz. Favqulodda hodisa — IMA tizimida nisbatan qisqa muddat ichida yuz berishi mumkin bo'lgan hisobga olinmagan, rejalashtirilmagan noxush va ko'ngilsiz voqea bo'lib, butun ish rejasini buzib yuboradi. Baxtsiz hodisa — favqulodda hodisaning inson organizmiga zarar yetkazish bilan tugallangan ko'rinishidir. To'xtash-favqulodda hodisaning tizimning ishlash qobiliyatiga putur yetkazishda ifodaianadi. 151 Hodisa — to'xtashning inson xulqi yoki notocg'ri harakati natijasi deb tushuniladi. Xavf-xatar tahlili yuqorida sanab o'tilgan xavilami oldindan ko'ra bilish va uni kelib chiqishini oidini oladigan chora-tadbirlar belgilash imkoniyatini yaratadi. Xavf-xatar tahlilida asosan muhim bo'lgan quyidagi savollarga javob topish yo'li bilan amalga oshiriladi. Qaysi obyektlar xavfli va ularning xavfi nimada? Qanday favqulodda hodisalarni oidini olish mumkin? Qaysi favqulodda hodisalarni to'liq yo'qotish mumkin emas va u tez-tez bo'lib turadimi? Oldi olinmagan favqulodda hodisalar odamlarga, moddiy obyektlarga va atrof-muhitga qanchalik zarar yetkazishi mumkin? Xavf-xatarni tahlil qilish uning xavflilik darajasini aniqlagan holda uni yo'qotishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilash bilan yakunlanadi. Bu albatta, birmuncha zaruriy bilimlarni: ehtimollik nazariyasi, statistika tahlili, injenerlik bilimlari bilan birga fikrlaslr va mushohada qilish imkoniyatiga ega bo'lgan kishilargina bajarishi mumkin. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling