167
Elektr tok ta’siri natijasida inson tanasini shikastlanishi
elektr
jarohat deb ataladi. Elektr tokning xatarligi shuki, inson o’z sezguvchi
organlari bilan, kuchlanishni bor-yo’qligini aniqlamaydi.
Odam faqat
elektr kuchlanish ostida qolgandan keyin himoyalovchi reaksiyasi
kechikib ishga tushadi.
Insonni elektr tokidan jarohatlanishi sabablari quyidagicha:
izolyasiya qilinmagan tok o’tkazuvchi qismlarga tasodifan tegib ketishi;
izolyasiyasi lat yegan sababi metal qismlarga tokni o’tib ketishi;
kuchlanish ostida
qolgan metalmas buyumlardan, qadamli kuchlanishdan
va elektr yoyi orqali.
Inson tanasidan o’tayotgan tok: termik, elektrolitik, biologik ta’sirini
va mehanik jarohatlanish olishi mumkin.
Termik ta’siri - teri to’qimasining hujayrasini qizishidan
kuydirishigacha olib kelishi mumkin.
Elektrolitik ta’siri - organizmning
suyuqliklari parchalanishi
natijasida qonning va hujayralarning kimyoviy va fizik hususiyatlari
o’zgarilishi kuzatiladi.
Biologik ta’siri - tanani bioenergetik jarayonini buzilishi, ya’ni tirik
hujayralarni to’lqinlanishi va mushaklarni keskin qisqarishiga olib
keladigan holat.
Elektr tok bilan shikastlanishni ikki turini ko’rsatish mumkin: elektr
jarohat va elektr zarb.
Do'stlaringiz bilan baham: