165
tushmagan va sozlanmagan holatda bo'ladi. Yarim soatdan keyin ish
maromi muvofiqlashadi va bir me'yorda taxminin 3,5 soat davom etadi,
so'ngra yana pasayish boshlanadi. Baxtsiz hodisalarning
yuz berishi ham
xuddi shu grafik asosida borishi aniqlandi. 4 soat davomida ishchi
charchashi hisobiga ish qobiliyati kamaysa, xuddi shu charchash hisobiga
baxtsiz hodisalar ham vujudga keladi.
Tashkiliy sabablar. Tashkiliy sabablarga quyidagi sabablarni
kiritish mumkin. Sanoat korxonasini loyhalash vaqtida yo'l qo'yilgan
xatolar,
ishchi
va
xizmatchilarni
xavfsiz
ishlash
usullariga
o'rgatilmaganligi, yo'riqnomaning noto'g'ri o'tkazilganligi,
ishchilar
mehnatidan mutaxassisligi bo'yicha foydalanmaslik, xavfsiz mehnat qilish
texnik nazoratining yo'qligi, xavfli ekanligini bilib turib, noto'g'ri tartib
bo'yicha ish olib borish va ishchilarning o'zaro
kelishmasdan ish olib
borishlari, texnologik jarayonlarning buzilishi, ishchilarning mehnat qilish
va dam olish rejalarining buzilishi, ishlarni noqulay rejalashtirish,
sanoat
korxonasi hududida yo'lka va o'tish joylarini noto'g'ri joylashtirish, ish
joylarini noto'g'ri tashkil qilish, nobob
ish qurollaridan foydalanish,
shaxsiy muhofaza aslahalarining ish sharoitiga to'g'ri kelmasligi,
to'siqlarning yo'qligi, xavf haqidagi ogohlantiruvchi plakatlarning
bo'lmasligi.
Do'stlaringiz bilan baham: