Mikroorganizmlar va zararkunandalar ta‘siri. Moyli urug‘larni saqlashda mikroorganizmlarning ta‘siri natijasida buzilish jarayonlari ro‘y beradi. Moyli urug‘lar tarkibida turli tuman bakteriyalar bo‘lib, ular xom ashyo nam bo‘lsa, tarkibida begona aralash moddalar ko‘p bo‘lsa, atrof muhitning namligi yuqori bo‘lsa, ularning faoliyati uchun qulay sharoit bo‘ladi. Ayniqsa, moyli urug‘lar mexanik shikastlangan, chaqilgan, maydalangan bo‘lsa mikroorganizmlar ta‘sirida buzilishi ko‘p bo‘ladi.
Yog‘li urug‘larning sifatini buzadigan faktorlardan biri mikroorganizmlardir. Keltirilgan xom ashyo tarkibida mikroorganizmlarga boy har xil chiqindilar bo‘ladi. Agar ob-havo nam kelib, urug‘larning kritik namligi yuqori bo‘lsa, ulardagi mikroorganizmlar aktivlashib, mag‘zning buzilish jarayoni tezlashadi. Mikroorganizmlardan saprofit, fitogen va patogen deb ataladigan turlari ayniqsa hafli. Masalan, saprofitlar mog‘or hosil qiladi, fitogenlar urug‘larni puch qilib qo‘yadi, patogenlar esa qoqshol, sil va manqa kasalliklarni qo‘zg‘atadi. Urug‘larni yaxshilab quritish bilan bo‘lardan qutilish mumkin.
Moyli urug‘lar mikroorganizmlar uchun yaxshi ozuqa manbai bo‘lib, ular uchun qulay sharoit bo‘lishi bilan ular uz faoliyatini davom etiradilar. Moyli urug‘lar tarkibida ko‘p uchraydigan mikroorganizmlarga zamburug‘lar, bakteriyalar va antinomitsitlar misol bo‘ladi. Bu mikroorganizmlar uzini rivojlanishida organik moddalar bilan oziqlanishi tufayli ko‘pgina urug‘larning yo‘qolishiga olib keladi. Bu mikroorganizmlar ichida mog‘or zamburug‘lari xavfli bo‘lib, ular urug‘ qobig‘ini tashkil qilgan kletchatkani gidrolizlaydi va urug‘ qobig‘ini shikastlaydi buning natijasida boshqa mikroorganizmlarning urug‘ mag‘ziga o‘tishi uchun yo‘l ochiladi. Ayniqsa spora hosil qiluvchi mog‘or zamburug‘lari bilan zararlangan,urug‘lar har qanday sharoitda ham saqlashga chidamsiz. Shu sababdan saqlanayotgan urug‘lar tarkibida mikroorganizmlarning kamligi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun urug‘lar saqlashdan oldin ular tarkibidagi aralash moddalardan(aralash moddalar tarkibida mikrofloralar urug‘ga nisbatan ko‘p bo‘ladi) tozalanadi va urug‘larni saqlash vaqtida mikroorganizmlarning rivojlanishi to‘xtatish chora tadbirlar ko‘riladi.
Urug‘ massasida mikroorganizmlarning rivojlanishi boshlanishida urug‘da unchalik o‘zgarishlarni paydo qilmaydi. Mikroorganizmlarning urug‘da ko‘payganligini boshlangich belgisi bu urug‘ning rangini o‘zgarishi bo‘lib urug‘ o‘zining yaltirokligini yukotadi, unda ko‘ra yoki rangli dog‘lar paydo bo‘ladi. Shundan keyin chirigan yoki mog‘or xidi paydo bo‘lib,urug‘ sochiluvchanligini yo‘qotadi,harorati kutariladi va oxiri oqibat o‘z-o‘zidan qiziydi.
Moyli urug‘larni saqlash vaqtida ularga turli zararli xasharotlar va qushlar ham ziyon yetkazadi. Ular urug‘lar mag‘zining oziq moddalarini yeb, yog‘ olish texnolgiyasini va mahsulot sifatini buzadi. Ombor zararkunandalarini urug‘ini quritib namini kamaytirish va omborlarda alohida kimyoviy chora-tadbirlar ko‘rish yo‘li bilan yo‘qotiladi. Ularning ba‘zilari 50-55 °C da, boshqalari 100 °C nobud bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |