Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

Zarar keltiruvchi omil — zararlovchi omilning namoyon 
bo’lishi.
Shunday qilib, «Xavf tushunchasi xavfli holat manbayi mayjud 
bo'lganda muhofaza vositalari bo'lmagan holatni ham o'z ichiga oladi. 
Muhofaza vositalari va oldini olish chora-tadbirlari amalga oshirilganda 
xavf manbayidagi xavflilik darajasini birmuncha oshirish yo'li bilan 
bo'lishi mumkin bo'igan xavfning kamayishiga erishilgan bo'lar edi. 
Masalan, elektr tokini o'tkazuvchi elektr simlarini izolatsiya Jqilish yoki 
mashina-mexanizmlar aylanuvchi qismlarini qopqoqlar bilan ta'minlash 
xavfli holat saqlangani bilan umumiy holatni kamaytirish imkoniyatini 
yaratadi. Xavf bo'lmagan sanoat korxonasi bo'lmaganidek, xavf
bo'lmagan mashina- mexanizmi ham topib bo'Imaydi. Shuning uchun 
xavfni xavfsizlikka qarama-qarshi qo'yish yo'li bilan uni kamaytirish 
imkoniyatlari qidiriladi. Shuning uchun ham xavf manbai ma'lum 
tavakkallik yo'li bilan xavfsizligi ta'minlangan bo'lsa, uni xavfsiz deb 
hisoblash mumkin, Bunda tavakkallik ma'lum quvushqon ichida bo'lishi 
talab qilinadi. Tavakkallik baxtsiz hodisaga olib keliahi mumkin bo'igan 
holatlar xavfli zona deb yuritiladi.
Hozirgacha biz xavf haqida uni kelib hiqishigacha bo'igan holatlar 
haqida so'z yuritdik. Xavf sodir etilgandan keyin xavfsizlik haqida 
gapirish noo'rin, endi so'z baxtsiz hodisa sabablari va uning yetkazgan 
zarari, shuningdek, xavf manbayi haqida borishi mumkin. Bundan kelib 
chiqadiki, xavfli vaziyatni tahlil qilish birinchi navbatda potensial zarar 


156 
keltiruvchi faktor va potensial favqulodda holat manbayi sifatida qaralishi 
kerak. Potensial zararli omil ma'lum bir muddatgacha qorong'i va mavhum 
holatda bo'lib lqolishi mumkin. Uni idrok etish va aniqiash oson emas. 
Potensial zararli omil ba'zi bir muddatgacha noaniq, nazarimizdan chetda 
bo'lishi mumkin. Uni idrok etish yoki aniqiash oson emas. Ammo bir 
qancha potensial holatlar orasidan, bular bir-biri bilan bog'langan zanjir 
hosil qilgan bo'lishidan qat'i nazar, eng ko'p zarar yetkazishi mumkin 
bo'igan potensial xavfli holatni aniqiash va idrok etish mumkin yoki 
shunga yaqin keladigans holatni xavfli holatga –yaqinlashtirish 
imkoniyatlari bo'ladi. Bunda bu holat hamma xavfli omillar ildizini tashkil 
qilisliini va favqulodda hodisaning asosi bo'lishini asoslash mumkin. 
Quyidagi jadvalda bunga misol keltirilgan:
17 jadval 
Xavfli 
omil 
manbayi 
Xavf (potensial 
favqulodda 
hodisa) 
Zararlovchi 
omillar 
Bosim ostida 
gaz 
saqlanuvchi 
idish 
Elektr 
qurilmasi 
Yuk ko’tarish 
krani 
Yadro 
qurilmasi 
Portlovchi 
aralashma 
Mexanik portlash 
Idishdan gaz 
chiqib ketishi
Korpusga tok 
o’tib ketishi 
Tros uzilishi
Zonasiga tushib 
qolish 
Kimyoviy 
portlash 
Idish 
parchalari 
otilib ketishi 
Zaharli gaz 
Elektr toki 
ta’siriga
Tushib 
qolish 
Yuk ta’siriga
tushish 
Radiatsiya
Portlash 
zarbasi 
Bu jadvaldan uch turkumga bo'lish albatta shartli bo'lib, bundan 
qaysi maqsadda shart qo'yilganiga qarab ajratish mumkin. Masalan, otilib 
ketayotgan idish parchalarini xavf manbayiga ham potensial favqulodda 
hodisaga ham kiritish mumkin. Bunda bu uchayotgan parcha odamga 
tegsa, potensial favqulodda hodisa bo'ladi, aslida esa odamni zararlovchi 
omil bu uchuyotgan parcha hosil qilgan kinetik energiyasi hisobiga 
bo'layapti. 
Favqulodda baxtsiz hodisa shunday holatlar yaratishi mumkinki, uni 


157 
son ko'rsatkichini aniqlash mushkul. Chunonchi o'lim bilan tugagan, 
umrni qisqarishga olib kelish, sog'liqqa zarar yetishi, tashqi muhitga zarar 
yetishi, ishlab chiqarishda tartibsizliklar paydo bo'lishi va boshqalar. 
Bundan tashqari yetkazilgan zarar miqdorini ham bir xil o'lchash 
imkoniyati yo’q. Ya'ni qancha odam jarohatlangan, zararlangan moddiy 
boyliklarning ko'p-kamligi va qiymatini ham aniqlash qiyinchilik 
tug'diradigan omillar hisoblanadi. Shuning uchun bunday omillar 
yetkazilgan zarar tushunchasi bilan almashtiriladi. Shuni ham aytib o'tish 
joizki, baxtsiz hodisalarni son va sifat ko'rsatkichlari bilan aniqlanadi. 
Odam hayotini pul bilan o'lchash albatta qabohat hisoblansa ham «Hayot 
faoliyati xavfsizligi» nuqtayi nazaridan buni bajarishga to'g'ri keladi, 
bunda uni qiymatini asoslovchi ekvivalentlarni topish muhim vazifa 
sanaladi.


Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling