Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Download 0.89 Mb.
bet52/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

Moyli aralashmalar asosan zararlangan urug‘lar bo‘lib, ular asosan moy sifatiga ta‘sir etadi. Zararlangan urug‘ning ko‘p miqdorda bo‘lishi moyning oziq-ovqatga ishlatib bo‘lmaydigan holatga olib ketadi, uning kislota soni oshib ketib qo‘lansa hidli bo‘ladi.
Moyli urug‘larni begona aralashmalardan tozalash ularni saqlashdan va ishlab chiqarishga uzatishdan oldin bajariladigan eng muhim va birinchi texnologik jarayondir. Moyli urug‘larni aralash moddalardan tozalash orqali quyidagilar ta‘minlanadi:
-saqlashda boradigan turli buzilish jarayonlarning borishi sekinlashadi;
-yuqori namlikga ega bo‘lgan moddalarni ajratish orqali urug‘ning umumiy namligi past bo‘ladi;
-urug‘ning harorati bir muncha pasayadi;
-ko‘p miqdordagi mikroorganizmlar bilan zararlangan moddalarni ajratib olish natijasida, urug‘ tarkibidagi mikroorganizmlar kamayadi;
- saqlash omborlarning foydali maydonidan unumli foydalaniladi;
sifati va xususiyatlari bir xil bo‘lgan urug‘ massasi hosil qilinadi;
-qurilmalarni ishi yaxshilanadi, ish unumdorligi ortadi, yeyilishi va sinishi kamayadi;
-xasharotlardan va zararkunandalardan bir qism tozalaniladi;
-olinayotgan mahsulotlarning (moy, kunjara va shrot) sifati yaxshilanadi;
-ishlab chiqarishda moyning chiqitga chiqishi kamayadi.


Moyli urug‘larni tarkibidagi aralash moddalarni tozalash usullari
Urug‘larni aralash moddalardan tozalash usullari urug‘ va aralash moddalarning fizik xususiyatlarini turlicha ekanligiga asoslangan. Aralash moddalar urug‘dan o‘lchami va shakli, zichligi, aerodinamik va magnitlanish xususiyatlari bilan farq qiladi. Shu sababdan ham urug‘larni tozalashda turli usullarda ishlaydigan texnologik qurilmalar ishlatiladi.
Moyli urug‘larni aralash moddalardan tozalash usullari. Moyli urug‘larni aralash moddalardan quyidagi usullar qo‘llaniladi:
-Urug‘ni aralashmalardan ularning o‘lchami va shakli bo‘yicha ajratish. Bunday ajratish moy xom ashyolarni turli o‘lchamdagi va shakldagi elaklarda elash orqali amalga oshiriladi.
-Moyli urug‘ va aralash moddaning aerodinamik xususiyatlarni turlicha ekanligiga asoslangan usul bunday usulda ishlashi urug‘ massasini havo oqimda separatsiya qilishda ishlatiladigan qurilmalarda amalga oshiriladi.
-Urug‘ni aralash moddalardan mexanik kuch ta‘sir ettirib ajratish - ya‘ni ishqalash va urish yordamida tozalash.
-Urug‘ni aralash moddalardan suv bilan yuvib tozalash.
-Urug‘ni aralash moddalardan ularning magnitlanish xususiyatlariga asosan ajratish.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling