Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Urug‘larning nafas olish jarayoni


Download 0.89 Mb.
bet43/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

Urug‘larning nafas olish jarayoni. Urug‘ tirik organizmdir. Normal sharoitda u sekin-asta nafas oladi. Namlik oshganda achish jarayoni boshlanadi, nafas olish ham ko‘chayadi va mag‘zidagi zapas oziqlar sarflana boshlaydi.
Namlik va harorat ortishi fermentlar aktivligini oshiradi. Fermentlardan oksidaza va gidrolazalar ayniqsa tez rivojlanadi. Oksidaza mag‘zining oqsil va boshqa moddalarni achitadi, gidrolaza esa organik moddalarning gidrolizlanish (parchalanish) jarayonini tezlatadi. Agar fermentlar aktivligi susaygan bo‘lsa, u vaqtda urug‘lar anabioz (tinish) holatida uzoq vaqt (5-10 yil) gacha saqlanishi mumkin. Agar fermentlar butunlay bo‘lmasa, urug‘lar ming yillab ham sof holatda buzilmay saqlanishi mumkin. Lekin uzoq vaqt saqlangan urug‘larning sifati buziladi, ulardan olingan yog‘lar oziq-ovqatga yaramaydi.
Bu reaktsiyada hosil bo‘lgan suv va issiqlik achish jarayonini yanada kuchaytiradi; natijada urug‘larning buzilishi uzluksiz jarayonga aylanib ketishi mumkin. Bu jarayonning intensivligi ajralgan CO2 miqdori orqali bilish mumkin.
Nafas olish jarayonida biologik, kimyoviy va fizik xodisalar ro‘y beradi. Nafas olishda o‘zlashtirilgan kislorod miqdorining chiqarilgan (CO2) karbonat angidridning molyar yoki hajmiy miqdoriga nisbati nafas olish koeffitsienti deb ataladi. Bu koeffitsient har xil nav urug‘lar uchun turlicha bo‘ladi. Nafas olish koeffitsienti (n.k.) qo‘yidagi tenglamadan aniqlanadi:
bunda, a-kolba ichidagi havo tarkibida bo‘lagan CO2 miqdori,%; a0-analiz boshlanishi oldidan olingan havo tarkibidagi CO2 ,%; b0 – dastlabki davrdagi havoda bo‘lgan O2 miqdori, %; b-kolba ichidagi havo tarkibida bo‘lgan O2 miqdori,%.
Urug‘lar jadal nafas olganda tarkibidagi ozuqa moddalarning parchalanishi qo‘yidagi sxema bo‘yicha boradi:
Yog‘ yog‘ kislotalar uglevodlar karbonat angidrid + suv + issiqlik.
Kislorod miqdori ko‘p bo‘lganda nafas olish jarayoni aerob jarayoni deyiladi, kislorod kamligida borsa anaerob jarayon deyiladi va quyidagicha boradi: bunda bir gramm-molekula hisobiga faqat 117,65 J ajraladi.
Moyli urug‘ning nafas olishi harorat ko‘tarilishi bilan jadallashadi va ma‘lum bir haroratdan keyin sekinlashadi. Bizga ma‘lumki harorat oshishi bilan fermentlarning aktivligi oshadi va bu aktivlik ma‘lum bir haroratdan keyin pasayadi, bunga sabab harorat ko‘tarilishi bilan fermentlar inaktivatsiyalanadi. Inaktivatsiyalanish harorati ham yuqori bo‘ladi.
Harorat noldan past bo‘lganda ham nafas olish jarayoni davom etadi, lekin u juda sekin boradi. Moyli urug‘ saqlanayotgan atrof-muhit harorat tarkibidagi gazlar miqdori uning nafas olishga ta‘sir etadi. Xom ashyoning nafas olishi, uning tarkibidagi mikroorganizmlarning nafas olishi natijasida karbonat angidrid gazining miqdori ko‘p bo‘ladi. Agar atrof muhitdagi havoning nisbiy namligi normadan yuqori bo‘lsa, moyli urug‘ namlikni o‘ziga yutadi va namligi oshib nafas olishi jadallashadi. Moyli urug‘ saqlanayog‘an atrof muhitda karbonat angidrid gazining miqdori ko‘paysa nafas olish sekinlashadi.
Saqlanayotgan urug‘ning namligi normadan oshishi bilan undagi fermentlarning aktivligi oshadi, nafas olish tezlashadi va natijada buzilish jarayoni oshadi. Moyli urug‘larda nafas olish asosan kislorodli aerob sharoitida ro‘y beradi. Nafas olish jarayonining tezligi yutilayotgan kislorod va ajralib chiqayotgan karbonat angidrid gazining miqdori bilan xarakterlanadi.
Nafas olishda o‘zlashtirilgan kislorod miqdorining chiqarilgan karbonat angidridning moylar va xajmning miqdoriga nisbati nafas olish koeffitsienti deb ataladi. Bu koeffitsient har xil nav urug‘lari uchun turlicha bo‘ladi. Urug‘ning nafas olish tezligiga – namlik, harorat, atrof muhit havosi tarkibi va boshqalar ta‘sir etadi.
Quyidagi jadvalga paxta chigitining nafas olishini jadallashishiga namlikning ta‘sir etishi ko‘rsatilgan.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling