Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sanitar-gigienik sabablar.
- Psixo-fiziologii sabablar.
Texnik sabablar. Stanoklar, ish qurollari, yordamchi vositalar
harakatlanuvchi va yuk ko'taruvchi qismlarning konstruktiv kam- chiliklari, mashina va mexanizmlarning ayrim qismlarining sinib yoki uzilib ketishi, texnologik jarayonlarning nomukammalligi, to'siq qurilmalari va saqlovchi vositalarining puxta ishlamasligi. Sanitar-gigienik sabablar. Ob-havo sharotining qoniqarsiz bo'lishi (havoning harorati, nisbiy namligi, harakat tezligi va bosimi, issiqlik ajrapib chiqishi) sanoat korxonalardagi havo muhitining changlanganligi, ish joylari, maydonlar va o'tish joylarning oqilona yoritilmaganligi, shovqin va titrashning mavjudligi, ishlab chiqarish xonalari va sanitar maishiy xonalarning yetarli emasligi hamda sanitar-gigienik talablarga javob bermasligi, shaxsiy gigiena talablariga rioya qilmaslik. Psixo-fiziologii sabablar. Ishchi psixologik rejimining buzilishi natijasida vujudga keladigan sabablar: oilaviy notinchlik, ish jamoalarida kelishmovchilik va h. k. Bu sabablar aniqdangandan keyin ish sharoitida ularning kelib chiqmasligini ta'minlovchi chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilishi kerak. Bu chora-tadbirlarni amalga oshirish, ishlab chiqarish sharoitida baxtsiz hodisalarning butunlay yuqolishiga yoki asosan kamayishiga olib 166 kelishi kerak. X.bob. ELEKTR XAVFSIZLIGI Elektr tokni insonga ta’sirini XVII asrni oxirgi choragida aniqlangan. Baland voltli elektrkimyo kuchlanishlarini manbaini xatarliligini birinchi bo’lib V.V.Petrov aniqlagan. Ishlab chiqarishdagi elektr jarohatlarini ancha keyin: 1863 yilda o’zgarmas va 1883 yilda o’zgaruvchan tokni ta’siri yozilgan. Sanoatda elektr energiyasidan keng qo’lamda foydalanish yo’lga qo’yilganligi sababli elektr toki tasirida ro’y berisi mumkin bo’lgan bahtsiz xodisalar va ulardan saqlanish muhim masalalar qatoriga kirib ormoqda. Elektr toki tasirining eng xavfli tomoni shundaki, bu xavfni oldinroq sezish imkoniyati yoq. Shuning uchun ham elektr toki xavfiga qarshi tashkiliy va texnik chora-tadbirlar belgilas, to’siq vositalari bilan taminlash, shaxsiy va jamoa muhofaza tizimlarini o’rnatish nihoyatda muhim. Umuman elektr toki tasiri faqat birgina biologik tasir bilan chegaralanib qolmasdan, balki elektr yoi tasiri, magnit maydoni tasiri va statik elektr tasirlariga bo’linadiki, bularni bilish har bi kishi uchun kerakli va zaruriy malumotlar jumlasiga kiradi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling