Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Download 0.89 Mb.
bet36/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

Paxta chigiti. Paxta paxtadoshlar oilasiga kiradigan bir yillik tolali o‘simlik. U asosan tolasidan gazlama to‘qish uchun ekilib kelingan. Shuning uchun ham ko‘p vaqtlargacha chigitga “sanoat chiqindisi” deb qaralib, uning moyini ko‘paytirish ustida selektsiya ishlari olib borilmagan.
O‘zbekistonda paxtaning uzun tolali va o‘rtacha tolali navlari ekiladi. Uzun tolali paxtadan qora chigit, o‘rtacha tolali paxtadan esa paxta zavodlaridagi jin va linter mashinalarda tozalangandan keyin ham 8-12,0% lint (kalta dag‘al tola) qoladigan chigit chiqadi. Bunday chigitning sirti ko‘kimtir lint va delint bilan qoplangan bo‘ladi. Momiq tarkibida sellyuloza, moy, mum, pektin moddalar, pigmentlar va mineral tuzlar bo‘ladi. Chigit mag‘zi ichida murtak bor. Mag‘izning ko‘p qismi shu murtak uchun oziq tariqasida yig‘ilgan moy va oqsil moddalardai tashkil topgan. Ular yupqa qobiqqa o‘ralgan, ustidan esa po‘choq bilan qollangan bo‘ladi. Qalin po‘choq mag‘izni mexanik zararlanishdan saqlab turadi.
Paxta navi, tuproq-iqlim sharoiti va qo‘llaniladigan agrotexnika tadbirlari chigitning kimyoviy tarkibiga ta’sir etadi. Shuning uchun ham turli tabiiy sharoitda etishtirilgan paxtaning chigiti har xil bo‘ladi.
Chigitning mag‘zi tarkibi turlicha bo‘lgan uzun hujayralardan tuzilib, unda moy va oqsil moddalar bo‘ladi. Mag‘iz hujayralarining protoplazmasi albuminoid guruhiga kiradigan oqsillardan tashkil topgan bo‘lib, issiqlik ta’sirida iviydigan bo‘ladi. Chigit po‘cho‘i asosan sellyuloza va gemitsellyulozadan iborat bo‘lib, uning tarkibida moy juda oz 0,5% bo‘ladi.
Har bir hujayra quyidagi qismlardan: hujayra devori, eleoplazma va aleyron donachalaridan tashkil topgan. Aleyron donachalarining tarkibida 50-75% oqsil bo‘lib, qolgan qismi fosforli, lekin oqsili bo‘lmagan boshqa moddalardan iborat. Hujayra devorlari gemitsellyulozadan tuzilgan. Yo‘ eleoplazma tarkibiga kiradi. Eleoplazmaning ichida moydan tashqari, sitoplazma oqsil moddalar ham bor.
Chigit mag‘zining tarkibidagi bezchalar asosan yupqa devorli 2-3 ta mayda va bir necha dona yirik hujayralardan tuzilgan. Bu hujayralarning ichi gossipol, gossipurpurin, pigment va kimyoviy jihatdan murakkab tuzilgan boshqa turli moddalar bilan to‘la bo‘ladi.
Chigit pishib yetilgan davrda tarkibida moy ko‘payib, suv kamaya boradi. Bu davrda eleoplazma suyuq gel holatidan o‘z ichiga moy tomchilarini qamrab olgan elimsimon holatga o‘tadi. Mag‘izning suvi yana ham kamayganda moy tomchilari ultradispers holatga o‘tib, geterogen sistema hosil qiladi.
Paxta moyi chala quriydigan moylarga kiradi va asosan C16-C18 moy kislotalardan tuzilgan triglitseridlardan tashkil topgan bo‘ladi.
Kuzda ho‘l (nam) va xom terilgan paxtaning chigitini saqlash qiyin. Chunki nam ta’sirida enzim fermentining aktivligi ortishi natijasida chigit qiziydi, moyi parchalanib aldegid, keton, moy kislotalar, karbon gazi (CO2) va boshqalar hosil bo‘ladi, chigit avval sarg‘ayib, keyin qorayib “kuya” boshlaydi, buziladi. G‘o‘za asosan O‘rta Osiyo respublikalarida, Qozo‘istonning janubiy rayonlarida va qisman Azarbayjonda ekiladi.
Paxtaning 60% ni chigit tashkil etadi, uning moyliligi 15-20%.
O‘simlik moylari moy kislotalar, trigletseridlar tarkibi jihatidangina emas, balki fizik-kimyoviy xossalari bilan ham bir-biridan farq qiladi. Chigit moyi, asosan, to‘yinmagan olein, linolen va to‘yingan palmitin, stearin kislotalar triglitserididan iborat bo‘ladi. N.I.Ishoqov, A.G.Vereshchagin va S.V.Skvortsova paxta moyi tarkibidagi moy kislotalarning turi va ularning moy vazniga nisbatan protsent bilan ko‘rsatilgan miqdorini quyidagicha ifodalaydilar:
N.I.Ishoqov va O.S.Sodiqov chigit moyi tarkibida 1% dan ortiq araxin kislota borligini aniqlaganlar.



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling