Moyli xom ashyolar namligi, tarkibidagi aralashmalar bo‘yicha sifat
ko‘rsatkichlari
Quyidagi jadvallarda asosiy moyli urug‘larning namligi va tarkibidagi aralash moddalarning miqdori bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlari ko‘rsatilgan.
Texnik chigit navlarining asosiy ko‘rsatkichlari
Paxta tozalash zavodlarida paxta tolasi va momigi ajratib olingandan keyin moyni olish uchun yog‘ zavodlariga yuboriladigan chigit navlari texnik chigit deb ataladi; texnik chigiti to‘rt navga bo‘linadi.
Hozir amalda bo‘lgan GOST ga muvofiq, yetilib pishgan, sog‘lom chigitlar birinchi navga kiradi; bunday chigit kundalangiga kesib ko‘rilganda mag‘izi och novvot rangda bo‘lib, ko‘zga arang chalinarli och yashil yoki boshqa tusi bor. Bu navga kiradigan o‘rta tolali chigitning tuklilik darajasi quyidagicha; paxta tozalash zavodlarida momig‘idan va tukidan ikki marta tozalangan chigitda – 8,0 % gacha, bir marta tozalangan chigitda – 11,0 % gacha bo‘ladi, ingichka tolali paxta chigitning tuklik darajasi 2,0 % dan ortmsaligi kerak. Begona aralash moddalar va moyli aralashmalar 1,9 % dan, chigitning namligi esa 8,0 %dan oshmasligi kerak.
Mag‘zi chala pishgan chigit bilan och mag‘zli chigit aralashmasi ikkinchi navga kiradi. Kundalangiga kesib kurganda chigit mag‘zi novvot rangli bo‘lib,chigitning turlariga qarab boshqa tusda tovlanadi. Bu navga kiradigan o‘rta tolali chigitning tuklilik darajasi; chigit momig‘idan va tukidan paxta tozalash zavodlarida ikki marta tozalansa – 8,5 % gacha, bir marta tozalansa 11,5 %gacha; ingichka tolali paxta chigitining tukliligi 3,0 %dan ortmasligi kerak. Begona aralash moddalar va moyli aralashmalar miqdori 3,5% dan chigitnig namligi 11,0 %dan oshmasligi kerak.
Chigitlarning ko‘prok qismini chala pishgan, xom va och mag‘zli chigit hosil qilsa, bunday chigitlar uchinchi navga kiradi. Bunday chigitning tusi kukimtir – sargish rangdan to sarik ranggacha bo‘ladi, chigitning turlariga qarab uning mag‘zi boshqa tusda bo‘lib ham ko‘rinadi. Bu navga kiradigan o‘rta tolali chigitning tuklilik darajasi; chigit momig‘idan va tukidan paxta tozalash zavodlariga ikki marta tozalansa – 9,5% gacha, bir marta tozalansa 12,5% gacha; ingichka tolali paxta chigitining tukliligi 4,0% dan ortmasligi kerak. Begona aralash moddalar va moyli aralashmalar miqdori 12,0%dan, oshmasligi kerak.
Asosan xom va och mag‘zli hamda mag‘zi kesib kurilgandan rangi sarikdan tortib och jigar ranggacha bo‘lgan chigitlar turtinchi navga kiradi. Bu navga kiradigan o‘rta tolali chigitning tuklilik darajasi chigit momig‘idan va tukidan paxta tozalash zavodlarida ikki marta tozalansa – 11,5% gacha, bir marta tozalansa 13,5% gacha ingichka tolali paxta chigitini tukliligi 6,5% dan ortmasligi kerak. Begona aralash moddalar va moyli aralashmalar miqdori 23,0% gacha chigitning namligi 14,0% dan oshmasligi kerak.
Yuqoridagi ko‘rsatkichlarga to‘g‘ri kelmaydigan chigit navsiz hisoblanib moy olish uchun yaramaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |