Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


A-nihoyatda yuqori nurlanish aktivligiga ega bo'lgan izotoplar;  B


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

A-nihoyatda yuqori nurlanish aktivligiga ega bo'lgan izotoplar; 
B-yuqori nurlanish aktivligiga ega bo'lgan izotoplar; 
D-o'rtacha nurlanish aktivligiga ega bo'lgan izotoplar; 
E-kichik nurlanish aktivligiga ega bo'lgan izotoplar;
F-nurianish aktivligi juda kam bo'lgan izotoplar.
Radioaktiv moddalar bilan ochiq holda ishlaganda ularning zararli 
nurlanish aktivligiga qarab uch sinfga bo'linadi. Zararli nurlanish aktivligi 
bo'yicha III sinfga mansub moddalar bilan kimyo laboratoriyalarida 
ishlash mumkin. I va II sinf moddalar bilan esa maxsus jihozlanganva 
ma'lum sanitariya-gigiena va texnik talabga javob beradigan xonalarda ish 
olib borish tavsiya etiladi. III sinf moddalarni ishlatganda ba'zi bir yengil 
operatsiyalarni ish stolida, asosan, maxsus shamollatiladigan shkaflarda 
bajariladi. I va II sinf radioaktiv moddalar bilan ishlash asosan 
shamollatiladigan shkaflarda yoki maxsus bokslarda amalga oshiriladi. 
Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda, radioaktiv modda zarralari 
ish joylarini, odamning qo'llari va boshqa ochiq tana qismlariga o'tirib 
qolishi, havo muhitiga o'tib qolishi va u yerda radioaktiv nurlanish 
manbalari hosil qilishi mumkin. Shuningdek, bu radioaktiv changsimon 
moddalar nafas yo'llari yoki teri orqali organizm ichki a'zolariga kirib 
qolishi mumkin.
Terining nurlanish dozasini katta aniqlik bilan hisoblash 
imkoniyatlari bor. Buning uchun ish bajarilayotgan zonaning zararianish 
darajasi aniqlanadi. Bunda ishlatilayotgan moddlaning aktivligi va 
zararlangan yuzaning kattaligi hisobga olinadi. 
Ichdan nurlanish dozasini hisoblash ancha qiyin, chunki u bir 
qancha omillaiga bog’liq. Teri, shaxsiy muhofaza aslahalari va xonalar 
ishchi yuzalarining yo'lqo'yiladigan zararianish darajasi aniqlanmaydi. 
Bular radioaktiv moddalar bilan ishlashda orttirilgan tajribalarga 
asoslangan sanitariya qoidalarida belgilanadi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling